NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#маънавиятвамаърифат

Kadastrchi bo‘laman Qorbobo!

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari rahbarlari va boshqarmalarning Kasaba uyushmasi hamkorlikda kadastr tizimi xodimlarining farzandlari uchun Alisher Navoiy nomli Namangan viloyat teatrda 2024-Yangi yil bayrami tadbirlari tashkil qildilar. Kadastr sohasida mehnat qilayotgan 20 ortiq xodimlarning 45 nafar bolajonlari teatrlashtirilgan “O‘rmon ertagi” spektaklini qiziqib tomosha qildilar.

🔹 Spektakl yakunida sahnaga yugurib chiqqan 9 yoshli Muslimbekdan Qorbobo “Muslimbek bolajonim katta bo‘lsang kim bo‘lasan!” -degan savoliga, “kadastrchi bo‘laman Qorbobo!” – degani hamma kattalarga quvonch bag‘ishladi. Bayram shukuhi joylarda davom etmoqda.

🔹 Yangi yilning yaxshi niyatlar bilan boshlagan, yeng shimarib ishga kirishgan Namangan viloyati kadastr xizmati xodimlari xalqimizning og‘irini yengil qilishga astoydil bel bog‘laganlar.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

Buyuk g‘alaba bayrami muborak bo‘lsin!

🔹Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida 9-may Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 79 yilligi hamda Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan boshqarma boshlig‘i M.Tursunbaev boshchiligida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda afg‘on urushi faxriylari A.Obidov, B.O‘rinbayev, Sh.Jurayev, R.Raxmanov, O.Normirzaevlarga butun soha xodimlari nomidan samimiy muborakbod etilib, chuqur hurmat va ehtirom ko‘rsatildi va sovg‘alar topshirdi.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

Ajdodlarimiz hayotidan


🔷 Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad Al-Beruniy 973-yilda qadimgi Kat - hozirgi Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida tug‘ilib, 1048-yilda G‘azna (Afg‘onistoning janubi sharqidagi shahar)da vafot etgan.
🔹Astronomiya;
🔹Matematika;
🔹Geografiya;
🔹Geodeziya;
🔹Mineralogiya;
🔹Falsafa;
🔹Tarix;
🔹Etnografiya;
🔹Adabiyot;
🔹Dorishunoslik
fanlariga katta hissa qo‘shgan.

🔷 22 yoshida yerning birinchi globusini
yaratgan, 50 yoshida yerning eng aniq radiusini hisoblab chiqqan va boshqa ko‘plab ixtirolarni kashf etgan buyuk qomusiy olim bo‘lgan.

🔷 U okean ortidagi yangi qitʼa yaʼni Amerikani Xristofor Kolumbdan avval kashf etganligini butun dunyo olimlari tan olishgan.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#FlowerFestNamangan #flower_fest_63 #маънавиятвамаърифат

🇺🇿 Xalq bilan, Yurt bilan hamnafas - kadastrchilar

🌹Namanganda har yili anʼanaviy o‘tkaziladigan 63-xalqaro gullar festivali tantanalari boshlandi.
Gullar shahri Namanganda go‘zallik va nafosat, qadriyat va muhabbat ramzi sanalgan gullarga alohida mehr qo‘yilgan. Har bir ko‘cha, xiyobon, tashkilot atrofi, xonadonlargacha chamanzor gulga burkangan.

🌹Taʼkidlash joizki, Namangan shahrida ilk bor gul ko‘rgazmasi 1961-yil tashkil etilib, u bayram sifatida anʼanaga aylandi. Keyingi uch yil ichida bog‘, gulchilik, gullar festivali misli ko‘rilmagan darajaga ko‘tarildi.

🌹Gullar bayrami Prezidentimizning viloyatga tashrifi chog‘idagi tashabbusi bilan 2018-yildan eʼtiboran “festival” maqomiga ega bo‘ldi va xalqaro miqyosda o‘tkazila boshlandi. Gul sayillariga qo‘shni davlatlar, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, qolaversa Rossiya, Ozarbayjon, Eron, Xitoy, Koreya, Pokiston, Turkiya, Hindiston kabi 20 dan ortiq xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurdi va bu kabi mehmonlar oqimi davom etmoqda.

🌹Xalqaro gullar festivali tantanalari Namangan xalqaro aeroporti hududidan gullar avtoparadi bilan boshlandi. Unda davlatimiz bayrog‘i bilan bezatilgan anvoyi gullarga burkangan 200 dan ortiq transport vositalaridan iborat mashinalar karvoni tadbirni boshlab berdi.

🌹Dunyoning manaman degan davlatlari parad orqali o‘z harbiy salohiyatini ko‘z-ko‘z qilayotgan bir davrda, bizning tinchliksevar O‘zbekistonimizda gullar paradi orqali go‘zallikni, tinchlikni butun jahonga tarannum qilinmoqda.

🌹Bayram tadbiriga yig‘ilganlar Bobur bog‘ida tashkilotlarning gullar ekspozitsiyalari, shahar va tumanlarning o‘ziga xos anʼanalarini o‘zida ifoda etuvchi turfa gul dekoratsiya va kompozitsiyalari bilan tanishib, estetik go‘zallikdan bahramand bo‘lmoqdalar.

🔵 Bu tadbirlarda xalq bilan, yurt bilan hamnafas ishlayotgan - Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari ham o‘zlarining chiroyli gullar kompozitsiyasi bilan qatnashib, o‘zlari uchun ajratilgan bog‘ning markaziy joyni turfa gullarga burkadilar.

🌹Yurtimizdagi gulchilik anʼanalarini, qolaversa, Namangan viloyati shahar tumanlarining sayyohlik salohiyatini oshirish hamda ichki va tashqi turizm rivojida muhim ahamiyat kasb etadigan 63-anʼanaviy xalqaro gullar festivali tadbirlari 23-iyunga qadar davom etadi.

🌹Hurmatli hamkasblar! Barchangizni gullar festivaliga oila aʼzolaringiz bilan taklif etamiz! Bo‘sh vaqtingizni va mehnat taʼtilingizni Namanganda maroqli o‘tkazing!

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#bolalar_kuni #маънавиятвамаърифат

Bolalar quvonchi - bizning quvonchimiz


🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari farzandlari uchun unutilmas kun bo‘ldi. Chunki boshqarmaning Ma’naviyat va ma’rifat kengashi qaroriga asosan “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda bolajonlar rasm chizish, samokatda uchish, arg‘imchoqda sakrash, futbol, raqs tushish kabi qiziqarli o‘yinlar o‘ynadilar. Tashkilotchilar tomonidan barcha bolajonlarga sovg‘alar tantanali ravishda topshirildi.

🔹Bolajonlar otalari, onalari ishlayotgan kadastrdagi ish joyini ko‘rib faxrlanishlar va bir umr yodda qoladigan taassurotlar bilan xursand bo‘lib qaytishlari uchun tashkil qilingan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

🔹Bolalarni himoya qilish Davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan Yangi O‘zbekistonda farzandlarimiz sog‘lom bo‘lishlari, o‘qishlari, sport bilan shug‘ullanishlari uchun hamma sharoitlar yaratilgan bo‘lib bu barcha ota va onalarni quvontiradi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат #yoshlar

Yoshlar va rahbar uchrashuvi qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari binosida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Farruxbek Mirzabaev bilan amaliyot o‘tash uchun kelgan Namangan muhandislik qurilish institutining 60 nafardan ortiq talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda F.Mirzabaev yosh talabalarga zamonaviy kadastr tizimidagi yangiliklar, uning imkoniyatlarini tushuntirib, ular e’tiborini, amaliyot o‘tash jarayonini tashkil qilish, talabalarni malakali xodimlarga biriktirish, mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish, ijro intizomiga rioya qilish, kabi masalalarga qaratdi.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат #hashar

Obodlik va poklik qalblardan boshlanadi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalari, ularning tuman-shahar bo‘limlari hamda filiallarining 250 nafardan ortiq xodimlari muqaddas "Qurbon hayiti" bayrami munosabati bilan tashkil qilingan xayriya hasharida faol qatnashdilar.

🔹Hozirgacha joylarda jami 3500 kv.metr gulxonalar o‘tlardan tozalanib, chopib, tartibga keltirildi, 250 metrdan ortiq ariqlar tozalandi, 850 tup gul ko‘chatlari taglari chopildi, binolarda 180 kv.metr oynalar yuvildi va ish joylari tartibga keltirildi. Kosonsoy, Norin va Namangan tumanlarida yangi qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan binolarda ham ishlar tashkil qilindi.

🔹Ushbu hasharda Namanganlik barcha kadastr tizimi xodimlari hamjihatlikda, ko‘tarinki kayfiyatda qatnashib Yurtimiz obodligiga o‘zlaring kamtarona hissalarini qo‘shish niyatidalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

Ayollari eʼzozlangan yurt

🔹Bugun Namangan viloyati kadastr tizimida esda qolarli ajoyib kun bo‘ldi. Xabaringiz bor muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan 2024-yil-“Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yil” deb eʼlon qilinib, yil davomida amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar va vazifalar belgilab berilgan edi. Quvonarlisi bu vazifalar ichida ayniqsa ayollarimizga, xotin qizlarimizga alohida eʼtibor qaratilgan.

🔹Shu munosabat bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari tizimida ishlayotgan 50 nafardan ortiq xotin qizlarimizga “Qurbon hayiti” oldidan ish va oilaviy sharoitlariga, salomatliklariga eʼtiborni kuchaytirish, ularni ijtimoiy himoya qilish choralarini ko‘rish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatish maqsadida “Ayollarga eʼtibor-kelajakka eʼtibor” mavzusida madaniy – maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirni Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov kirish so‘zi bilan ochib, tizimda ishlayotgan barcha xotin qizlarni tabriklab, ularning faoliyatlariga, jonkuyarliklariga yuqori baho berib, Davlat rahbarimiz tomonlaridan yurtimizda ayollar uchun yaratilayotgan sharoitlar, gender tenglikni taʼminlash uchun olib borilayotgan davlat siyosati haqida gapirdi.

🔹Shuningdek Kadastr agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan boshqarma tizimidagi ayollarni ijtimoiy himoya qilish choralarini ko‘rish, ularga moddiy va maʼnaviy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amalga  oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

🔹Tadbir yakunida boshqarma boshlig‘i B.Pazilov yig‘ilgan barcha xotin-qizlarga bayram sovg‘alarni tantanali ravishda topshirib, ularni Namangan shahrida o‘tkazilayotgan “Xalqaro gullar festivali”ga va bir piyola choyga taklif qildi.

🔹Tashkil qilingan madaniy va maʼrifiy tadbir xotin qizlarimizga olam-olam quvonch va unutilmas baxtiyor daqiqalar hadya etdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

Qalblarga xursandchilik ulashib...


🔹Mamlakatimizda muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan inson qadrini ulug‘lash, milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklash, o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat ko‘rsatish va shukronalik fazilatlarini mustahkamlash kabi ishlarga katta ahamiyat berilmoqda.

🔹Shu munosabat bilan yaqinlashib kelayotgan muborak Qurbon hayiti bayrami arafasida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev tashabbusi bilan hududlarda, filiallardagi ijtimoiy himoyaga va sog‘lig‘ini tiklashga ehtiyoji bo‘lgan xodimlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida sihatgohlarga yo‘llanmalar ajratildi.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev ushbu vaucherlarni o‘z egalariga Palata raisi nomidan topshirib, kelayotgan “Qurbon hayiti” bilan samimiy tabrikladi.

🔹Sog‘lig‘ini tiklashga ehtiyoji bo‘lgan xodimlarimiz rahbariyatga va barcha ezgu ishlarni boshida turgan muhtaram Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#маънавиятвамаърифат

🆕 MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR SAMARADORLIGINI YANADA OSHIRAMIZ

💎 Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgaryapti. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda oldimizda turgan ustuvor vazifalar 2023-yil 22-dekabrda Prezidentimiz raisligida ma’naviyat va madaniyat faollari, mas’ul rahbarlar ishtirokida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat masalalarining bugungi holati tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab olindi.

💎 Mazkur uchrashuvda davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi G‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur ekanligi ta’kidlandi.

💎 Shu o‘rinda e’tirof etish kerakki, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalarida so‘nggi yillarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samarasi va ta’sirchanligini oshirish, ko‘lamini kengaytirish, xodimlarni, avvalo, yoshlar qalbida sohada amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish uchun, tizimda bir qator ishlar amalga oshirildi.

💎 Namangan viloyati kadastr tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha 2024-yil uchun mo‘ljallangan yo‘l xaritasi ishlab chiqildi va 2024-yil davomida o‘tkaziladigan “Ma’naviyat soatlari” rejasi ko‘rib chiqilib, tasdiqlandi hamda ularni ijrosi nazoratga olindi.

💎 Jumladan, boshqarma va uning tuman (shahar) filiallarida haftaning har juma kuni “Siyosiy-ma’rifat” soatlarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Namangan viloyati kadastr tizimda kitobxonlik madaniyatini oshirish uchun 3 ta kutubxona tashkil qilindi, 12 ta 45 nusxadagi gazeta va jurnallarga obuna bo‘lindi, tadbirlarni sifatli olib borish uchun mikrofon va ovoz kuchaytirish uskunalari o‘rnatildi.

💎 Boshqarmaning asosiy binolari, tuman filiallarining binolari 50 dan ortiq zamonaviy bannerlar, shiorlar va Davlat ramzlari bilan bezatildi.

💎 Tizimda Kasaba uyushmasi, Xotin-qizlar guruhi, Yoshlar va Nuroniylar guruhlari o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish tashkil qilib xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy o‘sishlariga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

💎 Maqsadimiz xodimlarimizni ayniqsa, yoshlarimizni ma'naviyatli va ma'rifaatli bo'lishlariga o'z hissamizni qo'shishdir.

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi
kasaba uyushmasi raisi I.Sarimsaqov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#маънавиятвамаърифат #Mustaqillik

Bayram muborak do‘stlar!

🇺🇿Bugun Jonajon O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlarining kengaytirilgan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🟢 Unda Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiev tomonidan zoom platformasi orqali To‘raqo‘rg‘on tumani filiali kadastr muhandisi A.Ashirov va Yangi Namangan tumani filiali yetakchi mutaxassisi I.Usmanovlar Palataning “Faxriy yorliq”g‘i va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🟢 Shundan so‘ng Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilov va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaevlar Mustaqillik bayramining 33 yillik shonli sanasi, chinakam umumxalq bayrami bilan yig‘ilganlarini samimiy tabrikladilar.

🟢Xodimlaridan 42 nafariga mehnatda erishgan alohida yutuqlari, aholi va tadbirkorlarga sifatli va tezkor ko‘rsatayotgan xizmatlari hamda jamoatchilik ishlaridagi faolligi uchun “Tashakkurnoma” ni tantanali ravishda topshirdilar.

🟢 Viloyat kadastr tizimi xodimlari bayramni ko‘tarinki kayfiyat bilan bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilib, yaxshi natijalar bilan ko‘tarinki kayfiyatda kutib olmoqdalar.

🇺🇿Go‘zal Vatanimiz Mustaqilligining 33 yilligi muborak bo‘lsin aziz vatandoshlar! Barchangizga baxt va omad yor bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi #маънавиятвамаърифат

Rahbar va yoshlar uchrashuvi qiziqarli o‘tdi


Bugun 🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar bilan boshqarma boshlig‘I M.Tursunbayevning “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi Muhtaram Prezidentimizning joriy yilning 28-iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan video selektor yig‘ilishida tashkilotlar rahbarlarga, tizimdagi yosh xodimlar bilan uchrashish, ularning taklif va tashabbuslarini o‘rganish hamda muammolarini hal etish bo‘yicha belgilab berilgan topshiriqni bajarishdan iborat edi.

Shu munosabat bilan boshqarma boshlig‘i M.Tursunbayev viloyat kadastr tizimida faoliyat yuritib kelayotgan 30 dan ziyod yoshlar bilan uchrashdi va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, taklif va muammolarini o‘rgandi hamda soha kelajagi uchun manfaatli bo‘ladigan loyiha va g‘oyalarni qo‘llab quvvatladi.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim #маънавиятвамаърифат

🌟Kadastr agentligi hamda 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari barcha yurtdoshlarimizni 21-Oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

💎"QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!"

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #маънавиятвамаърифат

🇺🇿Davlatimiz bayrog‘i bizning g‘ururimiz!

🇺🇿Bugun 🌟Kadastr agentligi va 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🇺🇿Tadbirni Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev kirish so‘zi bilan ochdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi. Barcha kadastr xodimlari unga jo‘r bo‘ldilar.

🇺🇿Shundan so‘ng viloyat boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayevning “Davlatimiz bayrog‘i bizlarni g‘alabalar sari undaydi” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

🇺🇿Yig‘ilishda so‘z olgan Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov Davlat bayrog‘ining qabul qilinish tarixi, bayroq qadim-qadimdan har bir xalqning mustaqillik, ozodlik, tinchlik va barqarorlik timsoli bo‘lib kelganligi, bayrog‘imizdagi har bir rang, har bir belgi o‘ziga xos ma’noga egaligi haqida to‘lqinlanib gapirdi.

🇺🇿Bayram tadbiri yuqori saviyada, qiziqarli va tantanali ravishda o‘tdi.

🇺🇿Davlatimiz bayrog‘i bizning g‘ururimiz! U mustaqilligimiz ramzi, xalqimizning kuch-qudratni, tinchlik va barqarorlikka intilishini, o‘zida aks ettiradi.

🇺🇿Hurmatli hamyurtlar va hamkasblar! 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun barchamizga muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM