NAMANGAN KADASTR
1.52K subscribers
12.7K photos
1.07K videos
9 files
5.08K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Bilasizmi
#kadastr_raqam
Yer, bino va inshootlarga kadastr raqami berish qanday tartibda amalga oshiriladi?

❗️Javob: Quyidagilar yer uchastkasi, bino, inshoot kadastr raqamining majburiy elementlarini tashkil etadi:

AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH,

bunda: AA — mintaqaning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli

VV — mintaqa tarkibidagi ma’muriy-hududiy tuzilma (ma’muriy tuman,
viloyat bo‘ysunishidagi shahar)ning raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

SS — kadastr zonasi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

DD — kadastr zonasi doirasida kadastr massivi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

ЕЕ — kadastr massivi
doirasida kadastr mavzesi raqami (kodi)ni bildiruvchi ikki razryadli o‘nli son;

FFFF — kadastr mavzesi doirasida yer uchastkasi raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

GGGG — yer uchastkasi doirasida bino, inshoot raqami (kodi)ni bildiruvchi to‘rt razryadli o‘nli son;

NNN — bino, inshootlar bir qismi raqami (kodi)ni bildiruvchi uch razryadli o‘nli son.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr raqamidagi SONLAR nimalarni anglatadi?

Kadastr raqami quyidagi ko‘rinishga ega:
AA : VV : SS : DD : EE : FFFF : GGGG : HHH

🔍 Bu raqamlarning har biri alohida ma’noga ega:

🔹 AA — Mintaqaning raqami (kodi)
🔹 VV — Ma’muriy-hududiy tuzilma (tuman/shahar) kodi
🔹 SS — Kadastr zonasi kodi
🔹 DD — Kadastr massivi kodi
🔹 EE — Kadastr mavzesi kodi
🔹 FFFF — Yer uchastkasi kodi
🔹 GGGG — Bino/inshoot kodi
🔹 HHH — Bino/inshootning bir qismi (xonadon/ofis) kodi


📌 Har bir kadastr raqami — yer va bino-inshootlarning aniq identifikatori bo‘lib, u kadastr tizimidagi joylashuv va tarkibni bildiradi.

#Kadastr_agentligi #Kadastr_raqam

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM