NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Yoshlar_ygk2020
Ayni damda Davyergeodezkadastr qo’mitasi raisi A. Abdullayev hududiy boshqarma, korxona va tashkilotlarning faol yoshlari bilan ochiq muloqoti boshlandi.
Forwarded from Kadastr - Live
#Yoshlar_ygk2020
2020 yil — «Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili» deb e'lon qilindi. Sohamizda bu yil ko'p yutuqlarga erishishda yoshlarimizning o'rni katta.

Qo'mita raisi A.Abdullayev.
Президент Шавкат Мирзиёев Қарши шаҳридаги Ёшлар марказида бўлиб, шароитларни кўздан кечирди. Шу ерда қашқадарёлик ёшлар билан учрашув ўтказилди.
Учрашувда ёшлар муаммоларини ҳал қилиш, бандлигини таъминлаш, бўш вақтини мазмунли ташкил этиш бўйича очиқ мулоқот бўлди. Турли соҳаларда ўқиётган ва ишлаётган йигит-қизларнинг фикрлари эшитилди. Таклифлари маъқулланиб, мутасаддиларга тегишли топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центр молодежи в городе Карши и осмотрел созданные в нем условия. Здесь состоялась встреча с представителями подрастающего поколения кашкадарьинцев.
Состоялась открытая беседа о беспокоящих молодых людей вопросах, включая обеспечение их занятости и содержательного досуга. Заслушаны мнения учащихся и трудящихся в различных сферах юношей и девушек. Ответственным лицам даны поручения по прозвучавшим на встрече предложениям.

#Mirziyoyev #safar #Qashqadaryo #yoshlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Yoshlar #Yer_uchastkalari #Huquqiy_asoslar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 aprel sanasidagi PQ-5088 son qaroriga asosan:

Yoshlar sanoat zonalari hududida maydoni 1000 m² gacha bo‘lgan yer uchastkalari, istisno tariqasida, elektron auksion savdosi o‘tkazmasdan, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan ajratiladi. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar (davlat ko‘chmas mulk obyektlari) shartnoma asosida har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.
Forwarded from Kadastr - Live
#yoshlar_kuni #bayram #kadastr

Мамлакатимизда ёшларни Ватанга садоқат, миллий қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш, маънавий етук ва жисмонан соғлом баркамол авлодни вояга етказиш, уларнинг манфаатларини ҳимоя қилиш борасида муҳтарам юртбошимиз бошчилигида кенг кўламли ишлар амалга оширилмоқда.

Ёшлар билан ишлаш тизимини тубдан такомиллаштириш мақсадида қабул қилинган “Ёшларга оид давлат сиёсати тўғрисида”ги Қонун ва муҳтарам Юртбошимиз ташаббуси билан ҳар йили 30-июн кунини “Ёшлар куни” деб эълон қилиниши бунинг амалдаги яққол исботидир.

Республикамиз ёшлари Сизлардан янада фаол, ташаббускор бўлишингизни, назарий ва амалий билимларингизни Ватанимиз юксалиши учун сафарбар этишингизни сўраймиз.

“Ёшлар куни” байрамингиз билан Кадастр агентлиги жамоаси номидан Сизларни табриклаймиз.
#Yoshlar #Yer_uchastkalari #Huquqiy_asoslar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 21 aprel sanasidagi PQ-5088 son qaroriga asosan:

Yoshlar sanoat zonalari hududida maydoni 1000 m² gacha bo‘lgan yer uchastkalari, istisno tariqasida, elektron auksion savdosi o‘tkazmasdan, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarori bilan ajratiladi. Bunda, bo‘sh bino va inshootlar (davlat ko‘chmas mulk obyektlari) shartnoma asosida har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun belgilanadigan ijara to‘lovining eng kam miqdoridan oshmagan stavkalarida ijaraga beriladi.
🔸Uy-joy uchun yosh yetakchilarga subsidiya beriladi🔸

🔶Yoshlar yetakchisiga ipoteka krediti asosida sotib olinadigan uy-joy uchun subsidiya beriladi.

🔶Prezidentning joriy yil 19 yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy etilayotgan Yoshlar yetakchisi lavozimiga yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega, yoshlarni ergashtira oladigan, shaxsiy fazilatlari bilan namuna ko‘rsatgan, fidoyi, sadoqatli va vatanparvar nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi.

🔶Boshqa hududlardan kelib o‘z faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravarigacha bo‘lgan miqdorda turar joy ijara to‘lovi qoplab beriladi va ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida subsidiya beriladi.

#DavKadastrPalata #yoshlar #subsidiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
🔹Davlat kadastrlari palatasi yoshlari🔹

🗓 Bugun yurtimizda yoshlar kuni!

🌱 Davlat kadastrlari palatasining markaziy apparati hamda 14 hudud boshqarmalarida jami 6 mingdan oshiq xodimlar faoliyat yuritsa, ularning 2 120 nafari 30 yoshgacha bo‘lgan yosh mutahassislarni tashkil etadi.

🌱 Tizimda bugungi kunda yoshlar bilan ishlash, ularni rahbar lavozimlariga tayinlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Qayd etish muhimki, 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar orasidan filial rahbarlari, bo‘lim boshliqlari lavozimlariga tayinlanganlar ham borligi ularga bo‘lgan ishonchni orttiradi. Ustoz-shogird an’anasida sohaning barcha sir-asrorlarini o‘rganib, tizimni yaxshi mutaxassisi bo‘lib yetishayotgan yoshlar uchun sharoitlar yaratilgan.

Yoshlar – bugun va kelajakning katta kuchidir!

#DavKadastrPalata #yoshlar_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#kadastr #elon #yoshlar #stajirovka

🎉 ⭐️Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

➡️Faoliyat yo‘nalishi:
😄 yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

➡️Rasmiy talablar:

😄 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
😄oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

➡️ Shuningdek:
😄O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
😄belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.;

➡️ Mehnat sharoiti:

😄 Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
💰 bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda;

➡️ Murojaat muddati va manzil:
😄 nomzodlar muntazam ravishda belgilangan namunadagi ariza, ma’lumotnoma-ob’ektivka, pasport va diplom nusxasini 🌟 Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65).
Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#маънавиятвамаърифат #yoshlar

Yoshlar va rahbar uchrashuvi qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari binosida boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Farruxbek Mirzabaev bilan amaliyot o‘tash uchun kelgan Namangan muhandislik qurilish institutining 60 nafardan ortiq talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirda F.Mirzabaev yosh talabalarga zamonaviy kadastr tizimidagi yangiliklar, uning imkoniyatlarini tushuntirib, ular e’tiborini, amaliyot o‘tash jarayonini tashkil qilish, talabalarni malakali xodimlarga biriktirish, mehnat muhofazasi qoidalariga amal qilish, ijro intizomiga rioya qilish, kabi masalalarga qaratdi.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yoshlar

Yoshlar uchun yana bir g‘amxo‘rlik

“Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish tizimi samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi:

🔹yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish;

🔹xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari, ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash;

🔹xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish;

🔹yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar

Biz yoshlarga yaratilgan sharoitlardan minnatdormiz!

🔹Xabaringiz bor 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi hamda, O‘zbekiston yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

🔹Unda yoshlarni o‘qishi, ishlashi va sport bilan shug‘ullanishi uchun amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va kelgusida yoshlarga yaratiladigan sharoitlar bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

🔹Bizning Namangan viloyati kadastr tizimida xodimlarning 32 foizini yoshlarni tashkil qiladi. Ularga o‘qishlari, ishlashlari va jamoat ishlarida faol qatnashishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

🔹Shu haqida Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi Yerlarni auksionga chiqarish sho‘basi boshlig‘i Muxiddinov Ulug‘bek Javlon o‘g‘li intervyusida.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yoshlar

Bilasizmi?

❗️Qonunchilikka ko‘ra, yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan
yoshlar "Temir daftar", "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari"dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi. Batafsil (https://lex.uz/docs/6867721)

Matbuot xizmati.
#yoshlar

💎 Yosh kadastrchilar xalqmiz xizmatida.

✔️ Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman filiali tomonidan aholi va tadbirkorlarning murojaatlarini joyida o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Chortoq tuman hokimligi va tuman Xalq qabulxonasidan hamda bevosita filialga  qabul kelgan fuqarolar murojaatlari, joyiga chiqib “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✔️ Tumandagi mavjud 57 ta MFY larini hammasiga kadastr xodimlari biriktirilgan bo‘lib, ular mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ish olib bormoqdalar.

🔼Chortoq filialiga joriy yilning 6  oyi davomida jami 540 ta murojaatlar kelib tushgan.  Barcha murojaatlar rahbarlar va mutaxassislar tomonidan joyida, xonadonlariga borib o‘rganildi. Ulardan 352 tasi yoki 64% da masala ijobiy hal qilindi va 171 tasiga huquqiy tushunchalar berildi hamda 17 ta murojaatni o‘rganish jarayoni davom etmoqda.  

 ✔️ Birgina misol, yosh mutaxassis Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman filiali kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi kadastr muhandisi Abdullajanov Azizbek Isroiljon o‘g‘li o‘ziga biriktirilgan “Keskanyor” “Laskidon” “A.Navoiy” “Zafar Diyor” va “Yuksalish” MFY da 45 nafardan ortiq fuqarolar bilan uchrashib kadastr masalasida, yer hisobi va yerlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish masalalari bo‘yicha qilgan murojaatlarini ijobiy hal qildi.
✔️ Yosh bo‘lsada mahalla ahlining hurmatiga sazovor bo‘lib duo olayotgan Azizbek Abdullajanovga omadlar tilaymiz!  

Matbuot xizmati.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar

Talaba yoshlar uchun yoshlar sayli tashil etildi

Bugun Namangan shahridagi “Uch favvora xiyoboni”da tashkil etilgan “Men tanlagan kasb” mavzusidagi yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yoshlar saylida 🌟Kadastr agentligi hamda 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari ham tuman filiali bosh muhandisi, yer hisobi mutaxassisi, kadastr muhandisi kabi yo‘nalishlarda 15 ta bo'sh ish o'rinlari bilan ishtirok etdilar. Kadastr xizmati povilyoniga 50 dan ortiq yoshlar qishiqish bildirdilar va soha mutaxassislari yoshlarning savollariga javob berdilar.

Ko‘rgazmaning Kadastr xizmati povilyoniga Viloyat hokimi Sh.Abdurazzoqov tashrif buyurib, yoshlarga kelajakda kasb tanlashlari uchun yaratilgan imkoniyatlarga yaxshi baho berdi.

Iqtidorli yoshlarni kashf qilish va kelajakda munosib kasb tanlashiga ko'maklashish, shuningdek zamon talabiga javob beradigan sifatli kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan yoshlar saylida faoliyatini namunali olib borayotganligi uchun Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi kadrlar masalalari bo'yicha bosh mutaxassis M.Xojiyev tashkilotchilarning tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM