NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Maqsadimiz halol ishlab korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik.

❗️Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning Kosonsoy tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazdilar.
💎 Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov xodimlarda korrupsiya illatining har qanday ko‘rinishiga murosasizlik hisini shakllantirish maqsadida, hayotda nafaqt bu jirkanch yo‘lni tanlagan kimsalarning, balki ularning yaqin qarindoshlarining ham ayanchli qismatlari haqida gapirdi. Aksincha, o‘z hayot yo‘lini halollik, to‘g‘ri so‘zlik, vatanparvarlik va mehnatsevarlikka baxshida etgan fidoyi insonlarning el-yurt va jamiyatimizda obro‘ eʼtiborga sazovor bo‘lganliklarini hayotiy misollar bilan yoritib berdi.
💎 Shundan so‘ng so‘zga chiqqan A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning keyingi yillarda Xalqmizda kadastr idoralari haqida shakllanayotgan ijobiy fikrga o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va xolis yondashuvlari bilan munosib hissa qo‘shishlari lozimligi haqida gapirdi.
💎 Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliglari, ularni murojaatlarini asossiz ravishda rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari lozimligi tushuntirildi. Sohada ayrim xodimlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar tahlil qilib berildi.
⁉️ Davra suhbati savol javoblarga boy, qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha yetarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилоятига келгач, янгидан очилиб, илк бор йирик ҳаво кемасини қабул қилган Қўқон аэропортидаги шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Ферганскую область и ознакомился с созданными условиями во вновь открывшемся аэропорту Коканда, который впервые принял крупный самолет.

#Mirziyoyev #safar #Fargona #aeroport

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish o‘ta muhim jarayon.

💎 Avval xabar berganimizday Davlatimiz rahbari tomonlaridan 2023 yilning 21 noyabrida “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” yig‘ilish o‘tqazilgan va unda kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarish uchun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida tezkor shtab va Ishchi guruh tashkil qilindi.

💎 Boshqarma boshlig‘i, Ishchi guruhi bilan tumanlarda yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish va ularni qisqa vaqtda davlat ro‘yxatidan o‘tqazish ishlarni o‘rganish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun tumanlarga chiqib joyida ish tashkil qilmoqdalar.

💎 Viloyatning barcha 14 ta tumanlarida tuman hokimliklari, xalq deputatlari tuman kengashi vakillari, kadastr xizmati, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari ishtirokida tuzilgan Ishchi guruhlar fermer xo‘jaliklariga, dehqon xo‘jaliklariga, bog‘larga chiqib joyida yer egalari bilan shartnomalar tuzmoqdalar.  

⁉️ Masalan Norin tumanini oladigan bo‘lsak, tumandagi jami 4296 ta yerdan foydalanuvchilarning 335 gektar yerga kadastr hujjatlari mavjud bo‘lib, ularni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish  2455 tasida yakunlandi yoki 58% ro‘yxatdan o‘tdi.

💎 Kuni kecha xalq deputatlari Norin tuman kengashi vakillari, kadastr xizmati, tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamkorlikda “To‘da” massivida joylashgan 54 ta yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Natijada kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 22 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi.

💎 Bugungi kunda fuqarolar va tadbirkorlar uchun o‘ta zarur bo‘lgan Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritish, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ishlar qizg‘in ketmoqda, natijalar har kun boshqarma boshlig‘i, viloyat Ishchi guruhi rahbari M.Tursunbayev tomonidan tanqidiy tahlil qilib borilmoqda.

💎 Maqsadimiz esa, muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va  sifatli bajarishdir.

 Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM