Digital.uz
11.5K subscribers
15.1K photos
915 videos
1 file
5.56K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
IT yo‘nalishida ta’lim olayotgan yoshlar uchun ta’lim kreditlari ajratiladi

“Respublikada nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim krediti ajratishni tartibga solish chora-tabdirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, nodavlat ta’lim tashkilotlarining o‘quv kurslarida yoshlarning axborot texnologiyalari sohasida tahsil olishi uchun ta’lim kreditini ajratish tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4356

#mitc
#talim
#imkoniyat

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xotin-qizlarga foizsiz ta’lim krediti qanday tartibda beriladi?

Mamlakatimizda xotin-qizlarni salohiyatini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘z o‘rnilarini topishga yordam berish maqsadida imtiyozli kreditlar ishlab chiqilgan.

Shuningdek, Prezident qaroriga ko‘ra, oliy hamda o‘rta maxsus va professional ta’limda tahsil oluvchi xotin-qizlarga 7 yilga 14 foizlik ta’lim kreditlari ajratiladi. Bunda foiz stavkalari Moliya vazirligining jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi. Xotin-qizlar esa asosiy qarzni o‘qishni tamomlagach, 7 yil davomida to‘laydi.

Hamyurtimiz Madinabonu Toxirova foizsiz ta’lim kreditini qo‘lga kiritdi va jarayon bilan ulashdi. Kredit olish jarayonlarini batafsil video davomida ko‘rishingiz mumkin.

#digital
#mitc
#talim_krediti

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube