Muslim.uz
99.9K subscribers
18.6K photos
5.23K videos
114 files
17K links
🌙 O'zbekiston musulmonlari idorasi
muslim.uz portali.

📩 Murojaat uchun:
@Muslimuzadmin2bot

Diniy savollar uchun
+998781503344

🔹Batafsil: https://taplink.cc/muslimuz
Download Telegram
#ELON

Assalomu alaykum va rahmatulloh!

Bugun 19-ramazon (4-iyun, dushanba) kuni "O‘zbekiston Qur‘on musobaqasi 2018"ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin (gran pri) egasi Nuriddinov Yo‘ldoshbek qori Ibrohim o‘g‘li xatmga o‘tayotgan, Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi Hofiz Ko‘hakiy jome‘ masjidida yakuniy xatmona marosimi bo‘lib o‘tadi. Xatmonada muhtaram ustoz Is‘hoqjon domla Begmatov hamda qiroat ustozi Hasanxon qori Yahyo Abdulmajidov ishtirok etadilar.

#Eslatma:
Xatmona so‘ngida, yaqin kunlarda ota-onalari bilan umra safariga jo‘nab ketish arafasida turgan, "Qur‘on musobaqasi 2018"ning mutlaq g‘olibi, oliy o‘rin (gran pri) egasi Yo‘ldoshbek qori hamda u kishi bilan birga umra safariga hozirlik ko‘rayotgan Qur‘on musobaqasi Respublika bosqichining barcha g‘oliblari haqqiga duoi xayr qilinadi.

Xatmona marosimiga barchani taklif etamiz!!!

https://telegram.me/joinchat/BO0aAj0jjw0GT5rhPph8OQ
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM