Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида камбағалликни қисқартириш ишларини янги сифат босқичига олиб чиқиш масалаларига бағишланган видеоселектор йиғилиши бошланди.
Тўрт йил аввал бу борадаги ишлар бошланганида 7,5 миллион ёки 23 фоиз аҳолининг даромади камбағаллик чегарасига етмас эди.
Шу даврда аҳолимиз 3,7 миллионга кўпайди, камбағаллик чегараси ҳам тегишли равишда 1,5 карра оширилди.
Бунга қарамасдан, 3,5 миллион одамни даромадли қилиш ҳисобига 2023 йил якуни билан камбағалликни 11 фоизга пасайтиришга эришилди.
Аввало, ижтимоий ҳимоя қамрови 4,5 карра оширилиб (466 минг оиладан 2,2 миллионга), ўтган йили бу мақсадларга 12,3 триллион сўм ажратилди. Пенсия ва нафақалар миқдори ҳам 1,5 баравар кўпайтирилди.
Facebook|Instagram|X

Бир йил давомида яна 50 минг гектар ерни 100 мингта камбағал оилага бўлиб бериш режалаштирилгани маълум қилинди.
Ушбу ерларда “компания – кооператив – деҳқон хўжалиги” тамойили асосида деҳқончилик ва боғдорчилик ташкил этилади. Бунда, ердан уч хил даромад олинадиган янги тизим яратилади:
- қишлоқ хўжалиги маҳсулоти етиштирувчи ва экспорт қилувчи катта компания камбағал оилалардан ерни иккиламчи ижарага олади;
- ёки ер эгалари улушдор сифатида кооперацияга бирлашиб, компаниялардан буюртма олади ва топилган даромад улар ўртасида тақсимланади;
- ҳар икки ҳолатда ҳам ушбу аҳоли ерда ўзи маҳсулот етиштириб, бунинг учун ойлик олади.
Яъни, камбағал оила ўзига берилган ердан янада самарали фойдаланиб, ойлик олиш билан бирга, ижара ёки дивиденддан даромад кўради.
Мутасаддиларга вилоят ҳокимлари билан биргаликда бу орқали камида 200 минг аҳолини банд қилиш топширилди.

#sayyor_qabul
Sayyor qabullar - inson manfaati uchun
✔️ Bugun Namangan viloyatining aholisi zich hududlardan biri Norin tumani markazida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov, A.Obidovlar hamda boshqarmaning tegishli sho‘basi mutaxassislari qatnashdilar.
✔️ Qabulda kadastr xizmati masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 25 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 13 nafar murojaatchilar masalalariga shu joyining o‘zida yechim topildi, 7 nafar murojaatchilarga hujjatlari o‘rganilib, huquqiy tushunchalar berildi, 5 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.
✔️ Sayyor qabul davomida murojaatlari ijobiy hal bo‘lgan otaxonlar xursandchilikdan tashkilotchilar xaqqiga duo qildilar.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Sayyor qabullar - inson manfaati uchun
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish
Sohani korrupsiyadan holi tizimga aylantiramiz!
🔼 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, Norin tumani bo‘lim va filial rahbarlari, inspektorlari, mutaxassislari, kadastr muhandislari, hamda topograflari bilan umumiy va yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarini o‘tkazdilar.
🔹Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov har bir xodim kadastr idoralari nomiga dog‘ tushirmasligi, xizmat vakolatini suiisteʼmol qilmasligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymasligi, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan halol bajarib ishlashi lozimligi, binobarin, jamiyatimizda sohaning har-bir xodimiga qarab butun bir kadastr tizimiga baho berilishi haqida ogohlantirdi. So‘zini davom ettirib, maʼruzachi xodimlarga jinoiy huquqda korrupsiyaviy huquqbuzarlik va jinoyat uchun jazo muqarrarligi ko‘rsatib o‘tilganligini tushuntirib berdi.
🔹Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvar, yurtga va kasbga sadoqatli bo‘lishi zarurligini uqtirib o‘tdi.
🔹Shuningdek, boshqarmaning murojaatlar bilan ishlash sho‘basi bosh mutaxassisi A.Qodirov ham aholi va tadbirkorlar murojaatlari bilan ishlash jarayonida ko‘tarilayotgan asosiy masalalar va ularni yechimi haqida o‘z fikrini bildirdi.
🔹Tadbir yakunida Norin tumani kadastr tizimining barcha xodimlari jamoada korrupsion holatlarni oldini olishga va unga yo‘l qo‘ymaslikga qatʼiy ahd qildilar.
🔹Mazkur profilaktik tadbirda xodimlarni qiziqtirgan savol va takliflari tinglandi hamda ular bo‘yicha fikr mulohazalar bayon etildi. Tadbir ochiq, samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tdi.
🔹Maqsadimiz esa, har doimgidek, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdan iboratdir.

#siyosiy_maʼrifat_soati
Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi
🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.
🔹O‘quv soatida o‘tgan hafta davomida yurtimizda va xorijda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar ko‘rsatildi. Ayniqsa Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish ishlarini yangi sifat bosqichiga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishda ko‘tarilgan dolzarb masalalar xodimlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
🔹Siyosiy-maʼrifat soati foydali maʼlumotlarga boy bo‘lib, qiziqarli o‘tdi.