NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_nazorati

⚠️ Toshkent-Namangan A-373 avtomagistral chetlari tartibga keltirilmoqda.

🔼 Bugun, ayni damda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasi xodimlari Pop tumani hokimligi bilan hamkorlikda, kuchaytirilgan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarda birgalikda harakat qilmoqdalar. Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligidagi Ishchi guruhi a’zolari yer nazorati tadbirlarida, Toshkent-Namangan A-373 hamda 4R-112 avtomagistral yo‘llarning muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirmoqdalar.

🔼 Avtomobillar 100 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlanadigan serqatnov A-373 va 4 R-112 avtomobil yo‘llari yoqasida noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirayotgani aniq.

‼️ Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi A-373 avtomagistralning 267-295 kilometri oralig‘iga mas’ul ishchi guruh a’zosi, Kadastr agentligining Pop tuman bo‘limi boshlig‘i R.Toshboev tomonidan yo‘l infratuzilmasiga yaqin joyga fuqaro K.D. tomonidan 150 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 60 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgani aniqladi.

‼️ Yana bir misol fuqaro Y.R. tomonidan shu yo‘lning qarama qarshi tomonida 110 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shaxobchasi qurgan va katta reklama banneri o‘rnatgan.

‼️ Fuqarolar K.D. va Y.R. larga Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng, ular huquqbuzarlik oqibatlarini o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔼 Tadbirlarda asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

‼️ Norin tumanida yer nazorati tadbirlari

🌟 Kadastr agentligining Norin tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davomida "Norinkapa" massivi, "Hojaqo'rg'oncha" mahallasi hududida fuqaro J.N. tomonidan o'zboshimchalik bilan yer maydonini egallab olib, noqonuniy boshlangan qurilish ishlari aniqlandi.

✔️ Norin tuman bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaro J.N. ga tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi hamda tushuntirish targ'ibot ishlari olib borildi.

✔️ Natijada noqonuniy qurilish o'z vaqtida to'xtatib qolinib, yer maydoni dastlabki holatga qaytarildi.

📆
Joriy yilning o'tgan 7 oyi mobaynida tumanda 167 ta holatda 15,2 gektar yerlarni o'zboshimchalik bilan egallashlar aniqlangan. Berilgan yozma ogohlantirishlar natijasida 130 ta holatda 7,9 gektar (78%) huquqbuzarliklar ixtiyoriy bartaraf etildi, 5,2 gektar yerdagi qonunbuzilishlarni majburiy bartaraf etish to'g'risida sudlarga 24 ta da'vo arizalari kiritildi, 4 ta holat yuzasidan ish hujjatlari prokuratura organlariga yuborildi, qolgan holatlar yuzasidan ma'muriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, belgilangan tartibda ko'rib chiqilmoqda.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

⚠️ Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🌟 Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi va uning tuman, shahar bo'limlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatimiz yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan kuchaytirilgan nazorat va profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Jumladan, Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov boshchiligidagi Ishchi guruhi a’zolari yer nazorati tadbirlarida avtomagistral yo‘llarning muhofaza zonalari, piyodalar yo'lakchalari, aholi punktlari va qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda qurilgan noqonuniy bino-inshootlarga belgilangan tartibda choralar ko'rib bormoqdalar.

❗️Masalan, bugun Norin tumandagi "O'zbekiston" MFY hududida piyodalar yo'lakchalariga o'zboshimchalik bilan o'rnatib olingan qurilmalarni bartaraf qilish uchun 30 dan ortiq fuqarolar rasman ogohlantirib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Natijada 20 ga yaqin noqonuniy qurilmalar joyida bartaraf qilindi.

❗️ Pop tumanidan o‘tuvchi A-373 avtomagistralning 267-295 kilometri oralig‘ida yo‘l infratuzilmasiga yaqin joydagi 30 dan ortiq yerdan o'zboshimchalik bilan foydalanish holatlariga MJtKning 60- moddasi tegishli bandlari bilan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. Natijada 15 kilometr avtomagistral yo'l chetlari tartibga keltirilib, noqonuniy qurilma va reklama bannerlari bartaraf etildi.

⁉️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda

🌟 Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni ko‘tarinki ruhda o‘tkazish uchun viloyat bo‘yicha yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

🟢 Tadbirlarda asosiy e’tiborni magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga va qishloq xo‘jaligi yerlariga qaratilmoqda.

🟢 Bugun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlar bo‘limi inspektorlari, tuman hokimliklari va tuman qurilish bo‘limlari bilan hamkorlikda Namangan-Norin-Uchqo‘rg‘on avtomagistral yo‘lning muhofaza zonasinga o‘rnatib olingan noqonuniy savdo do‘konlari va savdo rastalarini bartaraf qilish ishlarni davom ettirdilar.

🟢 Masalan, Bugun Norin tumani “O‘zbekiston” MFY hududidaga va Uchqo‘rg‘on tumani “Sanoat” MFY parvoz ko‘chalaridagi, yo‘lga yaqin muhofaza qismida fuqarolar T.S. T.D. O.G. va K.Y tomonlaridan o‘zboshimchalik bilan yo‘lning piyodalar qismida 35 dan 110 kv. metrgacha yerda noqonuniy savdo shaxobchilari qurganlari va bannerlari o‘rnatgani aniqlandi.

🟢 Fuqarolarga tumanlar inspektorlari tomonidan bu ishlarning huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, fuqarolar huquqbuzarlikni o‘z ixtiyori bilan, o‘z hisoblaridan bartaraf qildilar. Fuqaroga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🟢 Maqsadimiz esa, Mustaqillik bayramini tartibli va fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratib ko‘tarinki ruhda o‘tkazishdan iboratdir.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

🔼Yo‘lga qurilgan qassobxona, hujjati qani?

Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan olib borilmoqda.

Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

🔼Masalan, Norin tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning “Otbozor” MFY hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro T.V. tomonidan ko‘cha chetining 40 kv. metr yer maydonini egallab, go'sht sotish shahobchasi qurib olganligi aniqlandi.

Ushbu fuqarolarga Kadastr agentligi Norin tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro T.V. o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilmani bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladi. Fuqaroga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

❗️Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

#Yer_nazorati

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer umumxalq mulki, uni o‘zboshimchalik bilan egallashga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevralidagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Yer to‘g‘risidagi qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.

🔼Boshqarma, uning tuman va shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan joriy 2024-yilning 8 oyi davomida 179.4 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq 2749 ta qonun buzilish holati aniqlandi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida 749 ta holatda 73.6 gektar yer maydonlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi, shundan, 92 ta holatda 8.7 gektar yerlar zaxiraga qaytarilishi sudlar tomonidan qanoatlantirildi (majburiy buzdirish yuzasidan sud qarori qabul qilindi).

➡️Shuningdek hozirgi kunda 637 ta holatdagi 64,2 gektar yer maydonlaridagi qonunbuzarliklar yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

➡️Bundan tashqari, xalqning oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarni talon taroj qilish va qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish kabi jinoyat alomatlari bo‘lgan 124 ta holatda jami 40,3 gektar yer maydonida aniqlangan qonun buzilishlarning ish hujjatlari huquqiy baho berish uchun o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

✔️Kadastr agentligining tuman shahar bo‘limlari yer va kadastr inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma, profilaktik tushuntirish va targ‘ibot ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqargan 1705 nafar jismoniy va yuridik shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 65,6 gektar maydondagi qonun buzilish holatlari huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. Bu viloyat bo‘yicha jami aniqlangan holatlarning 60% ni tashkil qilmoqda.

‼️Shuni alohida taʼkidlash joizki, yer umummilliy boyligimiz bo‘lib uni avaylab asrab kelajak avlodlarga yetkazish hammamizning fuqarolik burchimizdir. Shu sababli barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishini oldini olsak Vatanimiz taraqqiyoti uchun katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda #Yer_nazorati #Yer_hisobi

🆕 Jonli efirda - Kadastr yangiliklari

🎙Namangan teleradiokompaniyasi FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosining "So'ragan edingiz" loyihasida Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning 9 oyi mobaynida yer va kadastr nazorati yo'nalishida amalga oshirilgan ishlar, Prezidentimiz raisligida 2023-yil 21-noyabrda Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari” yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning Namangan viloyatidagi ijrosi haqida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi.

🔺Ushbu suhbatda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi Sh.Toshtemirov yuqoridagi mavzular yuzasida ma'lumotlar berdi va jurnalist savollariga javob berdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️Uchqo‘rg‘onda yer nazorati tadbirlarida “ko‘chalar ochilmoqda”

😎Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumani tez rivojlanayotgan, aholi soni yildan yilga ko‘payayotgan tumanlardan hisoblanadi. 🌟Kadastr agentligi rahbariyati tomonidan Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish bo‘yicha berilgan topshiriqlari ijrosi yuzasidan tuman bo‘limida inspektorlardan iborat Ishchi guruhlar tuzilgan.

😎Ishchi guruh Tuman hokimligi, Tuman qurilish bo‘limi bilan hamkorlikda yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha tezkor faoliyat olib bormoqdalar.

😎Joriy yilning 10 oyi davomida tuman bo'yicha 351 ta holatda jami 6,94 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan. Shundan, tushuntirish va yozma ogohlantirishdan keyin 247 ta holatda qonunbuzarlik ixtiyoriy ravishda bartaraf qilingan. 

😎Masalan, bo‘lim inspektorlari Uchqo‘rg‘onning “Islomobod” va “Qug‘ay” MFY hududlarida yer nazorati tadbirlari davomida fuqarolar T.T. A.P. va U.I.lar o‘ziga qarashli do‘konlari oldidagi ko‘cha qismiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 570 kv.metr yerni to‘siqlar bilan o‘rab olganlar. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin o‘z xatosini tushungan fuqaro T.T. A.P. va U.I. o‘z hisobidan huquqbuzarlikni bartaraf qilgan.

😎Huquqbuzarliklarni oldini olish uchun yer nazorat tadbirlarida asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi yerlarga o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.

✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️Yer nazorati. Istirohat bog'i o'z holiga keltirilmoqda

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda Namangan shahar bo'limi inspektorlari tomonidan shahrining Z.M.Bobur nomli istirohat bog'i hududi Viloyat ishchi guruhi bilan hamkorlikda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalar bartaraf qilinmoqda.

😎O'tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida fuqarolar J.B. K.M. va V.Q. lar istirohat bog'i hududidagi ko'kalamzorlashtirish hududiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan jami 450 kv.metr yerda turli xil noqonuniy qurilmalar o'rnatib, beton quyish ishlarini amalga oshirganlari aniqlandi. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin o‘z xatosini tushungan fuqarolar J.B. K.M. va V.Q. o‘z hisobidan huquqbuzarlikni bartaraf qildi.

😎Ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 60-modda 2- qismi tartibida ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

😎Istirohat bo'g'i hududida nazorat tadbirlari davom etmoqda.

✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

❗️Yer nazorati. Istirohat bog'i o'z holiga keltirilmoqda

🌳Avval xabar berganimizdek bugun 🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi hamda Namangan shahar bo'limi inspektorlari tomonidan shahrining Z.M.Bobur nomli istirohat bog'i hududi Viloyat ishchi guruhi bilan hamkorlikda o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlaridagi noqonuniy qurilmalar bartaraf qilish ishlari davom ettirildi.

🌳Tadbir davomida fuqarolar D.K. K.T. va M.T. lar istirohat bog'i hududidagi ko'kalamzorlashtirish hududiga hech bir hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan jami 320 kv.metr yerda turli xil noqonuniy qurilmalar o'rnatib, beton quyish ishlarini amalga oshirganlari aniqlandi. Inspektorlar tomonidan berilgan yozma ogohlantirishdan keyin ular o‘z xatolarini tushunib, o‘z hisoblaridan huquqbuzarlikni bartaraf qildilar.

🌳Ushbu fuqarolarga nisbatan tegishli ma'muriy ta'sir choralari qo'llanildi.

❗️Istirohat bo'gi xalqimizning dam olish maskanlaridan bo'lib, u yerni tartibga keltirish va dam oluvchilarga qulaylik yaratish tadbirlari davom ettiriladi.

✔️Bizni kuzatib boring, Sizlarni yer nazorati tadbirlaridan xabardor qilib boramiz.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM