NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#yer_kuni #soha_a_lochisi #tabrik

MUKOFOT MUBORAK!

🌍Bugun Kadastr agentligi direktori F.J.Pulatov boshchiliklarida 22 aprel – “Butunjahon Yer kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda kadastr sohasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan xodimlar sohaning “Soha aʼlochisi” va “Soha iftixori” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

🔹Taqdirlanganlar qatorida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘limi yetakchi inspektori Jobirxon Maxmudov ham “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani quvonarli hodisa bo‘ldi.

🔹Biz ham ko‘p sonli hamkasblari nomidan Jobirxon Maxmudovni sohaning yuksak mukofoti bilan samimiy tabriklaymiz. Sihat salomatlik, faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz! Mukofot muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Soha aʼlochisi" hamda "Soha iftixori" koʻkrak nishonlari o‘z egalariga topshirildi

😎Bugun, 22-aprel "Butunjahon yer kuni" munosabati bilan 🌟Kadastr agentligi tizimida uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib, sohada o‘zining o‘chmas izini qoldirib kelayotgan hamda faoliyati davomida mehnatsevarligi va jonkuyarligi bilan alohida ajralib turgan 5 nafar xodim “Soha iftixori”, 23 nafari esa “Soha aʼlochisi” ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.

💐Kadastr agentligi jamoasi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan hamkasblarini muborakbod etadi. Kelgusidagi ishlariga rivoj va zafarlar tilab qoladi.

Ma'lumot uchun: Ushbu koʻkrak nishonlar vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, barkamol, mustaqil fikrlaydigan, o‘zining hayotiy pozitsiyasiga ega, faoliyatda munosib o‘rin egallagan, sohaning har qanday jarayonlarida hal qiluvchi kuch va tayanch bo‘lishga qodir bo‘lgan, Vatanimiz va soha obro‘si, shon-shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan soha xodimlariga berilishi ko'zda tutilgan.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_kuni #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

Bo‘lg‘usi yosh kadastrchilar bilan qiziqarli uchrashuvlar


🌍 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tizimida Namangan Muhandislik-qurilish institutining Qurilish fakulteti bilan hamkorlikda 22-aprel – Butunjahon Yer kuni bayrami yuqori saviyada nishonlandi.

🔹Institut binosida tashkil qilingan bayramona tadbir avvalida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B. Pazilovning Namangan Muhandislik-qurilish institut Qurilish fakulteti rahbariyati bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

🔹Shundan so‘ng soha mutaxassislari, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari, Namangan muhandislik-qurilish institut Qurilish fakulteti ustozlari M.Mansurov, S.Razzaqovlar, kafedra mudirlari va 110 nafardan ortiq talabalar qatnashgan bayramona tadbir boshlandi.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_kuni #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

🌍Bugun “22-aprel Butunjahon yer kuni” munosabati bilan Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari hamda Namangan Muhandislik-qurilish institutining Qurilish fakulteti bilan hamkorlikda bo'lib o'tgan tadbirlardan videolavhalar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi

Institut Qurilish fakultetida Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Bahromjon Fozilov boshchiligidagi mutasaddilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzaro muloqot davomida boshqarma boshligʻi oʻzi ham shu fakultet bitiruvchisi ekanligini taʼkidlab, institut bilan yaqindan hamkorlik ustuvor yoʻnalish sifatida koʻrilayotganini qayd etib oʻtdi. Talabalar amaliyoti va ishga joylashuvi masalasida oʻz takliflarini bildirdi.

Qurilish fakulteti dekani Muxtorjon Mansurov boshqarma vakillariga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Oʻzaro aloqalarni yanada mustahkalash borasidagi fikr-mulohazalarini aytib oʻtdi.

Uchrashuv yakunida boshqarma vakillariga institut nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Institut Qurilish fakultetida 22-aprel — “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan “Yer bizning yagona uyimiz” shiori ostidagi tadbir boʻlib oʻtdi

Tadbir avvalida zamonaviy yer oʻlchov jihozlari koʻrgazmasi tashkil etildi, sohada qoʻllanayotgan dronlar namoyish etildi, tizim haqida talabalarga batafsil maʼlumot berildi.

Shundan soʻng Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Bahromjon Fozilov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Mutasaddi professor-oʻqituvchilar va talabalarni “Butunjahon yer kuni” bilan qutlab, ushbu sana tarixi va bugungi kunda tizimda yuz berayotgan oʻzgarishlar haqida hikoya qildi.

Tadbir davomida yer, hududlar va kadastr tizimiga oid qiziqarli savollardan iborat viktorina boʻlib oʻtdi. Uning gʻoliblariga boshqarmaning esdalik sovgʻalari topshirildi.

NamMQI media markazi