NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soati qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatida o‘tgan hafta davomida yurtimizda va xorijda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar ko‘rsatildi. Ayniqsa Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil qilingan “mahalla yettiligi” tizimi haqida xalqaro missiyalar vakillarining ijobiy fikrlari islohotlarimiz to‘g‘ri yo‘nalishdaligini ko‘rsatmoqda.

🔹Tadbirda mas’ullar shu kunlarda o‘zining tavallud ayyomini nishonlayotgan boshqarma xodimlari A.Abdusalomov va O.Zoxidovlarni samimiy tabriklab sovg‘alar topshirdilar. Ishtirokchilar boshqarma tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga katta ahamiyat berilayotganligini alohida ta’kidladilar.

🔹Siyosiy-ma’rifat soati foydali ma’lumotlarga boy bo‘lib, qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalar: muammolar bartaraf etilish arafasida

🔹Mamlakatimizda xalq manfaati va inson qadrini ulug‘lash borasida bir qator samarali islohotlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 5 avgustida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi.

🖥 BATAFSIL O‘zbekiston Milliy axborot agentligi rasmiy saytida tanishing!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🆕 NTV da kadastr xizmati yangiliklari
 
🟢 Bugun Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" teleko'rsatuvida “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati mavzusida suhbat bo'lib o'tdi.

🟢 Unda Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi Shamsiddin Toshtemirov va Davlat kadastrlari palatasining Davlatobod tumani filiali rahbari Elyorbek Sharipovlar mavzu yuzasidan jurnalistlar savollariga jonli efirda javob berdilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning Norin tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

Vaqti: 12-sentabr 2024-yil soat 10-00 da boshlanadi.

📱 Manzili: Haqqulobod shaharchasi, O'zbekiston ko'chasi, 2-uy, tuman Kadastr filiali binosi.

🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati

Yer umumxalq mulki, uni o‘zboshimchalik bilan egallashga yo‘l qo‘yilmaydi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevralidagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Yer to‘g‘risidagi qonun buzilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi.

🔼Boshqarma, uning tuman va shahar bo‘limlari inspektorlari tomonidan joriy 2024-yilning 8 oyi davomida 179.4 gektar yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish bilan bog‘liq 2749 ta qonun buzilish holati aniqlandi. Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish va yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarish maqsadida 749 ta holatda 73.6 gektar yer maydonlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga daʼvo arizalari kiritildi, shundan, 92 ta holatda 8.7 gektar yerlar zaxiraga qaytarilishi sudlar tomonidan qanoatlantirildi (majburiy buzdirish yuzasidan sud qarori qabul qilindi).

➡️Shuningdek hozirgi kunda 637 ta holatdagi 64,2 gektar yer maydonlaridagi qonunbuzarliklar yuzasidan sud jarayonlari davom etmoqda.

➡️Bundan tashqari, xalqning oziq-ovqat xavfsizligiga xizmat qiladigan sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarni talon taroj qilish va qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarish kabi jinoyat alomatlari bo‘lgan 124 ta holatda jami 40,3 gektar yer maydonida aniqlangan qonun buzilishlarning ish hujjatlari huquqiy baho berish uchun o‘rnatilgan tartibda prokuratura organlariga yuborildi.

✔️Kadastr agentligining tuman shahar bo‘limlari yer va kadastr inspektorlari tomonidan berilgan yozma ko‘rsatma, profilaktik tushuntirish va targ‘ibot ishlaridan to‘g‘ri xulosa chiqargan 1705 nafar jismoniy va yuridik shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 65,6 gektar maydondagi qonun buzilish holatlari huquqbuzarlar tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi. Bu viloyat bo‘yicha jami aniqlangan holatlarning 60% ni tashkil qilmoqda.

‼️Shuni alohida taʼkidlash joizki, yer umummilliy boyligimiz bo‘lib uni avaylab asrab kelajak avlodlarga yetkazish hammamizning fuqarolik burchimizdir. Shu sababli barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallanishini oldini olsak Vatanimiz taraqqiyoti uchun katta hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Yurtiga sadoqatli inson hech qachon korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydi.


🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, Kosonsoy tumani bo‘lim va filial rahbarlari, inspektorlari, mutaxassislari, kadastr muhandislari, hamda topograflari bilan  umumiy va yakka tartibdagi profilaktik tadbirlarini o‘tkazdilar.

🔹Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov hayotiy tajribadan kelib chiqib, har bir xodimlar kadastr idoralari nomiga dog‘ tushirmasliglari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliglari, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga yo‘l qo‘ymasliglari, o‘z xizmat vazifalarini vijdonan halol bajarib ishlashlari lozimligi, binobarin, jamiyatimizda sohaning har bir xodimiga qarab butun bir kadastr tizimiga baho berilishi haqida ogohlantirdi. So‘zini davom ettirib, maʼruzachi xodimlarga korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini to‘liq tushuntirib berdi.

🔹Yig‘ilishda so‘z olgan A.Obidov bugungi profilaktik yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaga murosasiz bo‘lish, huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarda aniqlangan qonun buzilishlar va uni oqibatlari haqida ogohlantirish ekanligiga alohida urg‘u berdi. Korrupsiya balosiga giriftor bo‘lgan xodimlarning achchiq qismati haqida jonli misollar bilan tushuntirishlar berdi. Barcha xodimlarni ayniqsa yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zida shakllantirishi, o‘z ustida ishlashi, ko‘proq o‘qish zarurligini uqtirib o‘tdi.

🔹Tadbir yakunida Kosonsoy tumani kadastr tizimining barcha xodimlari jamoada korrupsiya holatlarni oldini olishga va unga yo‘l qo‘ymaslikga qatʼiy ahd qildilar va ishtirokchilarga vaʼda berdilar.

🔹Mazkur profilaktik tadbirda xodimlarni savollari, takliflari tinglandi va yechimlari taklif qilindi. Ochiq, samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tgan tadbirda tegishli qaror qabul qilindi.

🔹Maqsadimiz esa, kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizga beminnat kadastr xizmati ko‘rsatishdir.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yerlarning investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalaniladi

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi

⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi


❗️ Farmonga ko‘ra, xususiy investorlar tashabbusi bilan yangi massivlarni barpo etishda yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar belgilangan asosiy shartlarga muvofiq rasmiylashtiriladi.

🔼 Bunda, xususiy investorga tegishli yer uchastkalari hamda ular oralig‘ida joylashgan ko‘p kvartirali uylarga tutash yerlar va umumiy foydalanishdagi yerlar Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash dalolatnomasi asosida yagona yer uchastkasiga birlashtiriladi.

📁 Belgilangan hollarda yangi massivlar, qoida tariqasida, bo‘sh turgan yer uchastkalari o‘rnida tashkil etiladi, bunda loyiha yangi massiv hududidagi yer uchastkalarini davlat mulki sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yagona yer uchastkasiga birlashtirish orqali amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi, ijara huquqi va doimiy foydalanish huquqi bilan yangidan ajratishda belgilangan asosiy shartlar asosida mazkur yer uchastkasida bino va inshootlarni loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash hamda obyektni foydalanishga topshirish muddatlari majburiy ravishda ko‘rsatiladi.

🔍 Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan obyektni foydalanishga topshirish davriga teng bo‘lgan, biroq 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda yer solig‘i stavkasi 50 foiz miqdorida qo‘llanadi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ♻️♻️♻️♻️

🌟KADASTR XIZMATLARIDAN ONLAYN FOYDALANING!

🟢 Siz uydan chiqmagan holda:

➡️ Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

➡️ Kadastr pasportini shakllantirish;

➡️ Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

➡️Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

➡️ Ko'chmas mulk bo'yicha kadastr muhandisini malaka shahodatnomasini berish

➡️ Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish

➡️ Qurilish-montaj ishlari tugallangan ob'ektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

➡️ Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish

➡️ Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirishning birlamchi miqdorini hisoblash

➡️ Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish

Ushbu xizmatlardan 🌟Kadastr agentligining kadastr.uz hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining my.gov.uz saytlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Shuningdek, "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish hamda "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

#Kadastr_agentligi #onlayn_xizmatlar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555-son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM