#korrupsiyaga_qarshi_kurashish #qunun_targiboti
Korrupsiyani oldini olish uchun har birimiz mas’ulmiz
⏺ Joriy yilning 28-30 oktyabr kunlari Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan hamda Uchqo‘rg‘on, Chortoq, Uychi va Namangan tumanlari bo‘limi va filiallari xodimlari uchun “Yuksak ishonchni oqlaymiz” mavzusida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktik tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
⏺ Bugun ushbu tadbirlarni yakuni, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev rahbarligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda muhokama qilindi.
⏺ Unda Davlat kadastrlari palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi I.Tadjibaev, boshqarmalarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, boshqarmaning sho‘ba, bo‘lim hamda filiallar rahbarlari, kadastr bosh muhandislari, topograflar va inspektorlar jami 110 nafar xodimlar ishtirok etdilar. Tumanlar ZOOM platformasida videoselektor orqali ulandilar.
⏺ Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev yig‘ilishni kirish so‘zi bilan ochib, so‘zni I.Tadjibaevga berdi. U so‘zida tuman filiallarida korrupsiyani oldini olish bo‘yicha bir qator yutuqlarga erishilgani, ammo shu bilan bir qatorda hujjatlarni rasmiylashtirishda ba’zi bir muammolar mavjudligini ta’kidladi. Yaqinda qabul qilingan O‘RQ-937-son Qonunning amalga kirishiga sanoqli kunlar qolganligini, joylarda uning ijrosini tashkil qilish va unda korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi. Notiq so‘zini davom ettirib, Respublikamizning bir qator viloyatlarida monitoring guruhi tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni kelib chiqish sabablariga to‘xtaldi.
⏺ Tadbir yakunida Boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev profilaktik tadbirlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.
Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Korrupsiyani oldini olish uchun har birimiz mas’ulmiz
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM