Adliya xabarlari
6.04K subscribers
20.8K photos
1.99K videos
19 files
8.11K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
Ходим бир ташкилотда бир неча касбда ва лавозимда ишлаш тартиби қандай?

Бир неча касбда ва лавозимда ишлашга, хизмат кўрсатиш зонасини кенгайтиришга, ишлар ҳажмини кўпайтиришга шундай касб ва лавозим бўйича бўш иш ўрни мавжуд бўлганда ёхуд қонунчиликда назарда тутилган ҳолларда ходим томонидан вақтинчалик йўқ бўлган ходимнинг вазифаларини бажаришда йўл қўйилади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“Adliya kuni”da fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi

Adliya organlari tomonidan mahallalarda fuqarolarning huquqiy muammolari aniqlash va ularga huquqiy koʻmak koʻrsatish maqsadida “Adliya kuni”, “Sayyor qabul” va “Huquqiy targ‘ibot” kunlari oʻtkazilmoqda.

Uchqo'rg'on tuman adliya bo'limi tomonidan “Adliya kuni” doirasida joriy yilning 29-yanvar kuni "Mustaqillik” mahallasida tashkil etilgan tadbirda aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning huquqiy muammolari oʻrganildi.

Shuningdek, bo'lim xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig'ini vakillariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
#Adliya_xabari

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor uchrashuv tashkil etildi

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning afzalliklari hamda ularning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Intellektual mulk obyektlari, xususan, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish boʻyicha master-klass oʻtkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Rashnam”, “Stivia”, “Mexmash” tovar belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga amaliy yordam berildi hamda “D.maretti”, “Rayhon” tovar belgilarini huquqiy himoya qilish boʻyicha tegishli arizalar qabul qilindi.

Bundan tashqari, “Tekstil Libos” MChJ faoliyati bilan tanishildi va ushbu jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda ishlatiladigan “IMIR” jamlama koʻrinishdagi belgini tovar belgisi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga amaliy yordam berildi.

📌 Kanalga ulanish