NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
#xalqaro_hamkorlik ЖАҲОН БАНКИ КАДАСТРДА

💠"Кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказиш ва кадастр тизимларини модернизациялаш" лойиҳаси доирасида Жаҳон банкининг ер ва геофазовий аспектлар бўйича глобал лидери, катта техник маслаҳатчи Ваел Закут бошчилигидаги делегация Кадастр агентлиги ва Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаларига ташриф буюрди.

💠Ушбу ташриф доирасида Бошқармалар фаолияти билан танишилди. Айни дам, кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатдан ўтказишни интеграциялаштирилган ахборот тизимининг ишлаши бўйича ўрганиш ишлари давом этмоқда.

💠Куни кеча бошланган ташриф бўйича батафсил яна маълумот берамиз.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг
👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik #kadastr_agentligi

📍 Ayni damda “O‘zbekiston va Gruziyada yer islohotlarini amalga oshirish tajribasini taqqoslash orqali mintaqaviy bilim – tajriba almashinuvi” bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari M.Mirmaksudov Yer va kadastr tizimini takomillashtirish bo‘yicha yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar to‘g‘risida maʼlumot bermoqda.

Jumladan,

🔹 Kadastr agentligining asosiy vazifalari;

🔹 Sohani raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Yer va bino-inshootlarni hisobga olish tajribalari;

🔹 Amalga oshirilgan yer, kadastr va geodeziya nazorati tadbirlari;

🔹 Geodeziya va kartografiya yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar;

🔹 Davlat kadastrlari yagona tizimi va ularning yuritilishi;

🔹 Bo‘sh yer uchastkalarini auksionga chiqarish

bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi xalqaro hamkorlarga ko‘rsatilmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🌐Bugun, Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasi - yer tuzish, kadastr, koʼchmas mulkni roʼyxatga olish holatini oʼrganib, oʼzaro tajriba almashish maqsadida Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurdilar.

📈Mehmonlar koʼchmas mulkni roʼyxatdan oʼtkazish boʼyicha tizimda yoʼlga qoʼyilgan yangiliklar, auktsion savdosiga boʼsh uchastkalarni chiqarishdagi eʼtibor qaratish muhim boʼlgan jihatlarga ahamiyat berdilar.

💻Tizimdagi yoʼlga qoʼyilgan - server yaʼni barcha maʼlumotlar jamlanmasini koʼzdan kechirib, bu boradagi maʼlumotlar boʼyicha oʼzaro fikr almashdilar.

Halqaro hamkorlar tashrifi ertaga ham davom etadi.

#xalqaro_hamkorlik #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
🌐Bugun, Jahon banki missiyasi va Gruziya delegatsiyasi tashrifining sakkizinchi kuni.

🔷Mehmonlar kadastr tizimining Respublikamizda yo'lga qo'yilgan qator yangiliklari va sohadagi muhim jihatlarni o'rganish va tajriba almashishda davom etmoqdalar.

🔷Bugun ham delegatsiya a'zolari Davlat kadastrlari palatasida bo'lib, tashrif doirasida “Innovatsiyalarning ahamiyati, kadastr va ro'yxatga olish ma'lumotlari misolida – yig'ish, boshqarish, standarlashtirish, sifat nazorati, tegishli xizmatlarni taqdim etish, oshkor qilish, saqlash, maxfiylik” mavzusi bo'yicha o'zaro fikr almashmoqdalar.

🔷Mehmonlar kun so'nggida kadastr tizimining boshqarmalardagi faoliyatini o'rganish maqsadida Samarqand viloyatiga yo'lga chiqishlari rejalashtirilgan.

#xalqaro_hamkorlik #DavKadastrPalata #Jahon_banki

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Корея Ер, инфраструктура ва транспорт вазирлиги томонидан молиялаштирилаётган “Ўзбекистон миллий географик ахборот тизими учун фазовий маълумотларни стандартлаштириш ва улардан фойдаланиш” грант лойиҳаси доирасида ўқув семинар ўз ишини бошлади.

Семинар 3 кун давом этади ва унда тингловчилар,

1. Корея Республикасининг Миллий геоахборот тизими (МГАТ) ва Миллий фазовий маълумотлар инфраструктураси (ФММИ) сиёсати;
2. Фазовий маълумотни стандартлаштириш;
3. INSPIRE стандартлар тизими;
4. UML ва Data моделлаштириш;
5. Стандартлар портали
билан яқиндан танишади.

Семинарда Кадастр агентлиги ҳамда вазирлик идораларнинг давлат кадастрларини юритиш ва фазовий маълумотлар йўналишига масъул 40 дан ортиқ мутахассисларига Кореянинг LX корпорацияси мутахассислари томонидан дарслар ўтилади.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Xalqaro_hamkorlik

Ayni damda 🇹🇯 Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Bosh prokurori o’rinbosari Rofizoda Mirzaomon Xamdam boshchiligidagi delegatsiya Kadastr agentligida bo’lib, 🇺🇿 O’zbekistonda yer munosabatlari hamda kadastr sohasiga joriy qilinayotgan axborot tizimlari borasidagi islohotlar bilan tanishmoqda.

Uchrashuvda tomonlar ushbu yo’nalishdagi tajribalari va zamonaviy axborot texnologiyalarini tatbiq etish borasida olib borayotgan ishlari bilan o’rtoqlashmoqdalar.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik #Rosreestr #UNO #kadastr_baholash

♦️Ayni damda 🇺🇿Kadastr baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo‘yicha 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining beg‘araz texnik ko‘mak loyihasi doirasida Rossiyalik mutaxassislar bilan amaliy natijalar hamda ishlab chiqilgan axborot tizimlariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik #Rosreestr #UNO #kadastr_baholash

♦️Ayni damda 🇺🇿Kadastr baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash bo‘yicha 🇷🇺Rossiya Federatsiyasining beg‘araz texnik ko‘mak loyihasi doirasida Rossiyalik mutaxassislar bilan amaliy natijalar hamda ishlab chiqilgan axborot tizimlariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yangi loyihalar bo‘yicha hamkorlik▫️

◻️Bugun, Davlat kadastrlari palatasida “Kadastr baholash tizimini yaratish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini aniqlash” bo‘yicha Rossiya Federatsiyasining beg‘araz texnik ko‘mak loyihasi doirasida Rossiyalik mutaxassislar bilan amaliy natijalar hamda ishlab chiqilgan axborot tizimlariga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.

◻️Ishlab chiqilgan axborot tizimlarini tadbiq etish natijalari bo‘yicha mutaxassislar o‘z fikrlarini bildirib, mazkur loyihadan katta natijalar kutilayotganiga alohida urg‘u berdilar.

#DavKadastrPalata #xalqaro_hamkorlik #Rosreestr #UNO

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #xalqaro_hamkorlik

⚡️Saratovda dronlar shousi bo'lib o'tdi.

Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" davlat unitar korxonasi boshqa davlatlarda ham dronlar shousini o'tkazishni boshladi. Joriy yilning 3-sentabr kuni Saratovdagi Volga daryosi ustiga 400 ta dron ishtirokida dronlar shousi o'tkazildi.

🔰Shou yerning birinchi kosmonavti Yuriy Gagarin xotirasiga bag'ishlandi.

🪐Tomoshabinlar sayyoralararo bo'shliqlarni zabt etuvchi quyosh tizimi, "Vostok" kosmik kemasi yodgorligi timsollarini dronlar yog'dusi orqali ko'rishdi.

Telegram Instagram Facebook Web-sayt
#MDH #xalqaro_hamkorlik #idoralararo_tajriba_almashinuv

Жорий йилнинг 24 октябрь куни Ереванда Арманистон Кадастр қўмитаси мезбонлигида МДҲ давлатларининг геодезия, картография, кадастр ва Ерни масофадан туриб зондлаш бўйича “Давлатлараро кенгаши”нинг 44-сессияси иш бошлади.
Тадбир Арманистон Республикаси Бош вазир ўринбосари Мгер Григорян томонидан очиб берилди.
Кун тартибидан:
- МДҲ Картография ва геодезия хизматлари вакилларининг Фазовий маълумотларнинг миллий тизимларини яратиш соҳасида тажриба алмашиш ҳамда Давлатлараро кенгаш Котибияти ва ишчи гуруҳларининг сессиялараро даврдаги фаолияти якунларини;
- МДҲга аъзо давлатлар ўртасида геодезия, картография, геоахборот технологиялари, Ерни масофадан туриб зондлаш, кадастр ва ҳуқуқларни рўйхатга олиш соҳасида 2025 йилгача ҳамкорлик қилиш Дастури лойиҳаси муҳокамаси
Давлатлараро Кенгашнинг 44-сессиясининг якуний ҳужжатларини қабул қилишда иштирок этиш ўрин олган.

Маълумот учун: Тадбир жорий йилнинг 26 октябрига қадар давом этади.
▫️Turkiya bilan hamkorlik▫️

🇺🇿🇹🇷Bugun O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi bayonida ko‘zda tutilgan hamkorlik doirasida Turkiya Respublikasi Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh direktorati delegatsiyasi Kadastr agentligi bilan bo‘lib o‘tgan hamkorlik uchrashuvidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasiga tashrif buyurishdi.

⚪️Tashrif doirasida mehmonlar Davlat kadastrlari palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, delegatsiya vakillari hamda Markaziy apparat xodimlari mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, Milliy geoaxborot tizimi va kelajakda amalga oshiriladigan rejalar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida o‘zaro muzokara olib bordilar.

#DavKadastrPalata #xalqaro_hamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Xalqaro_hamkorlik #FIG_2023

Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 o’z ishini boshladi.

🇺🇸 AQShning Florida shtati Orlando shahrida Federetion Internationale des Geometres-FIG (Xalqaro geodezistlar federatsiyasi-XGF) tashabbusi bilan har yili o’tkazib kelinayotgan Xalqaro geodezistlar haftaligi-2023 o’z ishini boshladi.

🎉 Ochilish marosimida XGF Prezidenti Diane Dumashie hamda jamg’arma rahbari John Hohol, NSPS Prezidenti Robert Akins so’zga chiqib ishitrokchilarni samimiy qutlashdi.

➡️ 28 maydan 1 iyungacha bo’lgan ish haftalikda XGFning 10 ta komissiyasi tomonidan geodeziya, kadastr, fazoviy ma’lumotlar va ushbuga mansub boshqa yo’nalishlar bo’yicha dunyoning turli mamlakatlarida erishilgan yutuqlar va mukammal tajribalar hamda muammoli masalalar ko’rib chiqiladi.

Ushbu nufuzli tadbirda 🇺🇿O’zbekiston vakillari birinchi marta ishtirok etmoqda.
Rasman
🌟 Kadastr agentligi mas'ullari konferensiya ishtirokchilari hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston — Qirg‘iziston: ko‘p qirrali hamkorlik aloqalari yanada rivojlanadi

Bugun Namangan viloyatida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasini demarkatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy masalalarini kelishish bo‘yicha tomonlar hamkorligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonlarining tegishli vazirliklari vakillari, Kadastr agentli direktorining o‘rinbosari Abdullayev To‘lqin Mansurovich hamda qator soha vakillari ishtirok etdilar.

Ikki qardosh el hamkorligi so‘nggi besh yilda yangi darajaga chiqdi. Samarali hamkorlik zamirida mamlakatlar milliy manfaatlari hamda davlat rahbarlarining o‘zaro ishonchga asoslangan doimiy muloqoti mujassam bo‘lmoqda.

Yig‘ilishda tashkiliy-huquqiy masalalar muhokama etildi. Ushbu muloqot ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport, mintaqalararo, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada kengaytirishga ijobiy turtki beradi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook