NAMANGAN KADASTR
1.44K subscribers
10.6K photos
955 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Bayram_tabrigi #Rasmiy_tabrik

Aziz yurtdoshlar!

Butun islom olami qatorida dinu diyonatli, eʼtiqodi mustahkam xalqimiz katta intiqlik bilan kutib olayotgan muborak Qurbon hayiti bilan siz azizlarni, yurtimizdagi barcha musulmon ummatini chin qalbimizdan tabriklaymiz.

Ko‘hna tariximiz davomida yurtimizning maʼnaviy hayotida beqiyos o‘rin egallab, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va bag‘rikenglik tamoyillarini har tomonlama barqaror etib kelayotgan bu qutlug‘
bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy sahifalari
👇👇👇

Telegram | Facebook | Instagram
#Kadastr #bayram_tabrigi

QADRLI YURTDOSHLAR

1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilinishi va ushbu Qonun bilan O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo'lgan.

Bugun ona yurtimizning har bir go'shasida katta tantana. Beg'ubor va jozibador ona tilimizga Davlat tili maqomi berilganiga 34 yil to'ldi.

Til - xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri va ko'zgusi hisoblanadi.
O‘zbek tili O‘zbekiston degan o‘tmishi buyuk mamlakatning davlat tilidir. Shunday ekan davlat tili ham har bir davlatning ramzi sanaladi.

Buyuk tarixga ega O'zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tilaridan biri hisoblanadi. Ona tilimizning nechog'lik buyuk ekanligini ota-bobolarimizning qoldirgan asarlari misolida bilish qiyin emas.

Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. Shu sabab onadek aziz o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Oʻzbek tili bayrami kuni hamda Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi bilan yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etaman.

🌟Kadastr agentligi direktori - Pulatov Farrux Jaxongirovich

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni

📰 Axborotdagi tezkorlik, tahlillardagi xolislik, chuqur mushohada bularning barchasida soʻz yuki, masʼuliyati mujassam. Bugun mana shu fazilatlarni o‘zining hayotiy va kasbiy aqidasiga aylantirgan soha vakillari Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan barcha ijod ahlini samimiy muborakbod etamiz.💐

📝 Oʻtkir qalami va qudratli soʻzi bilan matbuotimiz rivoji hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan, xalqimiz dardu tashvishlarini xolisona yoritishni oʻzlarining sharafli va muqaddas burchi, deb bilgan soha vakillarining mehnatini har qancha eʼtirof etsak arziydi.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi yana bir bor qutlugʻ va sharafli kasb egalarini bayram bilan samimiy tabriklab barchangizga mustahkam sogʻlik, xonadonlaringizga tinchlik-osoyishtalik, ijodiy muvaffaqiyat tilaydi.

#Kadastr_agentligi #Bayram_tabrigi #27_iyun

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM