Forwarded from Kadastr - Live
#Konstitusiya
Bosh qomusimizning 29 yillik bayrami muborak bo‘lsin!
Qadrli yurtdoshlar, Kadastr agentligi jamoasi nomidan Sizlarni bosh qomusimiz, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 29 yil to’lgani munosabati bilan muborakbod etaman!
Har bir davlatning huquqiy poydevori Konstitutsiya va qonunlaridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz kechirayotgan farovon hayotining asosidir.
Konstitutsiyamiz qariyb yigirma to’qqiz yildirki xalqimizning erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda.
Yigirma to’qqiz yil – tarix uchun qisqa davrdir. Ammo shu qisqa davrda O‘zbekiston dunyo hamjamiyatiga yuz tutdi va ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi .
Vatanimizning kelajagini barpo etishda har bir insonning hatto beshikda yotgan chaqaloqning ham o’rni bor. Biz yurt ravnaqi, millat kelajagi uchun jonajon xalqimiz bilan birga mehnat qilayotganimizdan faxrlanamiz.
Aziz Vatandoshlar,
Sizlarni 8-dekabr Konstitutsiya kuni bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etaman. Quyoshli o’lkaning fayzli insonlari barcha-barchamizga tinchlik va farovonlik, baxt-saodat yor bo’lsin!
Fazliddin Umarov,
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori