NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Европа Иқтисодий Комиссиясининг (БМТ ЕИК) Ер маъмуриятчилиги, уй-жой ва шаҳарсозлик қўмитасининг таклифига биноан, 🌟Кадастр агентлиги директори Ф. Пўлатов бошчилигидаги делегация Женевада бўлиб ўтаётган БМТ ЕИК Ер маъмуриятчилиги, уй-жой ва шаҳарсозлик қўмитасининг 85-сессиясида иштирок этмоқда.

Сессияда:
➡️ер ва мулк бошқаруви сиёсатини такомиллаштириш бўйича ўтказилган семинар ва вебинарлар муҳокамаси;

➡️ер маълумотлари хавфсизлиги, ер бошқаруви ва экотизимлардаги чорловлар;

➡️ноқонуний қурилмаларни расмийлаштириш йўналишида амалга оширилган ва режалаштирилаётган тадбирлар муҳокамаси;

➡️ер ва уй-жой маълумотлари бошқаруви бўйича мамлакатлар профилларини тузишнинг жорий ҳолати, 2025-2026 йилларда ер, уй-жой ва шаҳарсозлик бўйича профиллари яратилиши танланган давлатларни эълон қилиш масалалари ўрин олди.

🫥Шунингдек, сессияда Ўзбекистонда ер маъмуриятчилиги, жумладан рақамлаштиришда амалга оширилган ислоҳотларга бағишланган тақдимот амалга оширилди.

🫥Ташриф доирасида БМТнинг Ер бошқаруви бўйича ишчи гуруҳи раиси Виктория Эббот, Европа ва МДҲ давлатларининг ер, геодезия, кадастр ва қурилиш соҳалари бўйича масъул идора раҳбарлари, академик давра вакиллари билан ўзаро мулоқот ва учрашувлар бўлиб ўтди.

#Kadastr_agentligi #BMT

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_hisobi

Yerni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazing va Davlat himoyasida bo‘ling! 

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” o‘tkazilgan yig‘ilishda kadastr sohasiga belgilab bergan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlar ishga astoidil kirishganlar. Dastlabki tezkor maʼlumotlarga qaraganda rejadagi majud 202,9 ming gektar yerlarni 83% davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

✔️ Barcha ishlar 💫Davlat kadastlari palatasi boshqarma boshlig‘i F.Niyozov tomonidan kunlik so‘rov, doimiy nazorat va joylarga chiqib o‘rganish orqali amalga oshirilmoqda.  

✔️Viloyatning barcha, 14 ta tumanlariga boshqarmaning malakali mutaxassislari biriktirilgan. Tumanlarda Ishchi guruhlar fermer va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘zorlarga chiqib joyida shartnomalar tuzish yuzasidan ommaviy ish tashkil qilib, ogohlantirish xatlari tarqatish, davlat ro‘yhatidan o‘tkazish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bormoqdalar. 

✔️Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha vazifalarni viloyatimizda vaqtida va  sifatli bajarishdir.

 Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati bo'yicha 2 537 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

🔹Mingbuloq tumanidan 144 ta (koʼrish)
🔹Kosonsoy tumanidan 164 ta (ko'rish)
🔹Namangan tumanidan 40 ta (koʼrish)
🔹Norin tumandan 72 ta (koʼrish)
🔹Pop tumandan 629 ta (koʼrish)
🔹To'raqo'rg'on tumanidan 350 ta (ko'rish)
🔹Uychi tumanidan 81 ta (ko'rish)
🔹Uchqo'rg'on tumanidan 63 ta (ko'rish)
🔹Chortoq tumanidan 294 ta (ko'rish)
🔹Chust tumanidan 378 ta (ko'rish)
🔹Yangiqo'rg'on tumanidan 221 ta (ko'rish)
🔹Namangan shahridan 101 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
#yer_hisobi

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish jarayonlari

🇺🇿Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023-yilning 21-noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” gi yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarni Namangan viloyatidagi ijrosini ta'minlash borasida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab tuzilib, 14 ta tuman filiallarda Ishchi guruhlar tashkil qilgan holda olib borilmoqda .

✔️Namangan tumanida tashkil qilingan Ishchi guruh faoliyati misolida olganda,  bugunga qadar Namangan tumani filialida, Xalq deputatlari tuman Kengashi, Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda 840 gektar yer maydonidan foydalanuvchilar bilan ijara shartnomalari tuzildi, shundan 747 gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

✔️Tuman ishchi guruhi tomonidan joylarda yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashib, yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish mazmun-mohiyatini tushuntirish jarayonidan videolavha.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM