Maktabga online qabul | Rasmiy kanali
26.2K subscribers
93 photos
51 videos
164 links
Download Telegram
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanimni 1-sinfga qabul qilish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?
Ha, albatta topshirish mumkin. Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirasiz va keyingi jarayonlarni amalga oshirishingiz mumkin.

Yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmagan harbiy xizmatchilar farzandini umumta’lim maktabiga o‘qishga joylashtirish uchun qanday tartibda ariza topshirishlari mumkin?
Elektron platformada shaxsiy ma’lumotlarni shakllantirgandan so‘ng, harbiy xizmatchi katakchasini belgilaysiz. So'ngra yashash joyi bo‘yicha davlat soliq idoralari ro‘yxatidan o‘tgan ijara shartnomasi yoki tegishli harbiy qism (muassasa) tomonidan yashash manzili ko‘rsatilgan ma'lumotni tizimga yuklagan holda ariza topshirishlari mumkin.

Ariza jo‘natmoqchi bo‘lganimda “Siz tanlagan manzilga biriktirilgan maktab topilmadi” degan xatolik chiqqanda nima qilish kerak?
Ushbu holatda siz shaxsiy kabinetingizga kirib, "Mening ma’lumotlarim" bo‘limidan yashash manzilingizni tahrirlab, saqlash tugmasini bosishingiz va qayta ariza yuborishingiz kerak.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Mening yashash manzilim qaysi maktab mikrohududiga kirishini qayerdan bilib olsam bo‘ladi?

Buning uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining my.maktab.uz elektron portalida yashash manzilingiz bo‘yicha tegishli maʼlumotlarni kiritib, farzandingizni taʼlim olish tilini tanlaganingizdan so'ng "Qidirish tugmasi"ni bosasiz. Shundan so'ng, oynada yashash manzilingiz qaysi maktab mikrohududiga biriktirilganligi haqidagi ma'lumotlar paydo bo'ladi.

Bundan tashqari har bir maktabda ota-onalarga qulay bo‘lgan, barchaga ko‘rinadigan joyda 1-sinfga qabul jarayonlariga oid, jumladan, mikrohudud haqidagi maʼlumotlar joylashtiriladi
.

Farzandimni 1-sinfga topshirish uchun elektron platforma orqali onlayn ariza berib bo‘lganimdan so‘ng, shaxsiy maʼlumotlarimda xatoliklar aniqlansa, ularni qay tartibda to‘g‘rilashim mumkin?

Bunda arizangiz maktabga yuborilgan bo‘lsa, maktab tomonidan arizangiz sababi ko‘rsatilgan holda rad etiladi. Shundan so‘ng, shaxsiy ma'lumotlaringizni tahrirlab, qayta ariza berishingiz mumkin.

Bolaning ota-onasi chet elda, jiyanlarimni maktabga joylashtirish uchun o‘zim ariza topshirsam bo‘ladimi?

  Ha, topshirish mumkin. Bunda elektron platformada shaxsiy maʼlumotlarni shakllantirganingizdan so‘ng, tegishli maydonni belgilab, vasiylik bo‘yicha qarorni biriktirishingiz kerak bo'ladi.

Shuningdek, qo‘shimcha maʼlumotlar olish uchun Vazirlikning “Call markazi”- 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Сўраган_эдингиз
#Call_markaz

Farzandim 2018-yil 1-yanvarda 7 yoshga to‘ladi, davlat maktablariga qabul qilishmas ekan, nodavlat maktabiga joylashtirsam bo‘ladimi?

Yo‘q, “Taʼlim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, birinchi sinfga bolalar ular yetti yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

Mazkur qonun talabi barcha turdagi maktablar, jumladan nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun ham taalluqlidir.

Bu yil 2017-yil 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

Agar mening yashash manzilimga biriktirilgan (mikrohudud) maktabda taʼlim tili rus tilidagi sinflar bo‘lmasa, farzandimni qaysi maktabga joylashtirishim mumkin?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 295-son Qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq, ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida, yashash manzilingiz bo‘yicha tanlagan taʼlim tilidagi sinf bo‘lmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa umumiy o‘rta taʼlim maktabi mikrohudud sifatida biriktirib beriladi.

Men farzandimni biriktirilgan mikrohududdagi maktabga emas, ish joyimga yaqin bo‘lgan maktabga joylashtirsam bo‘ladimi?

Albatta. Buning uchun 1-avgustdan keyin Siz mikrohududdan tashqari hududlar bo‘yicha tanlagan maktabingizga farzandingizni joylashtirish uchun ariza bilan (elektron qabul amalga oshirilayotgan hududlarda elektron tizim orqali) murojaat etishingiz mumkin.

Bunda, tanlagan maktabingizda o‘quvchi o‘rni, malakali pedagoglar bilan taʼminlaganligi, sinf xonalarning o‘quv mebellari bilan jihozlanganligidan kelib chiqib, qabul jarayoni amalga oshiriladi.

O’quvchi o’rniga nisbatan taʼlim olayotgan o‘quvchilar soni ko‘p bo‘lgan maktablarda mikrohududdan tashqari qabul amalga oshirilmasligi mumkin. Bunday holatlarda hududiy boshqaruv idoralari Sizga yaqin hududdagi boshqa maktablarni tavsiya etadi.

Qo‘shimcha maʼlumot olish uchun Vazirlikda tashkil etilgan Call markaziga — 71-203-07-04 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2