NAMANGAN KADASTR
1.53K subscribers
12.3K photos
1.05K videos
9 files
4.94K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

TAYINLOV

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Komilov Sherzod Abdulaziz o‘g‘li Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔹Sherzod Komilov 1997-yilda Namangan viloyati Kosonsoy tumanida tug‘ilgan. 2021-yilda Namangan Muhandislik qurilish institutining bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligini tamomlagan.

🔹U 2021-yilda Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyat boshqarmasi hududlar davlat kadastrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ish boshlagan.

🔹Tayinlovga qadar Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Davlat yer kadastrini yuritish sho‘basi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

🔹SH.Komilovga yangi lavozimdagi faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#tayinlov

TAYINLOV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Abdiev Shoxnur Quvvatalievich Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Norin tuman filiali boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev filial xodimlariga direktorning buyrug'ini o‘qib eshittirdi va filial oldida turgan vazifalar va dolzarb masalalar bo‘yicha topshiriqlar berdi.

🔹Abdiev Shoxnur 1990-yilda Namangan viloyati Norin tumanida tug‘ilgan. 2015-yilda Namangan muhandislik texnologiyalar instituti tamomlagan. U 2015-yilda Norin tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi mutaxassisi lavozimida ish boshlagan.

🔹Tayinlovga qadar Kadastr Agentligi Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyat boshqarmasi Norin tuman filiali yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

🔹Abdiev Shoxnurga yangi lavozimdagi faoliyatida omadlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman, shahar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿 Israilov Shamsiddin Mirkamalovich - Davlat kadastrlari palatasi Toshkent viloyati boshqarmasi Bo'ka tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Tagabayev Shavkat Taxtamuratovich - Davlat kadastrlari palatasi  Toshkent viloyati boshqarmasi Quyichirchiq tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Abdiyev Shoxinur Quvvataliyevich - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Norin tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Sultonov Asqarjon Adxamovich - Davlat kadastrlari palatasi Farg'ona viloyati boshqarmasi Quvasoy shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Meliyev Mirali Mengaliyevich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Xasanov Farxod Safarovich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sariosiyo tumani filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Djumanov Ulugbek Toshpulatovich - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Yangiyer shahar filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

TAYINLOV

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining joriy yilning 12-iyundagi tegishli buyrug‘i bilan Maxmudov Jobirxon Hamidjon o‘g‘li Kadastr agentligi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

🔹Maxmudov Jobirxon 1991-yilda Uychi tumanida tug‘ilgan. 2017-yilda Namangan Muhandislik-texnologiya institutini meterologiya standartlashtirish mahsulot sifati menejmenti mutaxassisligini tamomlagan.

🔹Hozirgacha Kadastr agentligi Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yetakchi inspektori lavozimida ishlab kelgan.

🔹Maxmudov Jobirxonga yangi lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV

🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Tadjibayev Ilxomjon Ismoiljonovich – Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

◼️Ilxomjon Ismoiljonovich – 1984 yil Andijon viloyati, Xo'jaobod tumanida tavallud topgan. 2006 yil - Respublika Milliy xavfsizlik xizmati institutini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar


⭐️🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿Xudaynazarov Lazizbek Suyumbayevich - Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sirdaryo tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Musayev Elbek Jo'rayevich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman filiali boshlig'i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

🇺🇿Mengliyev Eldar Abdusattarovich - Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Sherobod tuman filiali boshlig'i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

🇺🇿Esonaliyev Jamoliddin Ortiqali o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali boshlig'i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga;

🇺🇿Oxunov Fаrxоdjоп Avazovich - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Pop tuman filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Tumanlar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi


🫥 Bugun 🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga binoan, 🇺🇿Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining Pop va Mingbuloq tumanlari filiallariga yangi tayinlangan rahbarlarni jamoaga tanishtirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

➡️Kunning birinchi yarimida bo‘lib o‘tgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev Pop tumani filiali xodimlariga Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Pop tuman filiali boshlig‘i lavozimiga Oxunov Farhodjonni tayinlash haqidagi buyruqni o‘qib eshittirdi. Boshqarma boshlig‘i jamoaning oldida turgan vazifalar haqida gapirib, yangi rahbar bilan hamjihatlikda ishlash va hozirda dolzarb masala bo‘lib turgan yerlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yangi qonunni fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ib qilish va tushuntirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qatʼiy topshiriqlar berdi.

➡️Keyingi tadbir Mingbuloq tumani filialida bo‘lib, unda boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Esonaliyev Jamoliddinni tayinlanganligi haqidagi buyruq bilan jamoani tanishtirdi. U o‘z so‘zida yangi tayinlangan rahbar bilan bir yoqadan bosh chiqarib hamjihatlikda ishlash, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, korrupsiyani oldini olish, fuqarolar bilan ishlashda xushmuomala bo‘lish hamda xizmat madaniyatiga amal qilish zarurligini qatʼiy uqtirdi.

➡️Tadbirlarda qatnashgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar xodimlarga muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasiga berilayotgan katta ahamiyat, qabul qilingan farmon va qarorlar, filialda xodimlar o‘rtasida korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, ichki muhitni sog‘lomlashtirish va joylarda davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi tushuntirdilar.

🫥Boshqarma jamoasi yangi tayinlangan tuman rahbarlarini samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga ko'ra, Adliya Vazirligi kelishuvi asosida Sadikov Dilshod G'ayratovich – Davlat kadastrlari palatasi Yuridik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

◼️Dilshod Sadikov – 1982-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2003-yil - Toshkent Davlat sharqshunoslik institutini, 2009-yil Toshkent Davlat yuridik institutini, 2010-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV

🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.

◼️Shovkat Komil o'g'li – 1990 -yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi Sh.Olimovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM