Adliya xabarlari
6.05K subscribers
20.5K photos
1.98K videos
19 files
8.05K links
Kanalga Qonunchilikdagi yangiliklar, shuningdek Namangan viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi organlar faoliyatiga bog'liq yangilikar qo'yib boriladi

Murojaat uchun: @onlinemurojaatbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥 Namangan viloyati Adliya boshqarmasi huzuridagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi bilan "Namangan shahrida jamoat transporti xizmati ko‘rsatishning holati, avtshohbekatlarda va avtobekatlarda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga yaratilgan sharoitlar" mavzusida jamoatchilik eshituvi o‘tkazildi.

Mazkur jarayonlardan tayyorlangan lavha Namangan viloyati televideniyasi orqali efirga uzatildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
Dorilarga ruxsatnoma qanday beriladi.


Dorilarni qoʻllashga ruxsatnoma olish uchun hujjatlar Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markaziga beriladi.

📝 Ruxsatnoma xorijiy ishlab chiqaruvchilarga 5 yilga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga muddatsiz davrga beriladi.

📋 Ruxsatnoma berish yoki bermaslik haqidagi qarorni Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan Ekspertlar kengashi qabul qiladi.

🔰 Dorilarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza berilgandan soʻng Markaz tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi:

1️⃣ Roʻyxatdan oʻtkazish boʻlimi:

▫️hujjatlarni va dori namunalarini dastlabki ekspertizadan oʻtkazadi;
▫️dastlabki ekspertiza ijobiy boʻlsa, Markaz va ariza beruvchi oʻrtasida shartnoma tuziladi;
▫️yigʻim toʻlangandan keyin hujjatlar va dori namunalari ekspertizadan oʻtkazish uchun Markaz laboratoriyalariga, Farmakologiya, Farmakopeya, Yangi tibbiy texnika qoʻmitalariga, Narkotiklarni nazorat qilish qoʻmitasiga beriladi.

2️⃣ Markaz laboratoriyalari:

▫️hujjatlarni maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik, biologik va texnik ekspertizadan oʻtkazadi;
▫️normativ hujjatlarni baholaydi, dori namunalarining normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi boʻyicha sinov oʻtkazadi;
▫️soʻng sinov natijalarini, hujjatlarni Farmakopeya, Farmakologiya va Yangi tibbiy texnika qoʻmitalariga beradi.

3️⃣ Farmakopeya qoʻmitasi:

▫️hujjatlarni maʼmuriy, kimyoviy, farmatsevtik va biologik qismlarini, laboratoriya sinovlari natijalarini ekspertizadan oʻtkazadi;
▫️mustaqil ekspertlarni jalb etib dorilarni ekspertizadan va takroriy ekspertizadan oʻtkazadi;
▫️qoʻshimcha sinovlar oʻtkazish uchun Markaz laboratoriyalariga dori namunalari va hujjatlarini yuboradi;
▫️dorilarning normativ hujjatlarini tasdiqlaydi;
▫️hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida dorini roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish toʻgʻrisidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi.

4️⃣ Farmakologiya qoʻmitasi:

▫️mustaqil ekspertlarni jalb etib farmakologik va dori vositalari hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
▫️quyidagi hollarda dorilarni klinik tadqiqotlarsiz qoʻllash mumkinligi toʻgʻrisidagi tavsiyalarni Ekspertlar kengashiga kiritadi:
dorilarni roʻyxatdan oʻtkazish natijalari Oʻzbekistonda tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan dorilar taqdim etilganda;
dorining GMP, GCP, GVP talablari asosida yaratilganligi, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan qayta malakalanganligiga oid hujjatlar boʻlganda;
Oʻzbekistonda tan olinadigan mamlakatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning ijobiy xulosasi boʻlganda.
▫️Hujjatlar va ekspertlar xulosalari asosida Ekspertlar kengashiga klinik tadqiqotlarsiz yoki klinik tadqiqotlar asosida dorilarni roʻyxatdan oʻtkazish yoki rad etish toʻgʻrisidagi tavsiyalarni kiritadi;

5️⃣ Farminspeksiya yangi dori ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilganda korxonaga borib zarur sharoitlarni oʻrganadi va sharoitlar toʻgʻrisida maʼlumotnoma beradi.

6️⃣ “Zarur amaliyotlar markazi” DUK dori ishlab chiqaruvchi korxonalarda “GMP” talablari mavjudligini tekshiradi va natijalarga koʻra xulosalarni Ekspertlar kengashiga beradi;

7️⃣ Ekspertlar kengashi Farmakopeya, Farmakologiya, Yangi tibbiy texnika qoʻmitalari, shuningdek Markazning boshqa boʻlinmalari xulosalari asosida dorining qoʻllanilishiga ruxsat berish yoki ruxsat berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Asos: Hukumat qarori (213-son, 23.03.2018 y.)
#Adliyada_bayram

Davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi.

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari markazi faoliyatiga 5 yil toʻlishi munosabati bilan fuqarolarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida joylarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish keng quloch yozdi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman, shahar davlat xizmatlari markazlarida aholiga tez va sifatli xizmat koʻrsatish bilan birgalikda fuqarolarga koʻtarinki kayfiyat ulashish maqsadida koʻngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlarning biri Namangan shahar davlat xizmatlari markazida boʻlib oʻtdi. Fuqarolarga bayram shukuhini ulashuvchi burchak tashkil etilib, sovuq ob-havoda iliqlik ulashildi. Shundan soʻng, aholiga hush kayfiyat ulashish maqsadida markazga oʻgʻil-qizlari bilan kelgan fuqarolarga yangi yil sovgʻalari taqdim etildi.

Namangan shahrida yashovchi Haybulla Rasulovning 1932 yilda tugʻilgan. Oʻsha paytdagi xatolik sabab fuqaroning fuqarolik pasportida tugʻilgan oy va kuni notoʻgʻri yozilgan. Otaxonning qilgan murojaati Namangan shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan ijobiy ham etilib, bayram kuni arafasida ID-KARTA hamda xorijga chiqish biometrik pasporti berildi.

Shuningdek, boshqarma tomonidan xizmatdan foydalangan “Eng keksa mijoz” sifatida eʼtirof qilindi hamda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_xabari

Faxriylar kengashi Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi davlat roʻyxatidan oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasining maʼnaviy ahloqiy negizlarini mustahkamlash, adliya organlari va muassasalari faxriylarining ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etishlarini taʼminlash adliya idoralarining muhim vazifalaridan biri.

Ana shu maʼnoda faxriylarini eʼzozlash, ularga zarur moddiy, maʼnaviy, tibbiy yordam koʻrsatish choralarini koʻrishda faol qatnashish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari, obroʻ va shaʼnini himoya qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi Faxriylar kengashi Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi davlat roʻyxatidan oʻtdi.

Hududiy boʻlinmaning kelgusidagi ishlariga omad tilaymiz!

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

⚡️Yangi O‘zbekistonda ma'muriy islohotlar.

Interyuv: Naima Yadigarova, Namangan viloyati adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
#Adliya_xabari
Namanganda ikki nafar notarius faoliyati vaqtincha toʻxtatildi.

Rejali tekshirish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan boshqarma huzuridagi malaka komissiyasiga Taqdimnoma kiritilib, Malaka komissiyasining 26.12.2022-yildagi 13-son Qarori bilan ularga boshqarma tomonidan berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati joriy yilning 28-dekabr kunidan 2023-yilning 28-yanvar kuniga qadar toʻxtatildi.

Batafsil👈
https://t.iss.one/namanganadliya
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyada_bayram

Davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
📎Markaz tomonidan «Men mahallam huquqshunosiman» loyihasi doirasida xayrli ishlar olib borilmoqda!!

⚖️Xabaringiz bor, Namangan viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan «Men mahallam huquqshunosiman» loyihasi doirasida mahallalarda tushuntirish-targ‘ibot tadbirlari yo‘lga qo‘yildi.

🏢 Mazkur dastur doirasida Yangiqo'rg'on tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlar tomonidan ham ijobiy ishlar amalga oshirilish natijasida Chortoq tumani "Oq-terak" mahalla fuqarolar yig'inga qarashli "Oq-terak-2" ko'chasini asfallashtirish hamda eski simyog'ochlar temir betonli tayanch ustunlarini almashtirishda amaliy yordam ko'rsatildi.

👉batafsil 👈

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Адлия_муносабати

⚡️РАСМИЙ МУНОСАБАТ

Ижтимоий тармоқларда айрим адлия бошқармалари ходимлардан вазирлик тизимидаги газетага обуна учун мажбурий пул ушлаб қолинаётганлиги ҳақида хабар тарқалган.

Қайд этиш керак-ки, Адлия вазирлиги тизимдаги ташкилотларга "Инсон ва қонун" газетасига ходимларни мажбурий обуна қилиш бўйича ҳеч қандай топшириқ бермаган.

Ваҳоланки, адлия органлари фуқароларнинг ҳуқуқларини ҳимоя қилувчи ташкилот сифатида мажбурий обуна ҳолатларига барҳам бериш чораларини кўриб келмоқда. Бундай ҳолатларни вазирлик тизимида бўлишига мутлақо йўл қўймайди.

Ҳозирда мазкур хабар юзасидан хизмат текшируви ўтказилмоқда.

Адлия вазирлиги
Жамоатчилик билан алоқалар бўлими
#Adliya_tabrik

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining tizim xodimlariga yo‘llagan tabrigi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
#Yil_sarhisobi

Notariat va advokatura

Namangan viloyatida oʼtgan 2021-yil davomida 182 ta advokatlar faoliyat yuritgan.
Joriy yil yakuniga koʼra, Oʼzbekiston Respublikasi Аdvokatlar palatasi Namangan viloyati hududiy boshqarmasida malaka imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʼtgan 18 ta talabgorlarga boshqarma tomonidan advokatlik faoliyati bilan shugʼullanish huquqini beruvchi litsenziyalar va advokatlik guvohnomalari berildi va viloyatda faoliyat yuritayotgan, aholiga yuridik yordam koʼrsatuvchi advokatlar soni 205 nafarga yetdi.
Bundan tashqari, Namangan viloyatida 2 ta yuridik maslahat xizmatlarini koʼrsatuvchi tijorat tashkiloti reestrga kiritildi va hozirda faoliyat yuritmoqda.
Oʼtgan 2021-yilda viloyatda 50 ta xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar faoliyat yuritgan va shundan 6 nafar notariusga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʼullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi va ularning notarius maqomi tugatilgan.
Shuningdek, 2021-yil davomida Аdliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasida xususiy notarial faoliyat bilan shugʼullanish huquqini beruvchi litsenziya berish boʼyicha oʼtkazilgan malaka imtihonlardan Namangan viloyatidan 4 nafar talabgor muvaffaqiyatli oʼtgan va faoliyatini boshlagan.
Ushbu yoʼnalish boʼyicha malaka imtihonida imtihon topshirish uchun talabgorlar bilan doimiy suhbat oʼtkazish yuzasidan Namangan viloyat adliya boshqarmasi va Notarial palataning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi maʼsul xodimlaridan iborat gurux tashkil etilib, talabgorlar bilan xafta davomida suhbatlar tashkil etilmoqda va buning natijasida 2022-yil davomida Oliy malaka komissiyasida oʼtkazilgan malaka imtixonidan muvaffaqiyatli oʼtgan talabgorlar soni 2021-yildan 2 barobarga, yani 8 nafarga yetdi.
Hozirda, Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan xususiy amaliyot bilan shugʼullanuvchi notariuslar soni 53 nafarga yetdi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
📌Kanalga ulanish👉https://t.iss.one/namanganadliya
2023 йил 1 январдан қайта ташкил этилаётган вазирликлар

Батафсил инфографика орқали танишинг 👆.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

🎥 Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan tuman (shahar) davlat xizmatlar markazi xodimlari aholiga qulaylik yaratish maqsadida "Sayyor xizmat" tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonlardan tayyorlangan lavha Namangan viloyati televideniyasi orqali efirga uzatildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi

📌Kanalga ulanish👉
https://t.iss.one/namanganadliya
Янги йил: тарих ҳақиқати ва бағрикенглик моҳияти

Батафсил 👉 https://hudud24.uz/?p=48226

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Таҳлил