Adliya xabarlari
6.04K subscribers
20.9K photos
2K videos
19 files
8.12K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Adliya_xabari

Namangan viloyati adliya boshqarmasi xodimlarini ortda qolgan 2024-yilda Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va bir xilligini ta’minlash, norma ijodkorligi va huquqiy targ'ibot tadbirlari yuzasidan kengasholdi axboroti tinglandi.


Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-sonli Qarori bilan endilikda mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini 2025-yilda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish belgilandi.

Ya’ni 2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman — viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash belgilandi.

Shuningdek, kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish hamda mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “Mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq mas’uliyati belgilab berildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👉ADLIYA KUNI TADBIRI ÒTKAZILDI.

⚖️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida” farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil  29-yanvar kuni Yangi Namangan tuman adliya bo‘limi, yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, DXM va  FHDY, mutasaddi tashkilotlar xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi Mustaqillik
5 yilligi mahalla fuqarolar yiĝinida istiqomat qiluvchi fuqarolarni huquqiy myammolari aniqlandi.

📗Mahalla ettiligiga qonunchilik hujjatlari mohiyati tushuntirildi va yagona huquqni qòllash amaliyotini shakllantirish maqsadida metodik yordam kòrsatildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥 Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Namangan shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi A.Jamoliddinov fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
#Adliya_xabari

Xodimlar uchun psixologik trenning o‘tkazildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi xodimlari har kuni fuqarolar bilan muloqotga kirishadi. Tabiiyki bunday jarayonlarda xodim va fuqaro o‘rtasida turli holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Albatta bunday jarayonlarda xodimlar o‘zlari va boshqalarni hurmat qilgan holda ish ko‘rishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bunda esa, malikali psixologlarning qimmatli maslahatlari ayni muddaodir.
Bu gal o‘tkazilgan trening va mashg‘ulotlarda xodimlar aholi bilan muloqotga kirishishda qanday yo‘l tutishi lozimligi ochiq oydin misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida xodimlarga jamoada mo‘tadil psixologik muhitni yaratish yo‘llari, shuningdek xodim va fuqaro o‘rtasida uchrab turadigan nizoli vaziyatlarni ongli ravishda bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashqlar hamda roli o‘yinlar orqali tushunchalar berildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram