Adliya xabarlari
6.05K subscribers
20.5K photos
1.98K videos
19 files
8.05K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya kuni”da fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi

Adliya organlari tomonidan mahallalarda fuqarolarning huquqiy muammolari aniqlash va ularga huquqiy koʻmak koʻrsatish maqsadida “Adliya kuni”, “Sayyor qabul” va “Huquqiy targ‘ibot” kunlari oʻtkazilmoqda.

Uchqo'rg'on tuman adliya bo'limi tomonidan “Adliya kuni” doirasida joriy yilning 29-yanvar kuni "Mustaqillik” mahallasida tashkil etilgan tadbirda aholi bilan yaqindan muloqot qilinib, ularning huquqiy muammolari oʻrganildi.

Shuningdek, bo'lim xodimlari tomonidan mahalla fuqarolar yig'ini vakillariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025-yildagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
#Adliya_xabari

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor uchrashuv tashkil etildi

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan hududda faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning afzalliklari hamda ularning huquqiy himoyasi toʻgʻrisida sayyor uchrashuv tashkil etildi.

Intellektual mulk obyektlari, xususan, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish boʻyicha master-klass oʻtkazildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida “Rashnam”, “Stivia”, “Mexmash” tovar belgilarini davlat roʻyxatidan oʻtkazilishiga amaliy yordam berildi hamda “D.maretti”, “Rayhon” tovar belgilarini huquqiy himoya qilish boʻyicha tegishli arizalar qabul qilindi.

Bundan tashqari, “Tekstil Libos” MChJ faoliyati bilan tanishildi va ushbu jamiyat tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda ishlatiladigan “IMIR” jamlama koʻrinishdagi belgini tovar belgisi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga amaliy yordam berildi.

📌 Kanalga ulanish
#Adliya_xabari

Namangan viloyati
adliya boshqarmasi xodimlarini ortda qolgan 2024-yilda Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va bir xilligini ta’minlash, norma ijodkorligi va huquqiy targ'ibot tadbirlari yuzasidan kengasholdi axboroti tinglandi.

Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-1-sonli Qarori bilan endilikda mahallalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini 2025-yilda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish belgilandi.

Ya’ni 2024-yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla — tuman — viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita mas’ul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash belgilandi.

Shuningdek, kriminogen vaziyat og‘ir mahallalarda ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli o‘rganishlarni o‘tkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab bo‘layotgan asl omillarni aniqlash va barham berish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy choralarni ko‘rish hamda mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “Mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq mas’uliyati belgilab berildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥 Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Namangan shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi bosh mutaxassisi A.Jamoliddinov fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
#Adliya_xabari

Xodimlar uchun psixologik trenning o‘tkazildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi xodimlari har kuni fuqarolar bilan muloqotga kirishadi. Tabiiyki bunday jarayonlarda xodim va fuqaro o‘rtasida turli holatlar yuzaga kelishi mumkin.
Albatta bunday jarayonlarda xodimlar o‘zlari va boshqalarni hurmat qilgan holda ish ko‘rishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Bunda esa, malikali psixologlarning qimmatli maslahatlari ayni muddaodir.
Bu gal o‘tkazilgan trening va mashg‘ulotlarda xodimlar aholi bilan muloqotga kirishishda qanday yo‘l tutishi lozimligi ochiq oydin misollar bilan tushuntirib o‘tildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida xodimlarga jamoada mo‘tadil psixologik muhitni yaratish yo‘llari, shuningdek xodim va fuqaro o‘rtasida uchrab turadigan nizoli vaziyatlarni ongli ravishda bartaraf etish bo‘yicha amaliy mashqlar hamda roli o‘yinlar orqali tushunchalar berildi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥 Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Norin tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig’i A.Hamdamov fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
#Adliya_xabari

Mahallar fuqarolarining huquqiy savodxonligi oshirildi.

Yangi Namangan tuman adliya bulimi tomonidan Huquqiy mahalla konsepsiyasi doirasida tumandagi “B.Mashrab” mahalla fuqarolar yig'ini binosida tumandagi barcha MFY raislari ishtirokida Fuqarolik ishlari bo'yicha Namangan tumanlararo sudi sudyalarini jalb etgan holda "Sudga murojaat etish tartibi" masalasida davra suhbati o'tkazildi.

⚖️Suhbat jarayonida barcha ishtirokchilar faol qatnashdilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga sudyalardan tegishli javob oldilar.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥 Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Namangan tumani FHDY bo’limi 2-toifali inspektori M.Voxidova fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥 Namangan viloyati teleradiokompaniyasining "Guldasta" dasturi "Suhbatdosh" sahifasida Uychi tumani DXM direktori N.Isomiddinov fuqarolarning savollariga javob berdi.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram
#Adliya_xabari
Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishdagi muhim qadam

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentinig 2025-yilning 3-yanvar kuni “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-1-sonli Qarori qabul qilindi.

Qaror mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida Chortoq tuman tibbiyot texnikumida oʻquvchi –yoshlar uchun davra suhbati tashkil etildi. Unda tuman Adliya boʻlimi, prokuratura, IIB, xalq taʼlimi, deputatlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan Qarorning mazmuni, unda belgilangan vazifalar, huquqbuzarlik sodir etishda eng koʻp qatnashayotgan yoshlar toifasi va qator masalalar yuzasidan axborot berildi.
Qolaversa 2025-yilning ilk qarori mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni hal etishni tizimli yoʻlga qoʻyishga hizmat qilishi taʼkidlandi.

Eslatib oʻtamiz, ayni vaqtda Qaror ijrosi yuzasidan qarorda belgilangan masʼul idoralar tarkibidan iborat boʻlgan ishchi guruh tomonidan tegishli tartibda ishlar tashkil etilmoqda.

🏢Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Tarmoqlarimizda bizni kuzatib boring 👇

Youtube | Facebook | Telegram