NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiy_maʼrifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati bo'lib o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O'quv soatidan so'ng, boshqarmaning jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi Sh.Toshtemirov joriy yilning 22-aprel kuni soat 11:00 da Namangan Muhandislik Qurilish instituti 7-o'quv binosida “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan "Yer bizning yagona uyimiz" shiori ostida bo'lib o'tadigan tadbir haqida ma'lumot berdi.

🔹Tadbirda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov kun tartibidagi masalalar bo'yicha o‘z fikrini bildirdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌱 “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetida “22-aprel Butunjahon yer kuni” munosabati bilan talaba yoshlar uchun bir qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

🌟Kadastr agentligi, Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti hamkorligi yoshlar orasidan iqtidorlilarini tanlab olish, kelajakda ish bilan ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi, ko‘ngil ochar tadbirlar, soha rahbarlari hamda universitet professorlari tomonidan konferensiyalar o‘tkazildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_kuni #rahbar_va_yoshlar_uchrashuvi

📣 DIQQAT, EʼLON 📣

🔹 Joriy yilning 22-aprel kuni soat 11:00 da Namangan Muhandislik Qurilish instituti 7-o'quv binosida “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan "Yer bizning yagona uyimiz" shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tadi.

🔹Unda viloyat Kadastr tizimi rahbarlari, mutaxassislari hamda talaba yoshlar ishtirok etadilar.

🔹Tadbirda rahbar va yoshlar uchrashuvi, zamonaviy yer o'lchov asboblari ko'rgazmasi namoyish etiladi, qiziqarli viktorinalar tashkil qilinadi hamda mutaxassislar sohaga doir ma'lumot beradilar.

🔹Ushbu tadbirga barcha yoshlarni hamda sohaga qiziquvchilarni taklif qilamiz.

Manzil: Namangan viloyati, Uychi tumani.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#seminar #toponimika

Geografik obyekt nomlari bo'yicha seminar o'tkazildi

🔹Bugun Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tuman hokimligida “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi MFY raislari uchun seminar o'tkazildi.

🔹Unda Tuman hokimining maslahatchisi H.Mahmudova, Davlat kadastrlari palatasining Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, DKPning viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdilar.

🔹Seminarda ko'chalarni toifalarga ajratish, nomsiz ko'chalarni nomlash, shuningdek, ko‘cha peshlavhalariga qo‘yiladigan talablar, xonadonlarning raqamlanishi yuzasidan tushunchalar berildi.

🔹Ko‘chalarni elektron xaritalarini shakllantirish, yagona manzillar reyestrini yaratish orqali aholiga ko‘rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar: tez tibbiy yordam, favqulodda vaziyatlarda manzilni topish va aniq belgilash uchun asos bo‘lishi taʼkidlandi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar #toponimika

Namangan viloyatida nomsiz ko'chalar qolmaydi


🔹Namangan viloyatidagi mavjud ko'chalarni xatlovdan o'tkazish, nomsiz ko'chalarni aniqlash, nomlari tegishlicha qarorlar bilan tasdiqlangan ko'cha nomlarini elektron xaritalarini Geonames.uz axborot portalidagi ma'lumotlar bilan integratsiya qilish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔹Hozirgi vaqtga qadar To'raqo'rg'on, Yangiqo'rg'on, Kosonsoy, Norin, Namangan, Chortoq va Chust tumanlarida bu boradagi ishlar yakunlandi.

🔹Bugungi kun holatiga davlat reyestiriga 7 453 ta ko'cha nomlari Namangan viloyatidan ro'yxatdan o'tkazilgan.

🔹To'raqo'rg'on tuman hokimligida shu mavzuda tumandagi MFY raislari uchun seminar o'tkazildi.

🔹Unda Tuman hokimining maslahatchisi H.Mahmudova, Davlat kadastrlari palatasining Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, DKPning viloyat boshqarmasi mas'ullari ishtirok etdilar.


Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#yer_kuni #tabrik #kadastr

🌍22 aprel – Butunjahon Yer kuni

TABRIKNOMA

Hurmatli hamyurtlar, aziz hamkasblar!

🔹Bugun 22 aprel – Butunjahon Yer kuni bayramini nishonlamoqdamiz. Ushbu bayram Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 63-sessiyasida 2009-yil 22-aprel kuni qabul qilingan rezolyutsiyasi bilan ta’sis etilgan, va 2010-yil 22-aprel kunidan boshlab  nishonlanmoqda.

🔹Birlashgan Millatlar Tashkilotining har yilning 22- aprel kuni dunyoda “Butunjahon Yer kuni” xalqaro bayram sifatidan nishonlashdan maqsadi, sayyoramiz hamda uning ekotizimi, biologik xilma-xilligi, tabiati bilan unda umrguzaronlik qilib kelayotgan bashariyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlari orasida adolatli muvozanat bo‘lishi kerakligini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, odamzod va sayyora o‘zaro uzviy hamohanglikda yashashining ahamiyatini har bir shaxs ongiga yetkazishdir.

👉BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟 Кадастр агентлиги томонидан ер ва кадастр назорати йўналишида амалга оширилаётган ишлар.

🇺🇿 АОКАда Кадастр агентлиги раҳбарияти иштирокида шу мавзуда матбуот анжуман бошланди.

🟢Жонли эфирни Узрепорт ТВ, Ўзбекистон телеканали ҳамда қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин.

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM