NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
NAMANGAN KADASTR
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿 Ayni dam, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. ◼️ Ma’lumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy…
◼️Yig‘ilishda “Muruvvat” uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

◼️ 1-oktabrdan aholiga ko‘rsatiladigan barcha ijtimoiy yordamlarni “ijtimoiy karta” orqali moliyalashtirishni joriy etiladi.

◼️ O‘zbekiston 2021-yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilgani tarixiy voqea bo‘ldi va undagi majburiyatlarni bajarish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

◼️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga olgan korxona va tashkilotlar uchun bir qator imtiyozlar yaratilgan. Lekin, 500 mingdan ortiq korxona va tashkilotning bor-yo‘g‘i 43 mingtasida nogironligi bo‘lgan shaxslar ishlaydi.

◼️ Yig‘ilishda protez ishlab chiqarish 90-yillar texnologiyasiga asoslangani, ularni haqiqiy muhtojlarga yetkazib berish tizimi ham to‘g‘ri tashkil etilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

◼️ Tumanlardagi davolash o‘rinlarining 5 foizi nogironligi bo‘lganlarni reabilitatsiya qilishga ajratilishi, tuman markaziy shifoxonalarida tibbiy reabilitatsiya xonalari tashkil etilishi belgilandi.

◼️ Shuningdek, bino va inshootlarni qurish loyihaci nogironligi bo‘lganlar uchun qulay muhit yaratilganligi bo‘yicha ham majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan sayyohlar uchun qulay infratuzilma yaratish bo‘yicha “to‘siqsiz turizm” dasturi tasdiqlangan.

◼️Xodimlarining 50 foizida nogironlik bo‘lgan tadbirkorlarga davlat buyurtmachilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish imkoniyati beriladi.

◼️ Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida monomarkazlarda nogironligi bo‘lganlar ta’lim olishi uchun qulay muhit va zarur infratuzilmani yaratib, ularga stipendiya to‘lash tartibini joriy qilish topshirildi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Audio
#OAV_biz_haqimizda

🔴 Jonli efirda - Kadastr yangiliklari

🇺🇿Prezidentimiz raisligida 2023-yil 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari” yuzasidan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlarning Namangan viloyatidagi ijrosi, bugungi kundagi kadastr sohasidagi yangiliklar, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida Namangan teleradiokompaniyasining FM 103.6 "Oltin Zamin" radiosida jonli efirda suhbat bo'lib o'tdi.

🔹Ushbu suhbatda Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha bosh mutaxassisi - Shamsiddin Toshtemirov yuqoridagi mavzular yuzasida ma'lumotlar berdi va sohaga oid fuqarolar, tadbirkorlar hamda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Yer nazorati tadbirlarini amalga oshirish uchun Kadastr xodimlariga planshetlar beriladi

🔹Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PF–6061-son Farmoniga muvofiq ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini taʼminlashga va yеr uchastkalarining o‘zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan samarali yеr nazoratini amalga oshirish maqsadida Kadastr agentligi, Bosh prokuratura hamda O‘zbekkosmos agentligi hamkorligida “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushirilishi munosabati bilan ZOOM orqali taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Tadbirni Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari M.Mirmaqsudov ochib, yangi “E-YER NAZORAT” avtomatlashtirilgan axborot tizimining imkoniyatlari, texnik parametrlari va raqamlashtirish natijasida erishiladigan qulayliklar haqida Respublika va viloyatlar OAV vakillariga ma’lumot berdi.

🔹Namangan studiyasidan ham viloyatning yirik OAV dan “Namangan haqiqati”, “Наманганская правда”, UZA viloyat muxbiri, “Vodiydan xabarlar”, “Namangan 24” kabi nashrlarning vakillari qatnashdilar.

🔹Yig‘ilish yakunida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Mirzabaev viloyat OAV vakillarining savollariga javob berdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 🎤🎤🎤🎤

🌟 Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🌟Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida 🌟Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti "O'zbekiston 24" telekanalining informatsion dasturida.

#OAV_biz_haqimizda #kadastr_agentligi #taqdimot #e_yer_nazorat_aat

📩 Telegram | 📩 Instagram | 📩YouTube | 📩 Facebook | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Yer resurslaridan foydalanish tartibga solinadi

🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2023-yil 21-noyabrda “Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlarining sifatini yaxshilash masalalari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi asosida parlamentning “Respublikamizda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holatini o‘rganish, bu borada mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat qilish samaradorligini yanada oshirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi.

👉BATAFSIL Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Nasritdinov Axad Akmalovichning maqolasida tanishing.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-ma’rifat soat - muhim tadbir

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-ma’rifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasining sho‘ba boshlig‘i, ma’naviyat va ma’rifat kengashi a’zosi I.Sarimsaqov so‘zga chiqib, boshqarmalarda 2024-yil uchun tasdiqlangan Ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga asosan «O‘zbekiston-2030» strategiyasining mazmun mohiyati bilan tanishtirdi.

🔹Yig‘ilishda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov strategiyani o‘rganishdan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni tarbiyalash va o‘z ustida ishlashi, ko‘proq kitob o‘qishni targ‘ib qilishadan iborat ekanligini uqtirib o‘tdi.

Siyosiy-ma’rifat soati jonli va qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#sayyor_qabul

DIQQAT DIQQAT!

Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

🔷 Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Nasritdinov Axad Akmalovichning Davlatobod tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘ladi.

🔷 Vaqti:  28-fevral 2024-yil soat 10-00 da boshlanadi.

🔷 Manzili: Namangan shahri, Davlatobod tumani, "Orzu" MFY binosi.

🔷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar! Kadastr masalasiga oid savollar va takliflar bo‘lsa biz Siz bilan birgalikda ishlashga va masalalarni yechishga tayyormiz!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi Kadastr inspektorlari maxsus Planshet va Body kamera bilan ishlaydi.

Kadastr inspektorlari korrupsiyaga qo‘l urolmaydi, chunki Planshet va Body kamera hammasini nazorat qiladi.

Kadastr agentligi tomonidan "E-yer nazorat" AAT dasturi ishlab chiqildi. Unda yer qonunbuzarlik holatlar kosmik syemkalar orqali nazorat qilinadi.

Qonun buzarlik aniqlanib bartaraf etilmagungacha bo‘lgan jarayon ortiqcha qog‘ozlarsiz dasturda yuritiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Tursunbayev Muzaffar Akramjon o'g'li - Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Muzaffar Akramjon o'g'li - 1989-yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar, Namangan shahar hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

#DavKadastrPalata #tashkiliy_masalalar #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Kadastr agentligida "E-yer nazorat" AAT dasturining taqdimoti bo'lib o'tdi.

🔹Kadastr agentligi hamda tizim tashkilotlarida Ommaviy axborot vositalari xodimlari va mustaqil blogerlar ishtirokida Kadastr agentligi tomonidan yuritiladigan yer va kadastr nazoratida shaffof mexanizmni shakillantirish maqsadida ishlab chiqilgan "E-yer nazorat" AAT dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tgan edi.

🔹Unda Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasidan ham mutasaddidilar hamda OAV vakillari ishtirok etgandilar.

🔹Ushbu taqdimot tafsilotlari Namangan viloyati hokimligining "Namangan haqiqati" gazetasining 24-fevral kungi 15-sonida "Yerning har qarichi aerokosmik nazoratda" sarlavhali maqola bilan chop etildi.

🔹Bundan tashqari, "Namangan haqiqatni" gazetasining rasmiy sayti hamda telegram kanalida ushbu maqolaning kengaytirilgan elektron shakli bilan ham tanishish mumkin.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook