NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiymarifatsoati

Siyosiy-maʼrifat soati qiziqarli o‘tdi

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalarida 2024- “Yoshlar va biznesni qo‘llab quvvatlash yil”da viloyat kadastr tizimida maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatni tashkil etish bo‘yicha Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Mirzabaev  boshchiligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. U eʼtiborni hozirda dolzarb masala bo‘lgan ijro intizomiga rioya qilish, boshqarmada jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish bo‘yicha ishlarni yana-da yaxshilashga qaratdi.

🔹Tadbirda boshqarmaning sho‘ba boshlig‘i, maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov so‘zga chiqib, boshqarmalarda 2024-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat bilan bog‘liq "Yo‘l xaritasi" loyihasi bilan tanishtirdi, shuningdek, tashkilotda yil davomida o‘tkaziladigan "Maʼnaviyat soati" rejasi loyihasi va unda tavsiya etilgan mavzular bilan yig‘ilganlarni tanishtirdi.

🔹O‘quv rejasi mavzusiga Yuritimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga doir meʼyoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, diniy eʼtiqod va insoniylik, sog‘lom turmush tarzi, odob-axloq masalalari, milliy g‘oya va mafkura, huquqiy savodxonlik va boshqa mavzular kiritilganligi taʼkidlab o‘tildi.

🔹Yig‘ilishda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi - boshqarma maʼnaviyat va maʼrifat kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni jonlantirishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish, korrupsiyaning oldini olish, yoshlarni davlat xizmatchisi sifatida vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni o‘zida shakllantirish va ishda o‘rnak bo‘lishi hamda o‘z ustida ishlashi, ko‘proq kitob o‘qishni targ‘ib qilishdan iborat ekanligini uqtirib o‘tdi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#siyosiymaʼrifatsoati

Siyosiy-maʼrifat soati – jamoani birlashtiruvchi muhim tadbir.

🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹Tadbirda so‘z olgan Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga ahamiyat berishdan asosiy maqsad soha xodimlarining siyosiy va huquqiy ongini oshirish,  korrupsiyaning oldini olish, yoshlarni vatanparvarlik, o‘z yurtiga, kasbiga  sadoqatli bo‘lish kabi fazilatlarni tarbiyalash hamda o‘z ustida ishlashlari, ko‘proq kitob o‘qishlarini targ‘ib qilish zarurligini uqtirib o‘tdi.

🔹Siyosiy-maʼrifat soati jonli va qiziqarli o‘tdi.


Matbuot xizmati.