Adliya xabarlari
6.04K subscribers
20.8K photos
1.99K videos
19 files
8.11K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#adliya_sayyor_qabul

Respublika ishchi guruhi tomonidan o'tkazilayotgan sayyor qabullarning navbatdagisi Kosonsoy tumanini "Besh ketmon" MFY hududida joylashgan Madaniyat markazida bo'lib o'tdi.

Qabul davomida Adliya vaziri o'rinbosari M.Ikramov tomonidan adliya idoralari vakolati doirasida yechimini topadigan muammolarga tegishli huquqiy tushuntirish berildi.

Fuqarolardan kelib tushgan 5 ta murojaat o'sha yerning o'zida ish yurituviga olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👉https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_sayyor qabul

🔷 Sayyor qabul qonun ustuvorligini taminlashga xizmat qiladi

Joriy yilning 31 mart kuni Mingbuloq tuman pedagogika kolleji binosida Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari U.Ismatillayev hamda tuman adliya bo’limi boshlig’i S.Abdunazarov tomonidan aholi murojjatlari sayyor tartibda qabul qilindi.

📎 Qabulda 40 dan ortiq fuqarolar murojaati tinglanib ularning 25 nafariga joyida tushuntirish berildi, 15 ta murojaat esa tuman adliya bo'limi ish yurituviga olindi. Shuningdek, ayrim murojaatlarni tegishliligi bo'yicha idoralarga yo’naltirishga ko’maklashildi.

👉 Masalan, fuqaro Y.Olimova 2020-yil tumandagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabidan tug'ruq ta'tiliga chiqqan bo'lishiga qaramay hozirgi kunda tug'ruq ta'tilini tugatib ishga qaytmoqchi. Biroq, ish beruvchi tomonidan ishga qabul qilinmayotganligidan norozi. U qabulga ishga tiklashda amaliy yordam so'rab kelgan. Murojaat shu joyning o’zida ish yurituviga olindi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_sayyor qabul
Murojaatlar yechimi – inson qadri uchun xizmat qilmoqda

✍️ Joriy yilning 31-mart kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi X.Sabirov hamda tuman Adliya boʻlimi boshligʻi N.Rustamova tomonidan Norin tuman davlat xizmatlari markazi binosida sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabulda 40 ga yaqin fuqarolar uy-joy, meros, pensiya, ish haqi va boshqa masalalar yuzasidan murojaat qilib, ularga murojaati yuzasidan huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Qoʻshimcha oʻrganishni talab qiladigan 14 ta murojaatlar tuman adliya boʻlimi ish yurituviga qabul qilindi.

⚡️ Shuningdek, Uychi tumanidan kelgan fuqaro L.Sharipovaning otasining tugʻilganligi va vafotiga doir hujjatlar Sirdaryo viloyatida boʻlganligi sababli, notarial harakatlarni bajara olmayotganligi haqidagi murojaati joyida hal etilib, tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan koʻrsatilgan hujjatlarni eksterritorial tartibda olinishi taʻminlandi.

Shu bilan birga, tumandagi ikki nafar bemor va nogironligi bor oilalar holidan xabar olinib, 83 yoshga kirgan Toʻlqinjon otaga eshitish moslamasi va 1-gurux nogironi T.E.ga bepul dori-darmonlar taqdim etildi.
Qabul davomida, fuqaro J.Sharipovning murojaatiga asosan, tugʻilganlik haqidagi guvoxnoma va biometrik pasporti topshirildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_sayyor_qabul

🎥Aksiya doirasida Namangan muhandislik texnologiya institutida o‘qituvchi va talabalar uchun "Sayyor qabul" o‘tkazildi. Unda, adliya sohasiga doir muammo va masalalarga ijobiy yechim topildi.

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#adliya_sayyor_qabul

Huquqlaringiz ishonchli qo‘llarda

🔷Maʼlumki, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biridir.

✍️ Mana shu vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 26-may kuni Namangan tuman Qumqo‘rgon MFYda joylashgan 3-sektorda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari D.Ahmedov tomonidan jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

📎 Qabulda tuman adliya bo‘limi, tuman ichki ishlar bo‘limi, “Madad” NNT va boshqa hamkor tashkilotlar ishtirok etdi. Qabul jarayonida 30 dan ortiq fuqarolardan yerga oid, meros, kredit olish, subsidiyalar, kadastr, FHDY yo‘nalishida murojaatlar kelib tushib, aksariyat murojaatlarga o‘rnida tushuntirish berilgan bo‘lsa, 7 ta murojaat bo‘lim ish yurituviga olindi. Shuningdek, tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan sektor aholisi uchun sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#adliya_sayyor_qabul

Sayyor qabul: davlat idoralari xalq xizmatida

🔷 Bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Xayrullo Sabirov Uchqo‘rg‘on tumanida bo‘ldi. Tumanning “Tegirmon” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 4-sektor shtabi binosida viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i X.I.Sabirov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

✍️ Sayyor qabulda tuman hududida yashovchi 40 dan ortiq fuqarolar ishtirok etdi. Sayyor qabulda kadastr, uy-joy, meros, ish haqini undirish, nogironlik belgilash va boshqa masalalarga doir turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi. Qabul davomida qo‘shimcha o‘rganish talab qilinadigan 33 ta murojaat tuman adliya bo‘limi tomonidan ish yurituviga olindi, qolgan murojaatlarga o‘sha joyning o‘zida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#adliya_sayyor_qabul

Xalq xizmatidan charchamaymiz

⚡️ Fuqarolarining og‘irini yengil qilishi, ularni huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilish - adliya organlarining oldilariga qo‘ygan asosiy maqsadlaridan biridir.

🔷 Shu maʼnoda bugun Kosonsoy tuman 4-sonli musiqa maktabida Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U.Ismatillayev tomonidan fuqarolar sayyor tartibda qabul qilindi.

✍️ Sayyor qabulda 100 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib, ulardan 50 dan murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan 9 tasi tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olingan bo‘lsa, qolgan murojaatlarga o‘sha joyning o‘zida huquqiy tushuntirish berildi.

📎 Kelib tushgan murojaatlar asosan bandlik, OTMlarga to‘lov kontraktlarini to‘lashda imtiyozlar, tabiiy gaz tarmog‘iga ulanish, imtiyozli kreditlar olish masalasida bo‘ldi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#adliya_sayyor_qabul

XALQNI ROZI QILISH - ASOSIY MAQSADIMIZ

Maʼlumki, fuqarolarning kundalik hayotdagi muammolarni aniqlash, ularga barham berish va ularning huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qilish adliya organlarining asosiy vazifalaridan biridir.

Adliya organlariga yuklatilgan mazkur vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 23-iyun kuni Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Davronbek Ravshanbekov tomonidan Pop tuman Toshqo‘rg‘on MFY hududida joylashgan 2-son FHDY bo‘limida fuqarolarning murojaatlari sayyor tartibda qabul qilindi.

Sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqarolar ishtirok etib ulardan 26 ta murojaatlar kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 20 tasiga joyida huquqiy tushuntirish berilgan bo‘lsa, alohida o‘rganish talab qiladigan 6 ta murojaatlar Pop tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

Fuqarolarning muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf qilish va ularning huquq va manfaatlarini ishonchili himoya qilish borasidagi vazifalar orqali Xalqni rozi qilish eng asosiy maqsadimizdir. Zero, inson qadri hamma narsadan ulug‘!

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_sayyor_qabuli

Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i o'ribosari D.Ravshanbekovning navbatdagi "Sayyor qabuli" To'raqo'rg'on tumanida o'tkaziladi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#adliya_sayyor_xizmat

Uzog'ingiz yaqin bo'ldi

Aholi va tadbirkorlarning og'irini yengil, uzog'ini yengil qilish maqsadida bugun Uychi, To'raqo'rg'on va Namangan tuman davlat xizmatlari markazlari tomonidan joylarda sayyor xizmatlar tashkil etildi.

Bunda tumanlardagi gavjum bozorlarda savdo-sotiq bilan shug'ullanuvchi "tadbirkorlar" qonuniy asosda faoliyat yuritishi uchun yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazildi.

Tabdir davomida fuqarolarga Bosh Qomusimizga kiritilayotgan o'zgartirishlar, referendumga oid qounchilik hujjatlari va chet davlatlarning harbiy xizmatiga yollanganlik uchun belgilangan javobrgarlik masalalari yuzasdiam tushuntrish ishlari olib borildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish
👉https://t.iss.one/namanganadliya