Adliya xabarlari
953 subscribers
20.1K photos
1.94K videos
19 files
7.88K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev davlatobodliklar uchun “Sayyor qabul” oʻtkazdi.

Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga koʻtarildi. Bugun barcha davlat idoralari faoliyatida aholining murojaatlari bilan ishlash boʻyicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizim yaratildi. Joylarda oʻtayotgan sayyor qabullar xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan natijalarni bermoqda. Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev ishtirokidagi qabulda Davlatobod tumani aholisining muammolariga quloq tutildi.

👉batafsil

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari “Yuksalish” kichik sanoat zonasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Davlatobod tumanida joylashgan “Yuksalish” kichik sanoat zonasidagi “Elektr mexanik taʼmir ishlab chiqarish” xususiy korxonasi hamda “Gidro Plast” masʼuliyati cheklangan jamiyati aʼzolari bilan muloqot olib bordi.

Dastlab, plastik mahsulotlarini ishlab chiqarishga moʻljallangan korxonada faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar bilan muloqoti davomida koʻplab ishchi oʻrin yaratgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritilib, aholi bandligini taʼminlagan ishbilarmonlarga berilayotgan imtiyozlar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Elektr mexanik taʼmir ishlab chiqarish” korxonasini koʻzdan kechirish jarayonida 20 nafar ish oʻrni yaratgan tadbirkor bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Unda, tadbirkor tomonidan sohani yanada rivojlantirish boʻyicha bergan taklif yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Namangan viloyat
adliya boshqarmasi
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Yangi Namangan tumani adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o’rinbosari tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Yangi Namangan tumani, davlat xizmatlari markazlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni ko’zdan kechirdi.

Shu kuni xodimlar bilan ham suhbat olib borildi. Suhbat davomida, aholiga xizmat ko’rsatishda tezkorlik va aniqlikka alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Xudoyor Meliyevning Namangan viloyatiga tashrifning birinchi kun tafsilotlari

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari To‘raqo‘rg‘on tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev To‘raqo‘rg‘on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, To‘raqo‘rg‘on tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyatini oʻrganish jarayonida davlat xizmatlari markazining ikkinchi qavatida qayta taʼmirlab, jihozlangan tantanali nikohdan oʻtkazish joyi koʻzdan kechirildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi
#Adliya_xabari

🔰 “Namangan haqiqati” gazetasining navbatdagi sonida Mingbuloq tumani DXM bosh mutaxassisi A.Irgashev hamda  yetakchi mutaxassisi B.Yuldashevning “Ma'suliyat oshirildi” nomli maqolasi chop etildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Chust tumanida boʻldi.

Vazir oʻrinbosari tomonidan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Chust tumani adliya boʻlimi, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotda sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shu kuni vazir oʻrinbosari tomonidan tumandagi "Chust pichoqlari" tayyorlaydigan hunarmand bilan uchrashdi.

Oʻzbek pichoqlari orasida Chust pichoqlari kabi mashhuri boʻlmasa kerak. Chustlik pichoqchi ustalar sulolasining yettinchi avlodi Ubaydullayev Rahimjon oʻz kasbining tarixi va pichoq yasashning sirlarini bilan oʻrtoqlashdi.

Bugungi kunda usta Rahimjon nafaqat oʻz oʻgʻil va nabiralariga, balkim 35 nafar kollej oʻquvchilariga ham pichoqchilikni oʻrgatmoqda.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_xabari

🔰 “Taraqqiyot mezoni” gazetasining navbatdagi sonida Yangiqo'rg'on tumani yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti T.Toʻlqinovning "Tadbirkorga qariyb yarim milliard soʻm undirib beriladigan boʻldi" nomli chop etildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ommaviy qabul o'tkazildi.

🏢 Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish👇
https://t.iss.one/namanganadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM