NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#huquqiy_targibot

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #huquqiy_targibot #ЎРҚ_937

🆕 Yangi Qonunni o‘rganamiz. Tumanlarda huquqiy seminarlar o‘tkazilmoqda.

✔️ Namangan viloyati tumanlarida Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda Adliya vazirligi masʼul xodimlari tomonidan, yangi imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja asosida seminarlar tashkil etilmoqda.

✔️ Huquqiy seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat idoralari vakillari hamda fuqarolar va tadbirkorlarga Qonunni to‘g‘ri qo‘llash, yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tartibga solish bo‘yicha tushuntirish va ishtirokchilarning savollariga javob berishdan iborat.

✔️ Bugungi uchrashuvlar viloyatning To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on tumanlarda o‘tkaziladi. Unda 110 nafardan ortiq hokimiyat, kadastr, adliya va qurilish sohasi vakillari qatnashdilar. Navbatdagi seminarlar reja-grafikka asosan boshqa tumanlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_targibot

❗️Kadastr xizmatiga ham taalluqli yangi qonun imzolandi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-968-son, 30.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan,

✔️Fuqarolik protsessual kodeksiga davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etish huquqini, shuningdek davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

✔️Shuningdek, Iqtisodiy protsessual kodeksiga prokurorning yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bog‘liq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, davlat byudjetidan undiruvlar, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratga bo‘lgan mulk huquqini eʼtirof etish, xususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojxona to‘lovlarini undirish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

✔️Bundan tashqari, Fuqarolik protsessual kodeksida, Iqtisodiy protsessual kodeksida va Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksida prokurorning sud muhokamasining vaqti va joyi to‘g‘risida prokuror tegishli tarzda xabardor qilinmasdan ko‘rilgan, qonunda prokurorning ishtirok etishi nazarda tutilgan ishlar bo‘yicha kassatsiya protesti, taftish tartibida protest keltirish to‘g‘risidagi masalani hal qilish uchun tegishli sudlardan ishlarni talab qilib olishga bo‘lgan huquqi belgilanmoqda, shuningdek mazkur toifadagi ishlarni ko‘rish yakunlari bo‘yicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish tartibi aniqlashtirilmoqda.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

❗️Barcha uchun muhim raqamlar

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega boʼlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chogʼdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʼshimcha toʼlovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #huquqiy_targibot #ЎРҚ_937

🆕 OAV biz haqimizda. Tumanlarda huquqiy seminarlar o‘tkazilmoqda.

✔️ Namangan viloyati tumanlarida Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda Adliya vazirligi masʼul xodimlari tomonidan, yangi imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja asosida seminarlar tashkil etilmoqda.

✔️ Namangan viloyatning To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan ana shunday seminarlardan biri Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #huquqiy_targibot

Yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun seminar

Bugun 🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar bo‘limi boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv seminari o'tkazildi.

Seminarda boshqarma boshlig'ining o'rinbosari - Yer va kadastr nazorati sho'basi boshlig'i F.Mirzaboyev joriy yilning o'tgan 9 oyi mobaynida yerlarni muhofaza qilish, ularni o'zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo'l qo'ymaslik borasidagi tuman, shahar bo‘limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasi tanqidiy tahlil qilindi. Maʼmuriy choralar qo‘llashda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar tushuntirildi.

Seminarda so'zga chiqqan boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga kundalik ish jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, hayotiy misollar va videoroliklar orqali tushunchalar berdi.

Bundan tashqari, boshqarmaning Ma'muriy amaliyot bo'limi bosh mutaxassisi F.Abdurahmonov "E-Yer nazorat" dasturidagi yanada takomillashtirilgan jihatlar haqida ma'lumot hamda amaliy ko'rsatmalar berdi.

O'quv-seminarida yer va kadastr nazorati inspektorlari amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan savollariga javob oldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?

🇺🇿Hukumat qaroriga ko‘ra, ko‘chmas mulk ob’ektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.

🖥Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP ro‘yxatdan o‘tadi.

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

➡️ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
➡️yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🗂Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

➡️umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
➡️umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
➡️umumiy maydoni 1000 kv.m. dan 5000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
➡️umumiy maydoni 5000 kv.m. dan 15000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
➡️umumiy maydoni 15000 kv.m. dan 50000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
➡️umumiy maydoni 50000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

💰 Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

❗️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Hukumatning 186-son qarori bilan belgilanadi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

❗️Barcha uchun muhim raqamlar

Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 155 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 428 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 834 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʼliq boʼlmagan chogʼdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 920 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʼlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 920 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (834 000 so‘mdan) 920 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 920 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega boʼlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 745 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chogʼdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʼshimcha toʼlovni hisobga olgan holda – 745 000 so‘m.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

🆕 Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida yuzaga keladigan nizolarni sudga qadar hal qilish komissiyasi tarkibi quyidagilardan iborat bo‘ladi:

🟢Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi, komissiya raisi

🟢Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi boshligʼi o‘rinbosari, komissiya raisi o‘rinbosari

🟢Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🟢Adliya vazirligi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🟢Soliq qo‘mitasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🟢Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi

🟢Davlat kadastrlar palatasi hududiy boshqarmasining masʼul xodimi, komissiya kotibi

Huquqiy asos: VM-426, 29.08.2023 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

❗️Ko‘chma savdo do‘konlari uchun kadastr pasporti talab etiladimi ?

Javob: Yo‘q, talab etilmaydi.

⚖️ Qonunchilikka ko‘ra, mol-mulk fuqarolik huquqlari obyekti sifatida ko‘chmas mulkka va ko‘char mulkka bo‘linadi. Ko‘chmas mulk jumlasiga kirmaydigan mol-mulk ko‘char mulk hisoblanadi. Ko‘char mulkka kadastr pasporti berilmaydi va unga bo‘lgan huquqlarni ro‘yxatdan o‘tkazish talab etilmaydi.

🔹Ko‘chma savdo joyini ijaraga olish huquqi “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn-auksionda sotiladi. Bunda elektron onlayn-auksion g‘olibiga ko‘chma savdo joyi ko‘pi bilan 36 oygacha ijaraga beriladi, ko‘chma savdoning “K-SAVDO” avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi guvohnoma yer uchastkasi ijarasi shartnomasiga tenglashtiriladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_targibot

❗️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.) mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan infografika.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadrlar_siyosati #huquqiy_targibot

Bugun "Davlat xizmatiga ishga qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash zamon talabi" mavzusida profilaktik o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.


🔹O‘quv-seminarida davlat organlari va tashkilotlarining inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish, yuridik xizmat (yuriskonsult) hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari masʼullari, tuman (shahar) hokimliklarining tashkiliy kadrlar guruhi rahbarlari hamda tuman (shahar) yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari rahbarlari ishtirok etdilar.

🔹Ushbu o‘quv-seminarida 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi masʼullari M.Hojiyev, S.Mamatqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislar M.Nurmatov, A.Obidovlar ishtirok etdilar.

🔹O‘quv-seminar dasturiga asosan,  “Davlat fuqarolik xizmatida masʼul bo‘linmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini aniqlash va bartaraf etish uslublari”, Davlat organlari va tashkilotlarida ishga qabul qilish bo‘yicha tanlov tashkil qilish, ayrim muammolar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish masalalari mavzularida viloyat hokimligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filialining malakali mutaxassislari tomonidan maʼruzalar qilindi.

🔹O‘quv-seminarda Mehnatga oid nizolarning Sudda ko‘rilishi, Korrupsiyani belgilovchi omillar va uning kelib chiqish sabablari, Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmat xodimlari o‘z faoliyatlarida, xususan, mehnat shartnomalari loyihalarini ekspertizadan o‘tkazishda qonun hujjatlarga rioya qilinishini taʼminlash choralarini ko‘rish mavzularida Namangan Viloyati prokuraturasi, Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Viloyat adliya boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan maʼruzalar qildilar.

🔹Bugungi o‘quv - seminar xodimlarni ishga qabul qilishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga masʼul bo‘lgan davlat xizmatchilari uchun tajriba almashinish hamda yangi maʼlumotlar olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM