NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_hisobi

❗️Yerni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing va Davlat himoyasida bo‘ling!

🫥Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimida jadal ishlar ketmoqda.

🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev boshchiligida viloyat Ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun barcha 14 ta tuman filiallarining kunlik ishlar tahlil qilib borilmoqda. Fermerlar va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘ egalari bilan uchrashib, shu joyning o‘zida shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshirmoqdalar.

✔️Masalan, bugunga qadar Namangan shahar filialida, xalq deputatlari shahar kengashi vakillari, qishloq xo‘jaligi boshqarmasi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, shahar atrofidagi “Sherbuloq”, “Bunyodkor”, “Orzu”, “Yuksalish” va “Semiztepa” massivlarida joylashgan 846 ta holatda 1330 gektar yer maydonidan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 191 ta holatda 563 gektar yer maydoni egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

✔️Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha 14 ta tuman bo‘limlari va filiallarida ish tashkil qilinib, natijasi kunma-kun tahlil qilib borilmoqda.

✔️Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlarida kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tayinlov

Tumanlar filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi


🫥 Bugun 🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘iga binoan, 🇺🇿Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining Pop va Mingbuloq tumanlari filiallariga yangi tayinlangan rahbarlarni jamoaga tanishtirish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

➡️Kunning birinchi yarimida bo‘lib o‘tgan tadbirda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev Pop tumani filiali xodimlariga Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Pop tuman filiali boshlig‘i lavozimiga Oxunov Farhodjonni tayinlash haqidagi buyruqni o‘qib eshittirdi. Boshqarma boshlig‘i jamoaning oldida turgan vazifalar haqida gapirib, yangi rahbar bilan hamjihatlikda ishlash va hozirda dolzarb masala bo‘lib turgan yerlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yangi qonunni fuqarolar va tadbirkorlar o‘rtasida targ‘ib qilish va tushuntirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish hamda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qatʼiy topshiriqlar berdi.

➡️Keyingi tadbir Mingbuloq tumani filialida bo‘lib, unda boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Esonaliyev Jamoliddinni tayinlanganligi haqidagi buyruq bilan jamoani tanishtirdi. U o‘z so‘zida yangi tayinlangan rahbar bilan bir yoqadan bosh chiqarib hamjihatlikda ishlash, mehnat va ijro intizomiga rioya qilish, korrupsiyani oldini olish, fuqarolar bilan ishlashda xushmuomala bo‘lish hamda xizmat madaniyatiga amal qilish zarurligini qatʼiy uqtirdi.

➡️Tadbirlarda qatnashgan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar xodimlarga muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasiga berilayotgan katta ahamiyat, qabul qilingan farmon va qarorlar, filialda xodimlar o‘rtasida korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, ichki muhitni sog‘lomlashtirish va joylarda davlat kadastrini yuritishda meʼyoriy hujjatlarga amal qilinishi, kabi masalalariga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi tushuntirdilar.

🫥Boshqarma jamoasi yangi tayinlangan tuman rahbarlarini samimiy tabriklaydi va kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi raisining tegishli buyrug'iga ko'ra, Adliya Vazirligi kelishuvi asosida Sadikov Dilshod G'ayratovich – Davlat kadastrlari palatasi Yuridik bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

◼️Dilshod Sadikov – 1982-yil Toshkent shahrida tavallud topgan. 2003-yil - Toshkent Davlat sharqshunoslik institutini, 2009-yil Toshkent Davlat yuridik institutini, 2010-yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi bosh yuriskonsulti lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi

💠Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

➡️O‘quv soatidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti R.Djurayev yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan qonunlar va huquqni himoya qilish organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni mazmun mohiyatini tushuntirdi va savollarga javob berdi.

➡️Kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tadbirda so‘z olganlar, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi boshlig‘i O‘.Qalandarova va Murojaatlar bilan ishlash sho‘basi boshlig‘i I.Sarimsaqovlar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini va takliflarini bildirdilar.

➡️Ular soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, ichki mehnat qoidalariga qatʼiy amal qilish, tizimda korrupsiyaning oldini olish, ijro intizomiga rioya qilish hamda yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z kasbiga  sadoqat ruhida tarbiyalash kabi masalalarga to‘xtaldilar.

🫥Siyosiy-maʼrifiy soat tadbiri savol javoblarga boy, qiziqarli va foydali bo‘ldi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM