NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#bilishingiz_muhim
#yer_fondi_toifalari

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar

🔹Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, memorial bog‘lar, arxeologiya, tarix va madaniyat yodgorliklariga tegishli muassasalar hamda tashkilotlar uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi va ular alohida muhofaza qilinadi.

🔹Namangan viloyatida 274 ta madaniy meros obyektlari mavjud bo'lib, ular egallagan tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarning umumiy maydoni 2,5 ming gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#bilishingiz_muhim
#yer_fondi_toifalari

AHOLI PUNKTLARINING YERLARI

🔹 Bu yerlar o‘z navbatida shaharlar, posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlarga bo‘linadi.

🔹 Shaharlar yerining tarkibida uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-maʼrifiy, sanoat, savdo, maʼmuriy binolar hamda ko‘chalar, yo‘llar, istirohat bog‘lari, sohil bo‘ylari, xiyobonlar, daraxtzorlar egallagan va qurish maqsadida berilgan hamma yerlar kiradi.

🔹 Qishloq aholi punktlari yerlariga belgilangan chegara doiralarida joylashgan, aholining turar-joy, madaniy-maishiy ehtiyojlariga kerakli binolar, shuningdek dehqon xo‘jaligi uchun beriladigan yer uchastkalari tushuniladi.

🔹Namangan viloyatida 2024-yil 1-yanvar holatiga aholi punktlarining egallagan yer maydoni 17 ming 590 gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#bilishingiz_muhim
#yer_fondi_toifalari

SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN YERLAR

🔹Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarga belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Bu toifadagi yerlar tashkilotlarga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda me’yoriy yoki loyiha-texnik hujjatlar asosida beriladi.

🔹Namangan viloyatida Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan yerlarning maydoni 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 59 ming 441 gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijarga berish tartibidan xabardormisiz?


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga fuqarolar tomonidan ushbu mazmundagi savollar kelib tushishi ko'p uchratilmoqda.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijarga berish tartibi ketma-ketligi ko'rsatilgan ushbu videorolik orqali ko'plab fuqarolarimizning savollariga aniq va huquqiy javob berishga harakat qildik.

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🌟Kadastr raqami qanday ma'nolarni anglatadi?

🫥 Kadastr raqami quyidagi tuzilmaga ega:
АА : ВВ : СС : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH bunda:

◼️ АА - viloyat raqami;
◼️ ВВ – tuman yoki shahar kod raqami;
◼️ СС - kadastr zonasi raqami;
◼️ DD - kadastr massivi raqami;
◼️ ЕЕ - kadastr mavzesi raqami;
◼️ FFFF - yer uchastkasi raqami;
◼️ GGGG - bino, inshoot raqami;
◼️ ННН - bino, inshootlar bir qismi raqami.

Eslatma

❗️Yer uchastkasiga, bino, inshootga egalik qilish huquqlarining boshqa qonuniy huquq egasiga o‘tishi va (yoki) huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Qanday yer uchastkalari xususiylashtirilmaydi?

◼️Foydali qazilma konlari joylashgan yer uchastkalari, bundan zaxiralari foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi hisobiga olinmagan keng tarqalgan foydali qazilmalar mustasno;

◼️Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlari va tarixiy-madaniy maqsadlar uchun mo’ljallangan yerlar tarkibiga kiruvchi yer uchastkalari, shuningdek o’rmon hamda suv fondlarining, shaharlar va shaharchalarning umumiy foydalanishdagi yerlari (maydonlar, ko’chalar, tor ko’chalar, yo’llar, sohil bo’ylari, skverlar, xiyobonlar, istirohat bog’lari);

◼️Qonunchilikka muvofiq xususiylashtirilmaydigan davlat mulki obyektlari joylashgan yer uchastkalari;

◼️Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qonunchilikda cheklovlar o‘rnatilgan hududlardan foydalanish zonalarida joylashgan yer uchastkalari;

◼️Xavfli moddalar bilan zararlangan va biogen zaharlanishga duchor bo’lgan yer uchastkalari;

◼️Qonunchilikda belgilangan tartibda maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga taqdim etilgan yer uchastkalari — maxsus iqtisodiy zona faoliyat ko‘rsatadigan davrda;

◼️Ko’p kvartirali uylar joylashgan, shuningdek ko’p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari;

◼️Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini, ijtimoiy sheriklik to’g’risidagi kelishuvlar va shartnomalarni amalga oshirish uchun berilgan, shuningdek yuridik shaxslarga jamoat ehtiyojlari uchun berilgan yer uchastkalari.

📍Yer uchastkalarini xususiylashtirishda fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda o’zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish (servitut) huquqi belgilanishi mumkin.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun haqida
muhim ma'lumotlar

📃 Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/pdfs/7049383

❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi.

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦🟦

Ariza berilishi talab etilmaydi


Ariza berilishi talab etilmaydigan, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish boʻyicha tadbiq etilgan qonun haqida aniq va toʻliq maʼlumotlarga ega boʻlishni istasangiz muzkur videoni tomosha qiling! 👆

🌏 Qonuning toʻliq matni: https://lex.uz/docs/7049383

❗️Yodda tuting, qonun 2024-yil, 08-noyabrdan kuchaga kiradi.

🌐 https://www.youtube.com/watch?v=gAActsA-T9I

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA
Bilishingiz muhim

⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Savol: “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi qonunda jismoniy va yuridik shaxslarning necha sotixgacha bo‘lgan yerlariga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

937-qonun haqida
bilishingiz muhim

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlarni qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM