NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Kadastr xodimlari uyning planini chizib bergani uchun pul talab qilishga haqlimi?

Javob: Uyni kadastr plani ya'ni kadastr yig‘ma jildini shakllantirish uchun murojaatlar davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilinadi. Kadastr yig‘ma jildini shakllantirish natijasi bo‘yicha kadastr pasporti taqdim etiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-sonli qaroriga asosan aniqlanadi, undan tashqari kadastr plani uchun qo‘shimcha to‘lov qilinmaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Qanday sabablarga ko'ra yangi PF-6243-son Farmonda umrbod yerga egalik qilish huquqi bekor qilingan?

Javob: Farmon bilan ushbu huquqlar bekor qilinmagan.
Farmonning 2-bandi bilan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilingan hamda aynan shu bandda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qolishi belgilangan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

⁉️Savol: Qaysi bino va inshootlar o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat deb hisoblanadi?

Javob: Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o‘zga ko‘chmas mulk o‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt