Muslim.uz
92.1K subscribers
18.2K photos
5.09K videos
114 files
16.7K links
O'zbekiston musulmonlari idorasi
muslim.uz portali.

🔹Murojaat uchun:
@MuslimUzAdmin2Bot

🔹Diniy savollar uchun:
@SavollarMuslimUzBot | https://savollar.muslim.uz/

🔹Batafsil:
https://telegra.ph/MUSLIMUZ-06-19
Download Telegram
#Shaxzodbek qori G'ayratov ishtiroki #Qashqadaryo viloyatidan
#Shaxzodbek qori G'ayratov ishtiroki #Qashqadaryo viloyatidan
#qashqadaryo_tashrif

"Xo'ja Buxoriy" madrasasida "HADIS, FIQH, AQOID" bilimdoni tanlovi o'tkazilmoqda

Ayni damda VAQF fondi rahbari Yahyo domla Ubaydulloh o'g'li, Qashqadaryo viloyatidagi "Xo'ja Buxoriy" madrasasida o'tkazilayotgan "Hadis, Fiqh, Aqoid" fanlari bilimdoni tanlovida mehmon bo'lib turibdi.

Mazkur tanlov VAQF fondi va "HYDROLIFE BOTTLERS" kompaniyasi hamkorligidagi homiylik asosida o'tkazilmoqda.

Tanlov davom etmoqda...

@vaqfuz
#qashqadaryo_tashrif

Langar ota ziyoratgohini obodonlashtirishga 100 000 000 so'm ajratiladi

VAQF fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov kecha, 27 noyabr kungi tashrifni Qamashi tumanidagi "Langar ota" ziyoratgohini ziyorat qilish bilan yakunladi.

Tashrif davomida Y.Abdurahmonov ziyoratgohda saqlanayotgan qadimiy Qur'oni Karim nusxalari va masjid bilan yaqindan tanishib, bu joyga kelayotgan ziyoratchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida fond hisobidan 100 000 000 so'm ajratilishini ma'lum qildi.

Tashrif davom etadi...

@vaqfuz
#qashqadaryo_tashrif

30 TA OILAGA TIKUV MASHINASI VA QANDOLAT PECHI XAYRIYA QILINDI

Bugun, 28 noyabr kuni VAQF fondi rahbarining Qashqadaryoga tashrifi davomida, viloyatdagi kasb-hunarga ega ammo ijtimoiy ko'makka muhtoj 30 nafar hamyurtimizning 25 nafariga tikuv mashinasi, 5 nafariga esa qandolat pechi xayriya qilindi.

"Allohdan so'rab qolamizki, o'zlariga kerakli uskunalarga ega bo'lganlar tez fursatda oilalariga daromad kiritib, ro'zg'orlarini butlaydilar... " dedi, o'z nutqida Yahyo Abdurahmonov.

Tashrif davom etadi...

@vaqfuz
#qashqadaryo_tashrif

Qashqadaryolik yana bir oilaga quvonch ulashildi

Boquvchisi yo‘q, yoki turmush o‘rtog‘i nogironlik sabab mehnatga layoqatsiz bo‘lgan ayollarning zimmasiga ro‘zg‘or tebratishdek og‘ir mas‘uliyat tushadi.

Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi D.Mamatova ham shunday oilalar sirasiga kiradi. Nogironlik sabab eri ishlay olmaydi. D.Mamatova esa yolg‘iz boshi bilan 4 nafar voyaga yetmagan farzandlarini boqish va o‘qitish uchun pishiriq va shirinliklar pishirib sotadi. Ammo, katta pech olishga imkoniyati yo‘q.

VAQF fondi rahbari Yahyo domla Abdurahmonov D.Mamatova xonadoniga tashrif buyurib, ularga katta qandolat pechini xayriya sifatida topshirdi. So‘ngra Alloh taolodan mazkur oilaga xayru baraka ato etishini so‘rab duo qildilar.

Tashrif davom etadi...

@VAQFUZ