NAMANGAN KADASTR
1.52K subscribers
12.7K photos
1.07K videos
9 files
5.08K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#tabrik
🇺🇿 8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!


Konstitutsiyamizning 31-yilligi muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣TAYINLOV

👍 Kadastr agentligi Kadastr va ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Yuldashev Jaxongir Ergashevich tayinlandi.

🔠Jaxongir Yuldashev shu kunga qadar 👍Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

👍Kadastr agentligi jamoasi J. Yuldashevni kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#kadastr #tayinlov #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_kuni #tabrik #kadastr

🌍22 aprel – Butunjahon Yer kuni

TABRIKNOMA

Hurmatli hamyurtlar, aziz hamkasblar!

🔹Bugun 22 aprel – Butunjahon Yer kuni bayramini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayram Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan, va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab  nishonlanmoqda.

🔹Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yilning 22- aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashdan maqsadi, sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzod va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishdir.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_kuni #soha_a_lochisi #tabrik

MUKOFOT MUBORAK!

🌍Bugun Kadastr agentligi direktori F.J.Pulatov boshchiliklarida 22 aprel – “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kadastr sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan xodimlar sohaning “Soha aʼlochisi” va “Soha iftixori” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🔹Taqdirlanganlar qatorida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yetakchi inspektori Jobirxon Maxmudov ham “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli hodisa bo‘ldi.

🔹Biz ham ko‘p sonli hamkasblari nomidan Jobirxon Maxmudovni sohaning yuksak mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz. Sihat salomatlik, faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Mukofot muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#tabrik

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, hurmatli hamyurtlar! Qadrli urush va mehnat faxriylari!

🇺🇿Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 79 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklaymiz.

🇺🇿Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni  muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev
#Tabrik

🇺🇿 26 sentyabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni

TABRIKNOMA

🔹 Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonun bilan 26-sentabr – Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

🗣️ Bugungi bayram bilan O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini, suverenitetini, hududiy yaxlitligini hamda boshqa davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilishda muvaffaqiyatli ishlarni amalga oshirayotgan Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlarini, tizim faxriylarini, ularning turmush o‘rtoqlarini bugungi kun bilan tabriklab, ularga sihat salomatlik, uzoq umr, xonadonlariga fayzi baraka tilaymiz!


🔹 Shuningdek, Namangan viloyati kadastr tizimida faoliyat yuritayotgan, uni samarali ishlashiga katta yordam berayotgan Davlat xavfsizlik xizmati faxriylari Nurmatov Maxkamjon Abdurashitovich va Obidov Abdurahim Abduvohidovichlarni ham bugungi kun bilan samimiy tabriklaymiz. Hamisha baxt va omad yor bo‘lsin!

🗣️ Barcha Davlat xavfsizligi xizmati organlari xodimlariga "Davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari kuni" muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan,

⭐️Kadastr agentligi Namangan viloyati
boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

🌟Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati
boshqarmasi boshlig‘i
M.Tursunbayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Allaberganov Atabek Validjanovich Hisob palatasi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

🫥A.Allaberganov 1999-yilda Urganch Davlat Universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari sohasida falsafa doktori (PhD).

🫥Kadastr agentligi jamoasi Atabek Validjanovichni samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #tayinlov #tabrik

📣TAYINLOV

👍Kadastr agentligining Moliya-iqtisod bo‘limi boshlig’i lavozimiga G‘aybullayev Shaxriyor Baxtiyor o‘g‘li tayinlandi.

G‘aybullayev Shaxriyor bunga qadar ushbu bo'lim boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.


🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

🇺🇿 VATANIMIZ DAVLAT BAYROGʻI QABUL QILINGANLIGINING 33 YILLIGI MUBORAK BOʻLSIN!

🇺🇿 Bugun "O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari o‘tkazilgan VII sessiyasida qabul qilinganligiga 33 yil to'ldi.

🇺🇿 Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, g‘alaba timsoli bo‘lgan.

🇺🇿 Bayrog‘imiz 1992-yil 2-martidan O‘zbekiston to‘laqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #маънавиятвамаърифат

🇺🇿Davlatimiz bayrog‘i bizning g‘ururimiz!

🇺🇿Bugun 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Tadbirni Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev kirish so‘zi bilan ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Barcha kadastr xodimlari unga jo‘r bo‘ldilar.

🇺🇿Shundan so‘ng viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning “Davlatimiz bayrog‘i bizlarni g‘alabalar sari undaydi” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

🇺🇿Yig‘ilishda so‘z olgan Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov Davlat bayrog‘ining qabul qilinish tarixi, bayroq qadim-qadimdan har bir xalqning mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelganligi, bayrog‘imizdagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga egaligi haqida to‘lqinlanib gapirdi.

🇺🇿Bayram tadbiri yuqori saviyada, qiziqarli va tantanali ravishda o‘tdi.

🇺🇿Davlatimiz bayrog‘i bizning g‘ururimiz! U mustaqilligimiz ramzi, xalqimizning kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikka intilishini, o‘zida aks ettiradi.

🇺🇿Hurmatli hamyurtlar va hamkasblar! 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#gazeta_sahifalarida #tabrik

🇺🇿"Namangan haqiqati" gazetasi 2024-yil 28-dekabrdagi 103-sonida 🌟Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi nomidan yurtdoshlarimizga Yangi yil tabrigi chop etildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK

ASSALOMU ALAYKUM,
QADRLI HAMYURTLAR, AZIZ HAMKASBLAR!


🎄Sizlarni yaqinlashib kelayotgan Yangi 2025-yil munasabati bilan chin yurakdan muborakbod etaman!

🎄Sizlarga va oila a’zolaringizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadoningizga tinchlik va xotirjamlik tilayman!

🎄Kirib kelayotgan Yangi yilda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyotiga o‘z xissalaringizni munosib qo‘shishda omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!

🎄YANGI 2025-YILINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!🎄

Hurmat va ehtirom bilan,

⭐️Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
PAZILOV Bahromjon
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK

ASSALOMU ALAYKUM,
HURMATLI HAMYURTLAR, AZIZ HAMKASBLAR!


🎄Sizlarni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bayrami bilan samimiy tabriklayman!

🎄Sizlarga va barcha yaqinlaringizga Yangi yilda sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga tinchlik xotirjamlik tilayman. Yangi yilda barcha orzu niyatlaringizni amalga oshishiga tilakdoshman!

🎄Yangi O‘zbekistonning ravnaqi va farovonligi yo‘lida olib borayotgan faoliyatingizda ulkan zafarlar va omadlar yor bo‘lsin!

🎄YANGI 2025-YIL BARCHANGIZGA MUBORAK BO‘LSIN!🎄

Hurmat va ehtirom bilan,

🌟Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
TURSUNBAYEY Muzaffar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qadrli hamyurtlar!


🇺🇿 Yurtimizda 2024-yil «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili» sifatida yangi g‘oyalar, islohotlar va imkoniyatlarga boy bo‘ldi. Har bir yoshga o‘z maqsadlariga erishish, har bir tadbirkorga muvaffaqiyatli start berish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Har bir islohotlar, yangi tashabbuslar va iqtisodiy o‘zgarishlar aholi farovonligini oshirishga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratildi. Xususan, kadastr sohasida ham bir qator yangi yutuqlar va innovatsion yechimlar amalga oshirildi.

😞😡😞😫-yil ham har bir yurtdoshimiz uchun yangi maqsadlarga, imkoniyatlarga boy va muvaffaqiyatlarga erishish yili bo‘lsin. Yangi yil sizga o‘z maqsadlaringiz sari dadil qadam tashlab, hayotingizda yangicha yuksalishlar va baxtli lahzalar yaratish imkonini olib kelsin. Har bir orzu va niyatlaringiz ro‘yobga chiqib, sizni yana yangi g‘alabalar sari yetaklasin.

💐 Barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshib, har bir yangi kun sizni yanada yuqori cho‘qqilarga olib chiqsin! Yurtimizning ravnaqi yo‘lida qilgan barcha sa’y-harakatlaringizda omad yor bo‘lsin!

💐 Kirib kelayotgan 2025-yilingiz muborak bo'lsin!

Hurmat bilan
Davlat kadastrlari palatasi raisi
M.K.Valiyev

#DavKadastrPalata
#tabrik #muhim_sana


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #маънавиятвамаърифат

TABRIKNOMA

Assalomu alaykum, qadrli urush va mehnat faxriylari! Hurmatli hamyurtlar!

🇺🇿 Sizlarni Xotira va qadrlash kuni hamda buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan chin qalbdan tabriklaymiz!

🇺🇿 Bugungi bayram munosabati bilan Vatan ozodligi uchun, hozirgi tinch-omon kunlar uchun jang maydonlarida halok bo‘lgan ota-bobolarimizni eslaymiz va front ortida fidokorona mehnat qilgan hamyurtlarimizni muqaddas xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.

🇺🇿 Ulug‘ va tabarruk yoshlarga yetib, bugun oramizda sog‘-salomat, duogo‘y bo‘lib yurgan urush va mehnat frontining barcha jangchilariga chin yurakdan tashakkur aytamiz.

🇺🇿 Hayotning og‘ir va achchiq sinovlarini mardona yengib o‘tgan Siz, azizlarni Xotira va qadrlash kuni bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklaymiz!

🇺🇿 Xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka, baxtu saodat tilaymiz. Barcha ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin! Jonajon O‘zbekistonimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin! Doimo sog‘-salomat bo‘ling, aziz va muhtaram faxriylarimiz!

Hurmat bilan,

⭐️Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B.Pazilov

🌟Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar!

Sizlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi jamoasi nomidan samimiy tabriklaymiz!

Zamonaviy jamiyat hayotida matbuot va axborot vositalarining o‘rni beqiyosdir. Sizlar haqiqat va adolatni targ‘ib etib, ochiqlik, oshkoralik hamda jamiyatimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotgan dolzarb mavzularni yoritish orqali davlat va xalq o‘rtasida mustahkam ko‘prik vazifasini bajaryapsiz.

Sizlarning yuksak professionalizmingiz, fidoyilikingiz va jamiyatda sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi o‘rningiz tahsinga loyiq. Ayniqsa, Kadastr agentligi faoliyatiga oid yangilik va islohotlarni yoritishdagi faol hamkorligingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, ijodiy yutuqlar, yangi g‘oyalar va yuksak marralarni tilab qolamiz!

Hurmat bilan,
🌟Kadastr agentligi jamoasi

#Kadastr_agentligi #27_iyun #tabrik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik

Bugun – 30-iyun, O‘zbekiston “Yoshlar kuni”!

🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida faoliyat olib borayotgan 130 nafardan ziyod yoshlarimizni bugungi “Yoshlar kuni” bayrami bilan samimiy tabriklaymiz.

📝Bugungi kunda viloyatimiz kadastr sohasining rivojiga katta hissa qo‘shayotgan jonkuyar, tinmay mehnat qiladigan, o‘z ishini sevadigan, zamonaviy IT’ni chuqur egallagan, yangilikka intiluvchan siz azizlar bilan faxrlanamiz va sizlarga ishonamiz.

🇺🇿 Davlat rahbarimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgan va kundan-kunga rivojlanayotgan kadastr sohasining ertangi kuni aynan sizlardek iqtidorli, tashabbuskor va fidoyi yoshlarga bog‘liqdir.

Hurmatli yoshlar!
Sizlarni bugungi 30-iyun – O‘zbekiston “Yoshlar kuni” bayrami bilan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baxtu saodat tilaymiz va barcha orzularingiz ro‘yobga chiqishiga tilakdoshmiz.

Bayramingiz muborak, aziz yoshlar!

⭐️Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
B. Pazilov

🌟Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i
M. Tursunboyev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM