NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
953 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_hisobi #kadastr

Yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari jadal ketmoqda

🔹Xabaringiz bor Davlat rahbarimiz 2023-yilning 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida” gi yig‘ilish o‘tkazib, kadastr sohasiga ham bir qator vazifalarni belgilab bergan edilar. Shu yig‘ilishning bayonida keltirilgan vazifalarni ijrosini vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash uchun Namangan viloyati kadastr tizimida jadal ishlar ketmoqda.

🔹Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbayev boshchiligida viloyat Ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib topshiriqlarni joylarda bajarilishini tashkil qilish hamda muammoli masalalarda amaliy yordam berish uchun barcha 14 ta tuman filiallarining kunlik ishlar tahlil qilib borilmoqda. Fermerlar va dehqon xo‘jaliklariga, bog‘ egalari bilan uchrashib, shu joyning o‘zida shartnomalar tuzish ishlarini amalga oshirmoqdalar.   

🔹Masalan, bugunga qadar Namangan shahar filialida, xalq deputatlari shahar kengashi vakillari, qishloq xo‘jaligi bo‘limi mutaxassislari va boshqa mutasaddi idoralar vakillari bilan hamkorlikda, shahar atrofidagi “Sherbuloq”, “Bunyodkor”, “Orzu”, “Yuksalish” va “Semiztepa” massivlarida joylashgan 1455 nafar yerdan foydalanuvchilar bilan uchrashdilar va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni mazmun va mohiyatini tushuntirdilar. Kadastr hujjatlarda kamchiligi bo‘lmagan 470 nafar yer egalari bilan shu yerni o‘zida shartnomalar imzolandi. 

🔹Hozirgacha amalga oshirilgan ishlar natijasi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish rejalashtirilgan.

🔹Yerlarni hisobini to‘g‘ri yuritib, ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kabi dolzarb masala bo‘yicha Namangan viloyatining barcha tumanlarida ish tashkil qilinib, natijasi kunlik tahlil qilib borilmoqda.

🔹Maqsadimiz muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni viloyatimizda vaqtida va sifatli bajarishdir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев бюджет маблағларидан фойдаланилиши устидан молиявий назоратни кучайтириш бўйича таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по усилению финансового контроля за расходованием бюджетных средств.

#Mirziyoyev #taqdimot #byudjet #nazorat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yer_nazorati

A-373 avtomagistrali chetlari tartibga keltirilmoqda


🔹Bugun, ayni damda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasining 1-Ishchi guruhi Toshkent-Namangan A-373 hamda 4R-112 avtomagistrali yo‘llarning muhofaza zonasiga qurilgan noqonuniy inshootlarni bartaraf qilish ishlarni davom ettirmoqda.

🔹Avtomobillar 100 km/soatdan ortiq tezlikda harakatlanadigan serqatnov A-373 va 4R-112 avtomobil yo‘llari yoqasida noqonuniy qurilgan har xil qurilmalar haydovchilarga ham, piyodalarga ham noqulaylik tug‘dirilgani aniq.

🔹Masalan, Pop tumandan o‘tuvchi 4R-112 avtomagistralning 4-5 kilometr oralig‘ida yo‘l infratuzilmasiga yaqin joyga fuqaro J.D. tomonidan 250 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan va 110 kv. metr yerda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan. Yana bir misol fuqaro F.R. tomonidan yo‘lning qarama qarshi tomonida 210 kv. metr yerga o‘zboshimchalik bilan savdo shoxobchasi qurgan. Ularga Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan bu ishning oqibati tushuntirilgandan so‘ng, ular huquqbuzarlik oqibatlarini o‘z ixtiyorlari bilan bartaraf qildilar. Fuqarolarga nisbatan MJtKning 60- moddasi 3- qismi bo‘yicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔹Tadbirlarda asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarni aniqlash va qonuniy chora ko‘rishga qaratilmoqda.

🔹Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Sizlardan ruxsatsiz noqonuniy qurilish qilmaslikni, avtomobil yo‘llari chetlarini, yer maydonlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olmasliklaringizni so‘rab qolamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook