NAMANGAN KADASTR
1.44K subscribers
10.6K photos
955 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Yer_solig_i #Soliq_to_lovchi #Yuridik_shaxslar

🔵Mulk huquqi, egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqlari asosida yer uchastkalariga ega bo‘lgan yuridik shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etiladi.

🏢Ko‘chmas mulk ijaraga berilgan taqdirda, ijaraga beruvchi soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi. Bunda moliyaviy ijara (lizing) shartnomasiga muvofiq moliyaviy ijaraga (lizing) berilgan (olingan) ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha ijaraga oluvchi (lizing oluvchi) soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

‼️Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaxs birgalikda foydalangan taqdirda, har bir yuridik shaxs yer uchastkasining foydalanilayotgan maydonidagi o‘z ulushi uchun soliq to‘lovchi deb e’tirof etiladi.

Asos
: O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 425-moddasi
Mol-mulk solig‘i kamaytirilmoqda

💠Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkasi amaldagi 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirilmoqda;
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan pasaytirilgan soliq stavkasi 0,4 foizdan 0,5 foizga o‘zgartirilmoqda deya ma’lumot bermoqda Soliq yangiliklari.

💠Soliq solish maqsadida binolar bo‘yicha soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan minimal qiymatdan past bo‘lishi mumkin emasligi joriy etilmoqda:
Toshkent shahrida – ikki million besh yuz ming so‘m
Nukus shahri va viloyat markazlarida – bir million besh yuz ming so‘m;
qolgan hududlarda – bir million so‘m etib belgilanmoqda.
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i
Ushbu soliq stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.

#DavKadastrPalata #info #soliq_yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Mol-mulk solig‘i▫️

◻️Soliq kodeksiga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan boshlab mol-mulk solig‘i hisoblanishi 1 kvadrat metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan eng kam qiymatni (soliq solinadigan baza sifatida) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

◻️Hududiy moliya va soliq organlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlariga kamaytiruvchi koeffitsientlarni yanada kengroq qo‘llash yuzasidan takliflar kiritish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

◻️Shuningdek, suv haydash minoralari, rezervuarlar, soyabonlar, beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar) hamda boshqa shunga o‘xshash ob’ektlar bo‘yicha soliq bazasini 2021 yildagi tartibga o‘xshash aniqlash tartibi saqlab qolinadi.

#DavKadastrPalata #soliq #mol_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев Давлат солиқ қўмитасининг Маълумотларни қайта ишлаш марказини бориб кўрди.
Марказни солиқ тизимининг “мияси” дейиш мумкин. Бу ерга барча солиқ тўловчиларнинг маълумотлари интеграция қилинган. 50 нафарга яқин мутахассис солиқ айланмасини онлайн режимда кузатиб, масофадан тезкор хизмат кўрсатади.
Давлатимиз раҳбари марказдаги иш жараёнини кўздан кечирди. Солиқ органлари фаолияти самарадорлигини ошириш бўйича топшириқлар берди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью Центра обработки данных Государственного налогового комитета.
Этот центр можно назвать «мозгом» отечественной налоговой системы. Здесь интегрированы данные всех налогоплательщиков. Около 50 специалистов отслеживают налоговый оборот в режиме реального времени и оперативно оказывают дистанционные услуги.
Глава государства ознакомился с работой центра. Дал поручения по повышению эффективности налоговой системы.

#Mirziyoyev #tanishuv #soliq #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Давлат солиқ қўмитасида соҳани такомиллаштириш бўйича навбатдаги вазифалар юзасидан йиғилиш ўтказди.
Давлатимиз раҳбари дунёдаги тез ўзгарувчан, мураккаб вазиятда солиқ тушумлари барқарорлигини таъминлаш, тадбиркорларга кўмак бериш зарурлигини алоҳида таъкидлади.
Соҳани рақамлаштириш ишларини жадаллаштириш, солиқ идораларини коррупциядан холи тизимга айлантириш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел в Государственном налоговом комитете совещание по очередным задачам совершенствования налоговой сферы.
Глава государства указал на необходимость обеспечения стабильности налоговых поступлений и поддержки предпринимателей в нынешней быстро меняющейся, сложной ситуации в мире.
Определены задачи по ускорению цифровизации сферы, преобразованию налоговых органов в систему, свободную от коррупции.

#Mirziyoyev #yigilish #soliq #raqamlashtirish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🔸Soliq va kadastr🔸

⚪️ Jismoniy shaxslar qurilishi tugallanmagan noturar obyektlar uchun mol-mulk solig'ini to'laydimi

⚪️ Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlar jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining soliq solish obyekti hisoblanadi

🔶 Qurilishi tugallanmagan yashash uchun mo‘ljallanmagan obyektlarga ushbu obyektni qurishga doir loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar, agar qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, ushbu obyektning qurilishiga vakolatli bo‘lgan organning ruxsatnomasi olingan oydan e’tiboran 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan obyektlarga kiradi.
👉 Soliq kodeksi 419-modda

▫️ Soliq summasi haqida batafsil - Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanalida.

#DavKadastrPalata #soliq_va_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube