Muhrim / Муҳрим
14.7K subscribers
690 photos
311 videos
2 files
1.88K links
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @Eightmediamaker’ga murojaat qiling.
Download Telegram
Cambridge o‘quv markazi tomonidan 1,5 gektar yerni egallagan yangi xususiy maktab tashkil etildi

Toshkentda yangi xususiy maktab – Jahon School ochildi. Cambridge o‘quv markazi tomonidan tashkil etilgan ushbu maktabda Yaponiya va Janubiy Koreya taʼlim tizimi asosida ilg‘or taʼlim yo‘lga qo‘yiladi. U yerda 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan bolalar uchun zamonaviy shart-sharoitlar mavjud.

Jahon School‘da 11 yillik SKILLDEV dasturi joriy etilgan. O‘quvchilarda aniq, tabiiy yoki ijtimoiy fanlardan chuqur bilim olish imkoniyati ham bor. Maktabda, shuningdek, o‘quvchilarning xulq-atvorini shakllantirish uchun “Ijtimoiy etiket” darslari ham o‘tiladi.

Ushbu taʼlim maskanida Cambridge o‘quv markazi dasturi orqali ingliz tilini o‘rganish, IT bo‘yicha “Najot Taʼlim” dasturlari, Safia‘dan qandolatchilik to‘garagi va Qamar‘ning zamonaviy kutubxonasidan foydalanish mumkin.

Jahon School, o‘z o‘quvchilarining salomatligini Akfa Medline yordamida nazorat qiladi. Maktab 2025 yil sentyabridan boshlab ishlaydi.

Batafsil maʼlumot: @jahon_school
📞 78 777 07 07
🌐 jahonschool.uz

Reklama
Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida Xotira nuri nomli yangi majmua ochilibdi.

Majmua markaziga yurt muhofazasi yo‘lida jon fido qilgan qahramonlar xotirasini ulug‘lash uchun monument o‘rnatilibdi.

Monumentga o‘rnatilgan QR-kodlar orqali har bir tashrif buyuruvchi faxriylar haqidagi foto, video va audio materiallar bilan tanishishi mumkin bo‘larkan. Ya’ni, bir vaqtning o‘zida ham monument, ham ochiq osmon ostida muzey.

Bundan tashqari, “Xotira nuri” nomli kitob ham tayyorlanibdi. Unda O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalari tomonidan yozilgan 14 nafar urush faxriysining hayot yo‘li, shaxsiy suratlari va tarixiy ma'lumotlari jamlangan ekan.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun bir qiziq xabar chiqibdi. Zulfiqor Musoqovning “Osmondagi bolalar” nomli filmidagi “vokzalda qolib ketgan rejissor” Alisher aka tili bilan aytganda: “Polotno!”.

Toshkent Botanika bog‘ining orqa tomonida bir turar joy majmuasi qurilishi sabab bir yildan beri sudlashuv bo‘layotgan ekan. Bu har doimgidek quruvchi va aholi (yo xaridorlar) o‘rtasidagi sudlashuv emas, balki quruvchi va boshqa tadbirkorlar o‘rtasidagi sudlashuv. Chunki bu turar joy majmuasi eski sanoat hududida qurilayotgan ekan.

Shunday qilib, tadbirkorlar quruvchi kompaniyaga “dom” qurish uchun berilgan ruxsatnomani haqiqiy emas, deb topishni so‘rab Toshkent tumanalaro ma’muriy sudiga shikoyat qilgan. Chunki, ularning da’vosiga ko‘ra, yangi “dom” shaharsozlik va sanitariya talablariga zid ravishda qurilyapti. Ammo birinchi instansiya sudi 2024-yil 19-apreldagi qarori bilan tadbirkorlarning talabini rad etgan.

Ish shahar sudiga chiqqan. Unda Sanepidemnazorat va FVV vakillari ham qatnashib, majmua amaldagi tartibga ko‘ra tadbirkorlarning omborlaridan kamida 50 metr uzoqda qurilishi kerakligi, ammo hozir masofa 10 metr ham chiqmasligini keltirib bergan. Shundan so‘ng shahar sudi 2024-yil 29-iyunda, o‘zbekchasiga aytganda, turar joy majmuasi qurilishini to‘xtatish haqida qaror chiqargan.

Ammo 2024-yil 13-sentabrda Toshkent shahar ma’muriy sudining taftish instansiyasi shahar sudining 29-iyun kuni tadbirkorlar foydasiga chiqargan qarorini bekor qilib, 19-apreldagi birinchi - quruvchi kompaniya foydasiga chiqarilgan hujjatni qaytadan o‘z kuchida qoldirgan (ya’ni, “quruvchi kompaniya shaharsozlik va sanitariya talablarini buzMAyapti”, deb topilgan).

Shundan keyin tadbirkorlar ishni Oliy sudga olib chiqqan. Oliy sudning ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasi esa Toshkent shahar ma’muriy sudining 2024-yil 29-iyundagi, ya’ni, tadbirkorlar foydasiga chiqarilgan qarorining kuchini qayta tiklagan. Ya’ni, quruvchi kompaniya yana bir bor shaharsozlik va sanitariya talablarini buzyapti, deb topilgan.

Eng qizig‘i esa, tabiiyki, oxirida: “Bosh prokuror Oliy sud ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati taftish instansiyasining qarorini bekor qilish bo‘yicha protest kiritgan”, — deb yozyapti “KunUz”. Aftidan, prokuraturada quruvchi kompaniya shaharsozlik va sanitariya qoidalarini buzmayotgani haqida ishonchli ma’lumotlar bor, shekilli. Kimga ishonishni ham bilmaysan.

Xullas, Zulfiqor Musoqovning boshqa bir shedevri, “Abdullajon”dagi Xolida xolaning tili bilan aytganda:
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mana bu videoda Toshkentdagi Birodarlik qabristonida o‘zi xohlagandek yura olmagan bir guruh shaxslar O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib, qo‘shiq aytayotgan yoshlarni haqorat qilyapti. Tegishli organlar haqorat qilayotgan bu shaxslarni topib, chora ko‘rishlari maqsadga muvofiq ko‘rinadi (xuddi bir necha oy avval toshkentlik/viloyatlik mavzusidagi haqoratlarga chora ko‘rilganidek, masalan).

Idealda bu shaxslar va ularning o‘nlab sheriklari qo’lidagi o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq, bo’ynidagi qora-olovrang lentalar ham qonun bilan taqiqlanib, ularni ko‘tarish yoki osib yurish jinoyatga tenglashtirilishi kerak. Shunda ularga yoqmagan vatandoshlarimizni “USAIDga sotilganlar” deb atayotgan bu kimsalar o‘zini ancha yig‘ishtirib olgan bo‘lardi. Ular o‘zini yig‘ishtirib olishi shart, ularni shunga majbur qilish kerak.

Unutmasligimiz kerak — bugun O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘targan yosh vatandoshlarimizni haqorat qilayotgan bu kimsalar ertaga O‘zbekistonni birinchilardan bo‘lib dushmanga sotadi. O‘zi bizning bitta dushmanimiz bor, O‘zbekistonni o‘sha dushmanga sotish — bularning orzusi. Qani endi O‘zbekistonni o‘sha dushmanga sotilsa-yu, Toshkent ko‘chalari, masalan, xuddi Tiraspolniki kabi sovet ramzlari bilan to‘lsa.

Biz yildan-yilga bu dushmanning ichimizdagi malaylariga yumshoqlik qilyapmiz. Ular bundan 8-9 yil avval bunchalik surbetlik qila olmasdi, pisib yurardi, unini chiqarishga qo‘rqardi kerak bo‘lsa. Endi-chi, O‘zbekiston poytaxtida O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘tarib O‘zbekiston haqida qo‘shiq kuylayogan o‘zbekistonliklarni sotilganlikda, sotqinlikda ayblashdan ham qaytmayapti. Andishaning otini qo‘rqoq qilyapti.

Jamiyat bu kimsalarga qarshi o’z munosabatini ko‘rsatishga tayyor, mana, ko‘rsatyapti ham. Davlat qat’iyroq bo‘lishi lozim.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aslida mahalladagi muhokamaga ham arzimaydigan qonunni parlament muhokamasiga chiqarish uchun, masalan, “Milliy tiklanish” partiyasidan saylangan deputatlardan faqat bittasi qarshi chiqibdi. Rahmat aytib qo‘ysa arziydi shu deputatga, chunki u O‘zbekistonda haydovchilar emas, aynan piyodalar ko‘proq ekanidan xabardor ekan.

Ertaga, Xudo ko‘rsatmasin, ruxsat etilgan 10 kmlik tezlik chegarasida ketayotgan mashina biror piyodaning umriga zomin bo‘lsa, mana shu qonunni ma’qullab qo‘l ko‘targan deputatlarning vijdoni qiynalarmikin? (chunki tezlikning har bir yuqori kilometri o‘lim ehtimolini shuncha oshiradi).

Ishqilib, 60 kmlik yo‘lda 70 tezlikda kelgan mashina urib ketishi o‘lgan piyoda shu yaramas qonunni ma’qullashga tayyor deputatlarning o‘zi yo qarindoshlari bo‘lib qolmasin. Mabodo bo‘lib qolsa, eslaridan chiqmasin — sizlarning qo’lingiz qonda.
Adabiyot — 2005-yilgi Andijon voqealari haqida https://www.instagram.com/reel/DJmINgVsJ2L/?igsh=MTBtZnB3OGx2bGNidg==
Kecha futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogida qiziq voqealar bo‘ldi. Birinchidan, hech o‘ziga kelolmayotgan “Paxtakor” portugaliyalik murabbiysiz ikkinchi o‘yinida “Nasaf”ni 6:3 hisobida mag‘lub etdi. “Nasaf” oxirgi marta qachon bir o‘yinda oltita gol o‘tkazib yuborganini hech kim eslay olmasa kerak. “Nasaf”ning muammosi shu olti bilan tugasa qani edi - jamoa Kubokdan ham chiqib ketdi.

Ikkinchi qiziq voqea ham Qashqadaryo futboli bilan bog‘liq. Qarshi davlat universitetining “Lochin” futbol jamoasi O‘zbekiston Kubogining nimchorak finaliga chiqibdi. Chiqqanda ham shunday chiroyli - avvaliga ular o‘z maydonida Kubokning amaldagi sohibi “Andijon”ni so‘nggi daqiqalarda “so‘ydi”, keyin, kecha, “Surxon”ni Termizda 3:1 hisobida yer tishlatibdi. Ma’lumot uchun, “Andijon” ham, “Surxon” ham Superliganing kuchli o‘rtamiyonalaridan.

“Lochin”-chi? Adashmasam, bu yil birinchi marta Birinchi Ligada qatnashayotgan jamoa. Bu Birinchi Liga men bilgan 10 yil avvalgi 1-liga emas - 10 yil avvalgi o‘lchov bo‘yicha u o‘sha vaqtdagi Ikkinchi Ligaga to‘g‘ri keladi (nazarimda). Tasavvur qilyapsizmi, nufuzi bo‘yicha mamlakatda uchinchi hisoblangan futbol ligasida o‘ynaydigan universitet jamoasi Superliganing ikki jamoasini Kubokdan chiqarib yubordi.

Bu shunchalik sensatsion voqeaki, tushunishingiz uchun, “Lochin” futbolchilarini hatto Qashqadaryo viloyati hokimi ham ochiq-oshkora tabriklabdi. Endi, “lochinlar” Kubokda qayergacha borishadi yo safarlari shu nimchorak finaldayoq qariydimi, bilmadimu, lekin hozirning o‘zida ular qiziq bir tarix yozib bo‘lishdi.
Ikki kundan beri “Lolazor” loyihasidagi sheriklar bilan birga Yaponiyaning Osaka shahrida yuribmiz. Kecha tasodifan bir restoranga borsak, u yerda bir o‘zbekistonlik vatandoshimiz xizmatda ekan. Shu haqda: https://www.instagram.com/reel/DJwgoyVBeX1/

Urug‘ing ko‘paysin, o‘zbek! 🙂
O‘zbekiston—Yaponiya chegarasi Rishtonda ekan. Shugina faktni shu vaqtgacha bilmagan ekanman. Eng qizig‘i, bunaqa bo‘lib qolishiga Janubiy Koreya kompaniyasi sababchi ekan :)

Qisqacha tushuntirish shu havolada.

Tekshirdim, havola to‘g‘ri :)
Juda og‘ir voqea.

Toshkentda Bo‘rijar kanalida cho‘kayotgan qizchani qutqargan erkakning o‘zi cho‘kib ketibdi. Vaholanki, halok bo‘lgan o‘sha odam suzishni yaxshi bilarkan.

Ammo kanal “obodonlashtirish” doirasida qirg‘oqlari tozalanib, qiyalatib betonlashtirib tashlangani uchun u kishi suvdan chiqolmagan - birinchidan, ushlab, tutib olib, suvdan chiqish imkonini beradigan hech narsa qolmagan - daraxt deysizmu, qolgan-qutgan shox-shabba deysizmi, hammasi kesib, chopib, yo‘q qilib tashlangan; ikkinchidan, betonning suv yuvib turgan qismi allaqachon sirpanchiq bo‘lib ketgan - u yerdan Maykl Felps ham, O‘zbekistonning eng zo‘r qutqaruvchisi ham chiqolmasa kerak.

Halok bo‘lgan o‘sha erkakning rafiqasi aytibdi: “Uni kanal emas, balki shu kanaldan qilingan narsa o‘ldirdi”.

Men ko‘prog‘ini aytgan bo‘lardim - bu vatandoshimizni Bo‘rijarni shunday “obodonlashtirish”ga qaror qilgan, buni o‘ylab topgan, ma’qullagan va oxir-oqibat “obodonlashtirgan” o‘zbilarmon shaxslar o‘ldirgan. Agar bu loyiha tafsilotlari jamoatchilikdan yashirilmasa, jamoatchilik bilan bamaslahat qilinsa, sohaning haqiqiy mutaxassislarining taklif va tavsiyalariga quloq tutilsa, ko‘p ehtimol, mana shunday og‘ir voqea ham bo‘lmasdi.

Hokimiyat vakillarining qobiqqa o‘ralib olishi, “bu xalq ahmoq, unga nima yaxshiyu nima yomonligini biz - amaldorlar bilamiz”, degan yondashuv bilan ishlashi - birinchidan, bunday yondashuv juda qimmatga tushadi (yana bir necha shunday ayanchli o‘limdan so‘ng, kanalni qayta epaqaga keltirish haqida topshiriq tushsa kerak), ikkinchidan, bu xuddi odam o‘ldirish bilan teng. Deylik, agar shu ishning boshida hokim turgan bo‘lsa, hozir u ham shu o‘limda o‘zini aybdor sanasa bo‘ladi.
Monitoring markazi baxtiga, Mudofaa vazirligi Xorazmdagi snaryad voqeasiga harbiylarning aloqasi yo‘q, harbiylar snaryad sotmagan qabilida raddiya beribdi.

Shunga orqa qilib, Monitoring markaziga kechagi postingni o’chirmasang, ustingdan sudga ariza qilamiz, deb ogohlantirish yuboribdi. Vahimali joyi yo‘q, standard ogohlantirish xati. Hay, buyoqda KunUz ham xabarini tahrirlabdi (manbasi aldabdi-da ularni ham).

O‘chirsak o‘chiribmiz-da, birinchi marta emas-ku axir 🙂 Vaqtida bundan-da haqiqatroq gaplarni ham o‘chirganmiz — osmon uzilib yerga tushmagan (lekin, shuni tan olishim kerak-ku, birinchi marta Monitoring markazining yozma ogohlantirishi asosida o‘chirishim).

Yashasin umrida hech qachon aholiga eski, hisobdan chiqarilgan qurol-yarog‘larni noqonuniy yo‘llar bilan sotmagan harbiylarimiz!

Hayotimiz esa yana avvalgidek xavfsiz, sokin, xotirjam...
Bugun maktabni tamomlaganimga 20 yil to‘ldi. Bizning avlodning mutlaq ko‘pchiligi 9-sinfdan keyin maktab bilan xayrlashgan. Jumladan, men ham. Keyin uch yil litsey, keyin to‘rt yil universitet… Hayot davom etyapti :)

Maktabni bitirganimdan keyingi 20 yillik tajribadan kelib chiqib, bu yilgi bitiruvchilarga bir maslahat berishga o‘zimni haqli deb hisoblayman: vaqtingizni qadrlang. Buyog‘iga vaqt juda tezlashadi, bugun kechagidan, erta bugungidan tezroq o‘tadi. Biror 8-10 yildan keyin vaqt shunchalik tezlashadiki, hech narsaga ulgurolmay qolasiz. Agar shu orada oila ham qursangiz, tezlik yana kamida ikki barobar oshadi, deb hisoblayvering.

Shunday ekan, vaqtingizni qadrlang. Boshqa tarafdan, sizni tushunaman — sizga bu maslahat kor qilmaydi, axir hozir sizga hamma shunday maslahat beryapti, bir xil gapni takrorlayapti. Siz bu maslahatning mag‘zini chaqishingiz uchun, katta ehtimol bilan, o‘zingizning 20 yillik tajribangizni orttirishingiz kerak. Har holda, minglab, millionlab bitiruvchilarda shunday bo‘ladi. Jumladan, menda ham shunday bo‘ldi.

Lekin, mabodo, siz bugundan e’tiboran vaqtingizni qadrlay boshlasangiz, vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlab, to‘g‘ri “sarflay” bilsangiz, ishonchim komil — 20 yildan keyin siz eng muvaffaqiyatli Insonlardan biri sifatida bitiruvchilar kumiriga aylanasiz. To‘g‘ri, sizda bitiruvchilar kumiriga aylanish maqsadi yo‘qdir (bunaqa maqsadning o‘zi g‘alati), umuman, siz bunga alohida intilishingiz ham shart emas: sizni minglarcha, millionlarcha yoshlarning kumiriga aylantiradigan narsa — shunchaki vaqtingizni qadrlashingizdir.

Menimcha, shunday.