NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Halol xizmat qilish – mehnatda qadr topish garovidir

🔹Pop tumani Namangan viloyatining sal kam 40% hududini egallagan katta tuman bo‘lib, kadastr xizmati ko‘rsatishda va yer nazorati ishlarini tashkil qilishda o‘ziga xos jihatlari mavjud. Shundan kelib chiqib, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, tuman bo‘lim va filial rahbarlari, inspektorlari, mutaxassislari, kadastr muhandislari, hamda topograflari bilan  umumiy va yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarini o‘tkazdilar.

🔹Tadbirda M.Nurmatov, har bir xodim ish jarayonida kadastr nomiga dog‘ tushirmasligi, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymasligi, o‘z vazifalarini vijdonan halol bajarishi lozimligini, mehnatda qadr topgan buyuk vatandoshlarmiz hayoti misolida tushuntirdi. Maʼruzachi xodimlarga korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyat uchun jazo muqarrarligini qonun hujjatlari asosida tayyorlangan ESLATMA tarqatma materiallar asosida ko‘rsatib berdi.

🔹Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish,  korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zida shakllantirishi, o‘z ustida ishlashi, ko‘proq o‘qishi zarurligini uqtirib o‘tdi.

🔹Mazkur profilaktik tadbirda xodimlarni savollari, takliflari tinglandi va yechimlari taklif qilindi. Ochiq, samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan tadbir yakunida tegishli qaror qabul qilindi.

🔹Maqsadimiz esa, kadastr xizmati shaffofligini taʼminlash, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat sifatli xizmat ko‘rsatishdir.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz!


🔼 Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov boshchiligida, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar ishtirokida, To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘lim va filial rahbarlari, inspektorlari, mutaxassislari, kadastr muhandislari, hamda topograflari uchun umumiy va yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarini o‘tkazildi.

🔹Tadbirda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R.Raximov aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash, murojaatlarga o‘z vaqtida yechim topish haqida tushunchalar berdi. Ushbu tadbirlardan ko‘zlangan maqsad va uning ahamiyatini qayd etib o‘tdi.

🔹Tadbir davomida so‘z olgan M.Nurmatov har bir xodim kadastr idoralari nomiga dog‘ tushirmasligi, xizmat vakolatini suiiste’mol qilmasligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymasligi, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan halol bajarib ishlashi lozimligi, binobarin, jamiyatimizda sohaning har-bir xodimiga qarab butun bir kadastr tizimiga baho berilishi haqida ogohlantirdi. So‘zini davom ettirib, ma’ruzachi xodimlarga jinoiy huquqda korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyat uchun jazo muqarrarligi ko‘rsatib o‘tilganligini tushuntirib berdi.

🔹Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvar, yurtga va kasbga sadoqatli bo‘lishi zarurligini uqtirib o‘tdi.

🔹Tadbir yakunida To‘raqo‘rg‘on tumani kadastr tizimining barcha xodimlari jamoada korrupsion holatlarni oldini olishga va unga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy ahd qildilar.

🔹Mazkur profilaktik tadbirda xodimlarni qiziqtirgan savol va takliflari tinglandi hamda ular bo‘yicha fikr mulohazalar bayon etildi. Tadbir ochiq, samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi.

🔹Maqsadimiz kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

⚡️Korrupsiya hamma vaqt taraqqiyot kushandasi bo‘lgan

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Yangiqo'rg'on tuman bo‘lim va filialida bo‘lib, xodimlarning mehnat faoliyati va ish sharoitlari bilan tanishib, ular bilan umumiy va yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar o‘tkazdilar.

🔹Tadbir jarayonida M.Nurmatov xodimlarga korrupsiya illatining kelib chiqishi, uning salbiy oqibatlari va hayotda bu jirkanch yo‘lni tanlagan kimsalarning ayanchli qismati haqida jonli, hayotiy misollar bilan tushuntirdi.

🔹Shuningdek, o‘z hayot yo‘lini to‘g‘riso‘zlik, halollik va mehnatsevarlikka baxshida etgan fidoyi insonlarning yurtimizda qadr topganliklarini, ularni davlatimiz va jamiyatimiz har doim ardoqlab kelganligini so‘zlab berdi.

🔹Suhbatda kadastr idoralarining obro‘si va sha’nini himoya qilish, uni asrab avaylash sohaning har bir xodimidan, hoh u kadastr muhandisi bo‘ladimi yoki bo‘lim boshlig‘imi, metin irodani va matonatni talab etishini, buning uchun xodimlardan bilim va oddiy insoniy bag‘rikenglikni, o‘z kasbiga nisbatan hurmat va mas’uliyatni talab etishi ta’kidlab o‘tdi.

🔹Shudan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, tamagirlik va firibgarlik holatlariga yo‘l qo‘ymasliklari alohida tushuntirildi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi. Ma’ruzachi xodimlarga so‘nggi paytlarda davlatimizda qabul qilingan qonunlarning mazmun mohiyati keng yoritib berilgan ESLATMA materiallarni ish faoliyatida foydalanishlari uchun tarqatdi.

🔹Shu bilan birgalikda, arxiv hujjatlarining saqlanishi, davlat kadastrini yuritishda me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi, fuqarolar murojaatlarining asossiz rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan mutaxassislarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik pirovard maqsadimiz

Joriy yil 28-oktabr kuni Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshligʼi M.Tursunbayev rahbarligida “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida yigʼilish boʼlib oʼtdi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda boshqarmalarning korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Obidovlar, boʼlimlar hamda filiallar rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar jami 65 nafar xodimlar ishtirok etdilar.

Boshqarma boshligʼi M.Tursunbayev yigʼilishni kirish soʼzi bilan ochib, soʼzni I.Tadjibayevga berdi. U oʼz soʼzida Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha oʼz fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda oʼrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga toʼxtaldi.

Tadbirda soʼz olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish boʼyicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini oʼrganish, doimo oʼz ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga giriftor boʼlgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirdi.

Yigʼilishda soʼz olgan А.Obidov bugungi profilaktik yigʼilishdan koʼzlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday koʼrinishiga murosasiz boʼlish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urgʼu berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida oʼz yurtiga, kasbiga sadoqatli boʼlish, oʼz ustida ishlashi, koʼproq kitob oʼqish zarurligini uqtirib oʼtdi.

Tadbir yakunida Boshqarma boshligʼi M.Tursunbaev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar oʼz faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta oʼrganishlari, ularni ish jarayonida toʼgʼri qoʼllashga eʼtibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda qoʼpollikka yoʼl qoʼymaslik zarurligini alohida taʼkidladilar.

Mazkur profilaktik tadbir samimiy, ishchanlik ruhida oʼtdi. Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat kadastr xizmati koʼrsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz


Avval xabar berganimizdek Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish  bo‘limi boshlig‘i  vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda  boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘limlar hamda filiallar rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etmoqdalar. Navbatdagi tadbirlar viloyatning Uchqo‘rg‘on, Chortoq va Uychi tumanlarida bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishlarda I.Tadjibayev Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.

Tadbirlarda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini o‘rganish, doimo o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan kadastr xodimlariga tushuntirdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish,  korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lish, o‘z ustida ishlashi zarurligini uqtirib o‘tdi.

Tadbirlar yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish  bo‘limi boshlig‘i  vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar o‘z faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid meʼyoriy - huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishlari, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llashga eʼtibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qilish zarurligini alohida taʼkidladi.

Tadbir qatnashchilari ishtirokchilarning bir nechta sohaga oid savollariga javob berdilar.  Profilaktik tadbirlar samimiy, ishchanlik ruhida o‘tdi.

Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat, sifatli kadastr xizmati ko‘rsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyani oldini olish pirovard maqsadimiz


Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarining tuman bo‘limlari va filiallari xodimlari bilan “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida profilaktik tadbirlar Namangan tumanida bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibayev hamda boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, bo‘lim hamda filial rahbarlari, kadastr muhandislari, topograflar va inspektorlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishlarda I.Tadjibaev Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan yaqinda imzolangan 937-sonli qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi, hamda boshqa viloyatlarda o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.

Tadbirlarda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, qonun hujjatlarini o‘rganish, doimo o‘z ustida ishlash va bilimini oshirib borish lozimligini uqtirdi. Korrupsiya balosiga uchragan sobiq xodimlarning hayotidagi achchiq qismati haqida jonli misollar bilan kadastr xodimlariga tushuntirdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov tashkil qilingan ushbu profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish, turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik va hushyorlikni oshirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish, o‘z ustida ishlashi zarurligini uqtirib o‘tdi.

Tadbir yakunida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibaev ishlarni muvaffaqiyatli olib borish uchun rahbarlar, kadastr muhandislari, topograflar o‘z faoliyatlariga doir Qonunlarni, sohaga oid me’yoriy - huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishlari, ularni ish jarayonida to‘g‘ri qo‘llashga e’tibor berishlari, fuqarolar bilan muloqotda odob va axloq qoidalariga amal qilish zarurligini alohida ta’kidladi.

Tadbir qatnashchilari ishtirokchilarning bir nechta sohaga oid savollariga javob berdilar. Profilaktik tadbirlar samimiy, ishchanlik ruhida o‘tdi.

Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, xalqimizga beminnat, sifatli kadastr xizmati ko‘rsatish hamda Davlatimiz Rahbari tomonidan bildirilgan yuksak ishonchni oqlashdan iboratdir.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #qunun_targiboti

Korrupsiyani oldini olish uchun har birimiz mas’ulmiz


Joriy yilning 28-30 oktyabr kunlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan hamda Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Uychi va Namangan tumanlari bo‘limi va filiallari xodimlari uchun “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Bugun ushbu tadbirlarni yakuni, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibaev, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, boshqarmaning sho‘ba, bo‘lim hamda filiallar rahbarlari, kadastr bosh muhandislari, topograflar va inspektorlar jami 110 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Tumanlar ZOOM platformasida videoselektor orqali ulandilar.

Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni I.Tadjibaevga berdi. U so‘zida tuman filiallarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishilgani, ammo shu bilan bir qatorda hujjatlarni rasmiylashtirishda ba’zi bir muammolar mavjudligini ta’kidladi. Yaqinda qabul qilingan O‘RQ-937-son Qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Notiq so‘zini davom ettirib, Respublikamizning bir qator viloyatlarida monitoring guruhi tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.

Tadbir yakunida Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev profilaktik tadbirlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #xatlov #Qonun_937

🆕 Ishonamiz, ammo nazoratni bo‘shashtirmaymiz!

🔺Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan viloyatimiz bo‘ylab olib borilayotgan xatlov jarayonlarida sohaning yuqori malakali kadastr muhandislari, topograf hamda inspektorlari bevosita qatnashmoqdalar.

🔺Shu munosabat bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan kadastr muhandislari va topograflar bilan joylarda manzilli profilaktik tushuntirish ishlari hamda fuqarolar bilan suhbatlar olib borilmoqda. Shu kabi tadbirlar kuni kecha viloyatning To'raqo'rg'on, Mingbuloq tumanlarida bo'lib o'tdi.

🔺Maqsadimiz xalqimizni, tadbirkorlarimizni rozi qilish uchun Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan ushbu Qonunni sidqidildan, halol va vijdonan bajarishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #xatlov #Qonun_937

🆕 Hamkorlikda ish tashkil qilindi.

🔺Mamlakatimizda 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan O‘zbekiston Respublikasining “O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan sohaning yuqori malakali kadastr muhandislari, topograflari bevosita viloyatimiz bo‘ylab xatlov jarayonlarini olib bormoqdalar.

🔺Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va А.Оbidovlar Namangan shahar filiali tomonidan reja-grafikka muvofiq xatlov ishlari olib borilayotgan Namangan shahrining "Chaman" MFY hamda "Quvonch" MFYda bo‘lib, aholi va  mahallalar yettiligi bilan uchrashdilar.

🔺Ushbu manzilli profilaktik tadbirlarda MFYlar hududida olib borilayotgan xatlov ishlarini sifati, me'yoriy hujjatlarga muvofiqligi va ish jarayonida korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbirlar o'rganildi. Uchrashuv va suhbat jarayonida Mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan hamkorlikda ishlashga, sohaga doir masalalar bo‘yicha aholi bilan mutaxassislar ishtirokida ochiq muloqot o'tkazishga kelishib olindi.

🔺Maqsadimiz xalqimizga, tadbirkorlarimizga beminnat xizmat ko'rsatishdir!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #korrupsiyaga_qarshi_kurashish #qonun_937

🆕 NTV da kadastr xizmati yangiliklari
 
🟢 Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" teleko'rsatuvida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati, viloyatimizda ushbu qonun ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi.

🟢 Unda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari R.Rahimov va boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A.Obidovlar mavzu yuzasidan jurnalistlar savollariga javob berdilar hamda Qonunda ko'chmas mulklarga nisbatan huquqlar e'tirof etilishining asosiy shartlari haqida to'liq ma'lumot berdilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM