NAMANGAN KADASTR
1.52K subscribers
12.7K photos
1.07K videos
9 files
5.08K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasida tashkiliy
yig'ilish

⭐️🌟 Bugun Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida tashkiliy masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish tashkil etildi.

◼️ Kadastr agentligi direktori o'rinbosari Abdushukur Abdullayev va Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev boshchiligidagi uchrashuvda agentlik va palata mutasaddilari ishtirok etishdi.

📃 Yig'ilishda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining buyrug'iga ko'ra, Sulaymonov Maqsud Murotjonovich Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangani o'qib eshittirildi. Maqsud Murotjonovichning oʻtgan yillar davomida sohalarda koʻrsatgan jonbozliklari qayd etilib, kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyatlar tilandi.

◼️Shuningdek, Palata raisi tomonidan tadbir so'ngida sohaga oid bir qancha masalalar ko'rib chiqildi va kelgusi rejalar uchun topshiriqlar belgilandi.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni bo‘yicha yo'llangan savol va murojaatlaringizga o'z vaqtida javob berish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi mutasaddilari ishtirokida onlayn audio-video muloqot tashkil etiladi.

👔Mavzu: "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e‘tirof etishning huquqiy asoslari va ahamiyati."

▶️ Jonli efir Telegram, Instagram, Facebook va YouTube platformalari orqali o‘tkaziladi. O'zingizga qulay bo‘lgan platformani tanlab, ishtirok etishingiz mumkin!

🗓 Vaqti: 2025-yil 30-may, soat 17:00 da.

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov natijalarini “E’tirof” AATda kuzatib boring!

🫥 Ushbu dastur orqali tasdiqlangan reja-jadval bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilgan mahallalar, e’longa chiqarilgan har bir obyekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda ularga tegishli davlat idoralari tomonidan berilgan ijobiy yoki salbiy xulosalar bilan onlayn tanishish imkoniyati mavjud.

Batafsil videoda

#DavKadastrPalata #e_tirof

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ozarbayjon Respublikasi Mulk masalalari davlat xizmati delegatsiyasi Davlat kadastrlari palatasida


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasida bugun Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Mulk masalalari davlat xizmati a'zolaridan iborat delegatsiya vakillari bilan xalqaro hamkorlik va tajriba almashish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.

🇦🇿🇺🇿 Ozarbayjonning "Davlat kadastri va ko‘chmas mulk reyestri" tashkiloti raisi Nigar Alimova boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini Davlat kadastrlari palatasi raisi Moxir Valiyev kutib oldi.

🎛 Delegatsiya vakillari diqqatiga Davlat kadastrlari palatasi faoliyatiga doir:

- Kadastr pasportini shakllantirish;
- Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
- Kadastr xizmatlari va ularning tartibi;
- Yer fondi toifalarining hisobi yuritilishi;
- UzKAD dasturi va tashkilotda raqamlashtirish jarayonlari;
- O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli qonuni ijrosidagi xatlov ishi masalalari;
- Istiqboldagi rejalar
kabi mavzularda taqdimot qilinib, ushbu masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

#DavKadastrPalata #xorijiy_xamkorlik

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

5-iyun — Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni 🌱

🌍 Bugun sayyoramiz haqida yana bir bor jiddiy o‘ylab ko‘rish kunidir. Atrof-muhitni asrash — bu bizning farzandlarimiz va kelajak avlodlar oldidagi mas’uliyatimizdir.

🟢 Qiziqarli fakt: Har yili dunyoda 10 million gektar o‘rmon yo‘qoladi — bu har daqiqada 27 futbol maydoniga teng! 😲
Shu sababli, har bir ekilgan daraxt – bu kelajak uchun qadamdir.

Siz ham tabiatni asrash uchun quyidagilarni qilishingiz mumkin:
♻️Chiqindilarni saralash va qayta ishlash
💡 Suv va elektr energiyasidan oqilona foydalanish
🚲 Piyoda yurish yoki ekologik transportdan foydalanish
🌳 Daraxt eking — bu eng oddiy, lekin samarali amaldir

✔️ Har birimizning kichik harakatimiz — katta global o‘zgarishning bir qismi bo‘lishi mumkin.

💚 Tabiat bizga hayot beradi. Uni asrash esa bizning vazifamiz.

#DavKadastrPalata #5iyun #JahonAtrofMuhitKuni #Ekologiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi soniga qancha yer to'g'ri kelmoqda?

📊 Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,6 kishini tashkil etmoqda.

🗓 Yillar bo‘yicha aholi zichligi dinamikasi quyidagicha:

◼️ 1991-yil – 46,1 kishi

◼️ 1995-yil – 50,2 kishi

◼️ 2000-yil – 54,6 kishi

◼️ 2005-yil – 58 kishi

◼️ 2010-yil – 62,4 kishi

◼️ 2015-yil – 69,1 kishi

◼️ 2020-yil – 75,5 kishi

◼️ 2025-yil – 83,6 kishi

#DavKadastrPalata #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi

🌟 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning iyun oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

YURTDOSHLARIMIZGA TAVSIYALAR!

☯️ Xabaringiz bor, O'RQ-937-sonli Qonuniga ko'ra, respublika boʻyicha reja jadval asosida xatlov ishlari olib borilmoqda. Davlat kadastrlari palatasi vakillari mazkur jarayonni katta shijoat bilan olib borar ekanlar, xonadon sohiblari boʻlmish sizlardan ham bu jarayonda oʻz xissangizni qoʻshishingizni soʻraymiz. Qanday qilib deysizmi? 👇

📹 Mazkur videoni tomosha qiling!👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim #937

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov davom etmoqda


🇺🇿 O'z.Res. 937-sonli Qonuni asosida respublika bo'ylab keng ko‘lamli xatlov ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonlar doirasida etirof.kadastr.uz saytida va mahalla fuqarolari yig‘inlari tomonidan xatlov natijalari asosida shakllangan obyektlar ro‘yxati e’lon qilinib, aholiga ochiq shaklda taqdim etilmoqda.

Hududlarda jadal olib borilayotgan xatlov ishlari haqida quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

▫️Namangan viloyati
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati
▫️Farg‘ona viloyati

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yеchim topish yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

◼️Prezidentimiz vazirlik va hokimliklar ishidagi muammolarni tahlil qildi.

◼️“Tuman tashkilotlari o‘zini “nazoratchi” deb biladi, aholi og‘irini yеngil qilish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish yo‘q!” – dedi Prezidentimiz.

◼️Hukumatdagi mas’ullar, vazirlar tartib-intizomga vaqtida e’tibor bermagani uchun islohotlar ijrosi cho‘zilib ketayotgani tanqid qilindi.

◼️Go‘sht, sut, parranda go‘shti va tuxum narxi keskin oshmasligi, korxonalar QQSning yarmini keshbek qilib bir kunga bo‘lsa ham kechiktirmaslik zarurligi haqida ogohlantirildi.

◼️O‘tgan hafta Toshkentdagi forumga kelgan investorlar O‘zbekistonga sarmoya kiritishga yanada katta qiziqish bildirgani, 30,5 milliard dollarlik savdo va investitsiya shartnomalari imzolangani qayd etildi. Bu yilgi dastur doirasida yana 26,5 milliard dollar investitsiya bo‘lishi, 1-sentyabrgacha 3,3 milliard dollarlik 35 ta yirik loyiha so‘zsiz ishga tushishi shartligi ta’kidlandi.

◼️Yig‘ilishda Prezident Administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi.

◼️Hisob palatasiga bir oy ichida Toshkent shahrida o‘zini oqlagan “Xalq nazorati” elektron portalini butun respublikada ishga tushirish topshirildi. Ushbu portal orqali aholi qurilish, obodonlashtirish va infratuzilma muammolarini suratga olib va aniq manzilini ko‘rsatgan holda mobil ilova orqali yuboradi.

◼️Tizimdagi kamchiliklar hisobga olinib, Xalq qabulxonalarining barcha xodimlari bugundan boshlab ishdan bo‘shatilishi va masalani hal qila oladigan fidoyi kadrlar bilan to‘ldirilishi qayd etildi.

◼️Prezidentimiz qator sohalardagi muammolarni tahlil qilib, ularning yechimlarini ko‘rsatib o‘tdi.

◼️Har bir tumanda 5 tadan, jami 1 ming 156 ta drayver loyiha infratuzilmasiga 300 milliard so‘m ajratilgan.

◼️Meva-sabzavot yetishtirish, saqlash, qayta ishlashga zamonaviy agrotexnologiya olib kirish, eksportni ko‘paytirish uchun 16 ta tumanda “Agrostar” kompaniyasi tashkil etilib, 300 milliard so‘m berilgan. Banklar ham ularga 10 million dollardan resurs ajratishni boshladi.

◼️Birinchi yarim yillikda 2 million 600 ming aholini band qilish, 722 ming odamni kambag‘allikdan chiqarish reja qilingan.

◼️Yer, mol-mulk va suv soliqlari mahalliy byudjetda qoldirilmoqda. Lekin faqat shu soliqlarni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70-80 foiz vaqti sarflanmoqda.

◼️Hozirgacha 8 ming 481 ta mahallada saylov bo‘lib o‘tdi. 3 ming 590 ta mahallaga yangi raislar saylandi, 4 ming 891 nafari joyini saqlab qoldi.

◼️So‘nggi yetti yilda yo‘l qurish va taʼmirlashga berilgan 61 trillion so‘mning asosiy qismi xalqaro va respublika yo‘llariga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘lim bilan bog‘liq avtohalokatning 75-80 foizi ham shu yo‘llarda bo‘lyapti.

◼️Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadovga, adliya vaziri A.Toshqulovga “O‘zbekkosmos” va Kadastr agentligi bilan birgalikda qaysi hududda “yashil” hudud, sport maydonchasi, bolalar o‘yingohi boshqa maqsadlar uchun berib yuborilgan bo‘lsa, hammasini aniqlab, joyiga qaytarish topshirildi.

◼️“Bir narsani to‘g‘ri tushunib olish zarur. Tuman bo‘g‘ini samarali ishlamasa, yuqoridan qanday topshiriq tushirilmasin, ko‘zlangan maqsadlarga erishib bo‘lmaydi”, - dedi Prezident.

◼️Endilikda tumanda ish ham, yondashuv ham, boshqaruv tizimi ham o‘zgarishi belgilandi.

◼️Sirdaryo tumani ixtiyorida qoladigan mablag‘lar manbasi ko‘paytiriladi.

◼️Sirdaryo tumani hokimi 9 ta idora xodimlari, Savdo-sanoat palatasi, bank, soliq, kadastr vakili va yetakchi tadbirkorlardan iborat “Islohotlar shtabi”ni tuzadi.

#Prezident #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM