#er nazorati
🔼 Mingbuloqning minglab gektar yerlari nazoratda.
✔️ Avval xabar berganimizday Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati va yer maydonlarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.
✔️ Bugun Kadastr agentligi Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari faoliyati bilan tanishamiz. Tuman inspektorlari tadbirlarida asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, avtomobil yo‘llar atrofidagi va qishloq aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratmoqdalar.
‼️ Masalan, Kuchaytirilgan yer nazorati tadbirlari davomida Mingbuloq tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan quyidagilar aniqlandi:
- Tumanning Istiqbol massivi “Damko‘l” MFY hududida fuqaro M.X. tomonidan avtomobil yo‘lining muhofaza qismida 150 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan bino qurilishi boshlangan.
- Tumanning Gulbog‘ massivi “Qorashahar” MFY hududida qishloqning asosiy ko‘chasi piyodalar yo‘lakchasiga fuqaro N.Yo. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 24 kv. metr yer maydonga savdo shoxobchasi o‘rnatib olgan.
- Tumanning Istiqbol massivi “Mulkobod” MFY hududida ko‘chaning muhofaza qismiga fuqaro M.R. tomonidan huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 72 kv. metr yer maydonga yopiq qurilma qurgan.
- Tumanning Istiqbol massivi “Mulkobod” MFY hududidagi Yangi chek ko‘chasida fuqaro I.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 26 kv. metr yer maydonga qurilma qurib egallab olingan.
⁉️ Ushbu fuqarolarga Kadastr agentligi Mingbuloq tuman bo‘limi tomonidan o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar M.X., N.Yo., M.R. va I.A. o‘z hisoblaridan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi tegishli qismi bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
‼️ Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, aholi punktlaridagi yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.
✔️ Bizni kuzatib boring! Yer nazorati va yerlarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.
Matbuot xizmati.
- Tumanning Istiqbol massivi “Damko‘l” MFY hududida fuqaro M.X. tomonidan avtomobil yo‘lining muhofaza qismida 150 kv.metr yer maydoniga huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan bino qurilishi boshlangan.
- Tumanning Gulbog‘ massivi “Qorashahar” MFY hududida qishloqning asosiy ko‘chasi piyodalar yo‘lakchasiga fuqaro N.Yo. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 24 kv. metr yer maydonga savdo shoxobchasi o‘rnatib olgan.
- Tumanning Istiqbol massivi “Mulkobod” MFY hududida ko‘chaning muhofaza qismiga fuqaro M.R. tomonidan huquqiy hujjatlarsiz, o‘zboshimchalik bilan 72 kv. metr yer maydonga yopiq qurilma qurgan.
- Tumanning Istiqbol massivi “Mulkobod” MFY hududidagi Yangi chek ko‘chasida fuqaro I.A. tomonidan o‘zboshimchalik bilan 26 kv. metr yer maydonga qurilma qurib egallab olingan.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#er nazorati
🌐 Yer nazorati tadbirlarida qonun ustuvorligi taʼminlanmoqda.
✔️ Bosh prokuraturaning yer resurslari talon- toroj qilinishini oldi olish boshqarmasi hamda viloyat ishchi guruhi Namangan viloyatida yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni tashkil qilmoqdalar.
✔️ Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.
‼️ Masalan, Respublika ishchi guruhi tomonidan hududlarni dronlar yordamida o‘rganish natijasida, To‘raqo‘rg‘on tuman “Shaxand taraqqiyoti” massivi hududidan, huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan fuqaro I.I. tomonidan 0.1 gektar yer maydonini egallab, 200 kv.metr joyga oshxona binosi qurilganligi aniqlandi.
‼️ Respublika Ishchi guruh rahbari tomonidan fuqaro I.I. bilan suhbatlashib, o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirilgandan so‘ng, o‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqaro o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl xoliga qaytarilishini taʼminladi.
‼️ Yana bir misol, Respublika Ishchi guruhi hududlarni o‘rganish jarayonida Namangan tumani “Sherbuloq” massivi hududida fuqaro U.A. tomonida 0,35 gektar davlat zaxirasidagi yer maydonga noqonuniy ravishda molxona binosini qurganligini aniqladilar.
✔️ Respublika Ishchi guruhi tomonidan berilgan topshiriqqa asosan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari fuqaroga o‘zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish oqibatlari tushuntirildi va yozma ravishda ogohlantirildi. O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etishga kirishdi. Yer maydoni asl xoliga qaytarilishi nazoratga olindi.
⁉️ Respublika Ishchi guruhi tomonidan yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.
Matbuot xizmati.
Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM