NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish o‘ta muhim jarayon.

✔️Avval xabar berganimizdek Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tqazilgan va unda kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar.

✔️Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab tuzildi va 14 ta tuman filiallarda Ishchi guruhlar tashkil qilindi.

✔️Yangiqo‘rg‘on tumanida tashkil qilingan Ishchi guruh faoliyatidan vidiolavha.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi

❗️Yerni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing va Davlat himoyasida bo‘ling!

🫥Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrida Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimida jadal ishlar ketmoqda.

🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev boshchiligida viloyat Ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun barcha 14 ta tuman filiallarining kunlik ishlar tahlil qilib borilmoqda. Fermerlar va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘ egalari bilan uchrashib, shu joyning o‘zida shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

✔️Masalan, bugunga qadar Namangan shahar filialida, xalq deputatlari shahar kengashi vakillari, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, shahar atrofidagi “Sherbuloq”, “Bunyodkor”, “Orzu”, “Yuksalish” va “Semiztepa” massivlarida joylashgan 846 ta holatda 1330 gektar yer maydonidan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 191 ta holatda 563 gektar yer maydoni egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

✔️Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha 14 ta tuman bo‘limlari va filiallarida ish tashkil qilinib, natijasi kunma-kun tahlil qilib borilmoqda.

✔️Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlarida kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi

Yerni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing va Davlat himoyasida bo‘ling! 

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastr sohasiga belgilab bergan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlar ishga astoidil kirishganlar. Dastlabki tezkor maʼlumotlarga qaraganda rejadagi majud 202,9 ming gektar yerlarni 83% davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

✔️ Barcha ishlar 💫Davlat kadastlari palatasi boshqarma boshlig‘i F.Niyozov tomonidan kunlik so‘rov, doimiy nazorat va joylarga chiqib o‘rganish orqali amalga oshirilmoqda.  

✔️Viloyatning barcha, 14 ta tumanlariga boshqarmaning malakali mutaxassislari biriktirilgan. Tumanlarda Ishchi guruhlar fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘zorlarga chiqib joyida shartnomalar tuzish yuzasidan ommaviy ish tashkil qilib, ogohlantirish xatlari tarqatish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. 

✔️Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha vazifalarni viloyatimizda vaqtida va  sifatli bajarishdir.

 Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” gi yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarni Namangan viloyatidagi ijrosini ta'minlash borasida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab tuzilib, 14 ta tuman filiallarda Ishchi guruhlar tashkil qilgan holda olib borilmoqda .

✔️Namangan tumanida tashkil qilingan Ishchi guruh faoliyati misolida olganda,  bugunga qadar Namangan tumani filialida, Xalq deputatlari tuman Kengashi, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda 840 gektar yer maydonidan foydalanuvchilar bilan ijara shartnomalari tuzildi, shundan 747 gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

✔️Tuman ishchi guruhi tomonidan joylarda yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashib, yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazmun-mohiyatini tushuntirish jarayonidan videolavha.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #yer_hisobi

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” gi yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarni Namangan viloyatidagi ijrosini ta'minlash borasida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab tuzilib, 14 ta tuman filiallarda Ishchi guruhlar tashkil qilgan holda olib borilmoqda.

✔️Ishchi guruhi tomonidan joylarda yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashib, yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazmun-mohiyatini tushuntirish jarayonlari Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Mobil xabarlar" dasturida efirga uzatildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_hisobi

🇺🇿 YER FONDI TOIFALARI – Yurtimizda yerlar foydalanish maqsadlari, aholining talab va ehtiyojlarini qondirishini eʼtiborga olib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini jonlantirish va rivojlantirishni ko‘zlab, ishlab chiqarishni tashkil etishni hisobga olib toifalarga bo‘linadi.

📊 Yerlarni toifalarga bo‘lishda birinchi navbatda ulardan qaysi maqsad uchun foydalanish mumkin yoki mumkin emasligi eʼtiborga olinadi.

📚Yer kodeksiga ko‘ra, yurtimizda yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga binoan 8 toifalarga bo‘linadi. Namangan viloyati bo'yicha 2024-yil holatiga jami yer maydoni 743 294 gektarni tashkil qilib, ular yer fondining toifalariga quyidagicha bo'linadi.

➡️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar - 487 493 gektar;
➡️aholi punktlarining yerlari - 17 591 gektar;
➡️sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar - 59 462 gektar;
➡️tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar - 400 gektar;
➡️tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 2 537 gektar;
➡️o‘rmon fondi yerlari - 152 437 gektar;
➡️suv fondi yerlari - 23 393 gektar;
➡️zaxira yerlar - 91 gektar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati #Yer_hisobi

🆕 Jonli efirda - Kadastr yangiliklari

🎙Namangan teleradiokompaniyasi FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosining "So'ragan edingiz" loyihasida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida yer va kadastr nazorati yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar, Prezidentimiz raisligida 2023-yil 21-noyabrda Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari” yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning Namangan viloyatidagi ijrosi haqida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi.

🔺Ushbu suhbatda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi Sh.Toshtemirov yuqoridagi mavzular yuzasida ma'lumotlar berdi va jurnalist savollariga javob berdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #seminar

🆕Kadastrda yer hisobini yuritishning yangi dasturi

Bugun Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarmaning Yer kadastrini yuritish sektori boshlig‘i O.Usmanov tomonidan, tuman filiallarining yer kadastrini yuritish mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 614-sonli qarori bo‘yicha yer uchastkalaridan foydalanish turlari hamda kapital qurilish obyektlarining klassifikatori amaliyoti to‘liq tushuntirildi. Shuningdek, Yangi Yer Hisobi Avtomatlashtirilgan Axborot Tizimi (Uzkad) dasturi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, har bir hududdan ma'lumotlar kiritish va takliflar tayyorlash, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra davlat yer hisobiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlanishi ta’kidlandi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga to‘liq va amaliy javoblar berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM