#Seminar
Yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar
⏺ Bugun Namangan viloyatida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari va tuman, shahar filiallari xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolagan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
⏺ O‘quv seminarida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Mirzabayev, hamda barcha tuman, shahr filiallari rahbarlari va mutaxassislari jami 85 nafar xodimlar ishtirok etdilar.
⏺ Tadbirni Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala bo‘yicha ma’ruza uchun so‘zni Davlat kadastrlar palatasining Bino va inshootlar davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassislari M.Ahmedov va Y.Umarovlarga berdi. Ular Qonunning asosiy jihatlari, tartib-taomillarini xodimlarga to‘liq tushuntirdilar va joylarda fuqarolarga uning mazmunini tushuntirishda nimalarga ahamiyat berish lozimligi haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.
⏺ Seminar davomida qatnashchilardan tushgan 20 dan ortiq savollarga javob berdilar va kundalik ish jarayonida uchirayotgan muammolar bo‘yicha o‘rtaga tashlangan takliflarni o‘rganib chiqish uchun yozib oldilar.
⏺ Tadbir savol javoblarga boy, qiziqarli o‘tdi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yangi qonun mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan o‘quv-seminar
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
Manfaatlar to‘qnashuvi-yechimi qonunda
🟢 Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi katta majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-931-son Qonuni hamda Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasining «Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-iyundagi PQ-210-son qarori hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirish maqsadida boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan bo‘lim, sho‘ba boshliqlari va mutaxassislari ishtirokida ko‘rgazmali seminar-trening o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
🟢 Seminar trening mashg‘uloti davomida maʼruzachilar M.Nurmatov, A.Obidovlar tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida, shuningdek xodimlar tomonidan real va ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi haqidagi deklaratsiyani to‘ldirishlari yuzasidan huquqiy maslahatlar va tushunchalar berildi.
🟢 Tadbirda maʼruzachi M.Nurmatov, A.Obidovlar barcha xodimlarga ichki tartib-intizom va odob-axloq qoidalariga rioya qilish hamda tizimda korrupsiya holatlarini oldini olish kabi muhim masalalar yuzasidan hayotiy faktlar bilan tushuntirish berdilar.
🟢 O‘tkazilgan seminar-trening mashg‘uloti savol-javoblarga boy, qiziqarli tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob oldilar.
🟢 Mashg‘ulot so‘ngida Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tomonlaridan tayyorlangan rangli bukletlar xodimlarga tarqatildi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Manfaatlar to‘qnashuvi-yechimi qonunda
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #huquqiy_targibot #ЎРҚ_937
🆕 Yangi Qonunni o‘rganamiz. Tumanlarda huquqiy seminarlar o‘tkazilmoqda.
✔️ Namangan viloyati tumanlarida Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda Adliya vazirligi masʼul xodimlari tomonidan, yangi imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja asosida seminarlar tashkil etilmoqda.
✔️ Huquqiy seminarlardan ko‘zlangan asosiy maqsad davlat idoralari vakillari hamda fuqarolar va tadbirkorlarga Qonunni to‘g‘ri qo‘llash, yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni tartibga solish bo‘yicha tushuntirish va ishtirokchilarning savollariga javob berishdan iborat.
✔️ Bugungi uchrashuvlar viloyatning To‘raqo‘rg‘on, Uchqo‘rg‘on tumanlarda o‘tkaziladi. Unda 110 nafardan ortiq hokimiyat, kadastr, adliya va qurilish sohasi vakillari qatnashdilar. Navbatdagi seminarlar reja-grafikka asosan boshqa tumanlarda ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #huquqiy_targibot #ЎРҚ_937
🆕 OAV biz haqimizda. Tumanlarda huquqiy seminarlar o‘tkazilmoqda.
✔️ Namangan viloyati tumanlarida Kadastr agentligi, Davlat kadastrlari palatasi hamda Adliya vazirligi masʼul xodimlari tomonidan, yangi imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan reja asosida seminarlar tashkil etilmoqda.
✔️ Namangan viloyatning To‘raqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan ana shunday seminarlardan biri Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida efirga uzatildi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #huquqiy_targibot
Yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun seminar
⏺ Bugun 🌟 Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar bo‘limi boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv seminari o'tkazildi.
⏺ Seminarda boshqarma boshlig'ining o'rinbosari - Yer va kadastr nazorati sho'basi boshlig'i F.Mirzaboyev joriy yilning o'tgan 9 oyi mobaynida yerlarni muhofaza qilish, ularni o'zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo'l qo'ymaslik borasidagi tuman, shahar bo‘limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasi tanqidiy tahlil qilindi. Maʼmuriy choralar qo‘llashda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar tushuntirildi.
⏺ Seminarda so'zga chiqqan boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga kundalik ish jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, hayotiy misollar va videoroliklar orqali tushunchalar berdi.
⏺ Bundan tashqari, boshqarmaning Ma'muriy amaliyot bo'limi bosh mutaxassisi F.Abdurahmonov "E-Yer nazorat" dasturidagi yanada takomillashtirilgan jihatlar haqida ma'lumot hamda amaliy ko'rsatmalar berdi.
⏺ O'quv-seminarida yer va kadastr nazorati inspektorlari amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan savollariga javob oldilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun seminar
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvlari
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Navoiy viloyati
▫️Buxoro viloyati
▫️Samarqand viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
#DavKadastrPalata #seminar #rahbar_va_yoshlar
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi #seminar
🆕 Kadastrda yer hisobini yuritishning yangi dasturi
⏺ Bugun Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarmaning Yer kadastrini yuritish sektori boshlig‘i O.Usmanov tomonidan, tuman filiallarining yer kadastrini yuritish mutaxassislari uchun seminar o‘tkazildi.
⏺ Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 614-sonli qarori bo‘yicha yer uchastkalaridan foydalanish turlari hamda kapital qurilish obyektlarining klassifikatori amaliyoti to‘liq tushuntirildi. Shuningdek, Yangi Yer Hisobi Avtomatlashtirilgan Axborot Tizimi (Uzkad) dasturi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, har bir hududdan ma'lumotlar kiritish va takliflar tayyorlash, 2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra davlat yer hisobiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari boshlanishi ta’kidlandi.
⏺ Tadbirda mutaxassislar tomonidan berilgan savollarga to‘liq va amaliy javoblar berildi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar
Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar
⏺ Bugun Namangan viloyatida Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat boshqarmasi mutaxassislari va tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish mexanizmlariga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
⏺ Seminarda boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev kun tartibidagi birinchi masala, Davlat kadastrlari palatasi tomonidan tasdiqlangan "Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risida"gi Uslubiy qo'llanma va uni amalga oshirish bosqichlari bilan xodimlarni tanishtirdi.
⏺ Boshqarma boshlig'i o'rinbosari R.Raximov Qonun ijrosini amalga oshirish uchun Reja-jadval asosida mahalla fuqarolar yig‘ini raislariga xabarnoma yuborish, topograf va kadastr muhandislarini taqsimlash, mahallaning hudud xaritasini va ko‘chmas mulklar ro‘yxatini tayyorlash, joylarda dastlabki xatlov ishlarini boshlash yuzasidan tushunchalar berdi.
⏺ Shuningdek boshqarmaning Qonun ijrosiga mas'ul bo'lim boshliqlari tomonidan xatlov jarayonidagi topograf va kadastr muhandisini amalga oshiradigan texnik o'lchov ishlari haqida ma'lumotlar berdilar.
⏺ Seminar yakunida boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev filiallarni moddiy-texnika bilan ta'minlash, qo'shimcha xodimlar ajratish, ijro intizomi hamda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik kabi mavzularda kerakli topshiriqlar berdi.
⏺ Tadbir savol javoblarga boy, qiziqarli o‘tdi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar
⏺ Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filialida viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-son Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda ishlarni to‘g‘ri tashkil etish va Qonun talablarini bir xilda amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi. Boshqarma boshlig‘i tomonidan filial rahbariga o‘quv-seminar tashkili qilish va Qonunni moddami-modda o‘rganish vazifasi qo‘yildi.
⏺ Shu kunning o‘zida filial boshlig‘i A.Turg‘unov boshchiligida Namangan shahar, Davlatobod va Yangi Namangan tumani filiali rahbarlari, xodimlari, topograflar hamda kadastr muhandislari ishtirokida o‘quv-seminari o‘tkazildi.
⏺ Seminarda, mazkur Qonun ijrosi yuzasidan “Ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish va elektron yig‘majildini tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi USLUBIY QO‘LLANMA”ga muvofiq bajariladigan ishlar ketma-ketligi birma-bir, har bir bandi bo‘yicha to‘liq tushuntirib o‘tildi.
⏺ Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachilar batafsil javoblar berishdi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar #qonun_targiboti
🆕 Yangi qonunni amalga oshirish mexanizimi yuzasidan o‘quv-seminar
✔️ Bugun Namangan viloyatida Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida, Kadastr agentligining Kadastr va ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishni muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi F.Norboyev, Davlat kadastrlari palatasining Bino inshootlarni davlat kadastrini yuritish boshqarmasi bosh mutaxassisi S.Muhitdinovlar ishtirokida o'quv-seminar bo'lib o'tdi.
✔️ Unda viloyat boshqarmasi mutaxassislari va tuman, shahar filiallari rahbarlari hamda xodimlari ishtirokiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 5-avgustda imzolangan "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonunini amalga oshirish mexanizmi batafsil tushuntirildi.
✔️ Seminar savol-javoblar asosida qizg‘in muhokamalar bilan o‘tdi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollarga maʼruzachilar to'laqonli javob berdilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM