Digital.uz
12.8K subscribers
16.1K photos
951 videos
1 file
5.8K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
🇺🇸 AQShda Jahon bankining Raqamli rivojlanish bo‘yicha guruhi rahbari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 4-7 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi delegatsiya xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, O‘zbekistonga xorijiy kompaniyalarni jalb qilish, eksportni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va o‘zbek kompaniyalarining tashqi bozorlarga chiqishini faol qo‘llab-quvvatlash maqsadida Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘ladi.

Delegatsiyaning 4-mart kuni Jahon banki qarorgohida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi tashrif doirasidagi muhim voqea bo‘ldi. Uchrashuvda Oʻzbekiston vakillari Jahon bankining Raqamli rivojlanish bo‘yicha guruhi rahbari Mishel Rogi va Mixail Bunchuk bilan bir qator loyihalar amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muhokama qildilar.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/7045/

#digital
#jahonbanki
#AQSh

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📸 AQShda Jahon bankining “Global Digital Summit-2024” sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu sammitda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov ishtirok etmoqda.

▶️ Sammitni ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=7x7wrlBjcuc

#digital
#jahonbanki
#AQSh

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤔 AQShda IT sohasida faoliyat olib borayotgan o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan “Vatandoshlar forumi” tashkil etildi

🗣 Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – O‘zbekistonning IT imkoniyatlari va mamlakatimizda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berish, shuningdek, vatandoshlar orqali IT-autsorsing sohasida AQShning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik qilishdan iborat.

Unda O‘zbekiston IT-xizmatlar va mahsulotlar eksportini 2030-yilga qadar 5 mlrd dollarga, O‘zbekistonni mintaqaviy IT xabga aylantirish, O‘zbekistonda IT-ta’lim va kadrlar tayyorlashga sarmoya va grantlar jalb qilish maqsadida Amerika bozoriga kirishi masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/7047/

#digital
#AQSH
#vatandoshlar

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM