Digital.uz
11.7K subscribers
15.6K photos
933 videos
1 file
5.69K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент халқаро инвестиция форуми чет эллик компанияларни Ўзбекистонга аутсорс қилишга қизиқишини ортишига ҳам катта ёрдам берди

Президентимиз қарорлари билан Ўзбекистонда IT, BPO аутсорсинги учун жуда яхши имкониятлар яратилган, лекин бу ҳақида хали жуда кўпчилик давлатлардаги компаниялар эшитмаган. АҚШ, Европа ва бошқа иқтисодий ривожланган давлатлардагиларда ўзи умуман Ўзбекистон ҳақида тасаввур ҳам етарли эмас.

Шунинг учун Форумда бу масалада алоҳида сессия қилишдан ташқари, Форумнинг асосий сессияси модератори сифатида иштирок этган машҳур CNN Business бошловчиси Ричард Квестга жонли эфирда интервью бериб ушбу имкониятларни дунё бизнесменларига кенгроқ етказишга ҳаракат қилдик.

Бу эса ўз навбатида чет тили ва масофадан хизмат кўрсатиш мумкин бўлган касбларни ўрганаётган ёшларимизга қўшимча юқори маошли масофадан ишлаш имкониятларини кенгайтиришга ёрдам беради.

Юқорироқ сифатдаги видео:
https://www.facebook.com/watch/?v=328346060005569
https://www.instagram.com/p/C6g6cfxCtwu/
Visa rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan uchinchi Xalqaro investisiya forumi doirasi Visa kompaniyasining vitse-prezidenti, MDH va Janubi-Sharqiy Yevropadagi Visa mintaqaviy menejeri Kristina Dorosh bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantirish va raqamlashtirish hamda davlat xizmatlari sohasida raqamlashtirishni rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/10972/

📩Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇦🇪 Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda BAA Investitsiyalar vazirligi o‘rtasida memorandum imzolandi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Birlashgan Arab Amirliklarining Investitsiyalar vaziri Muhammad Hasan Alsuvaydi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda BAAning Investitsiyalar vaziri mazkur uchrashuvni tashkil etishda ko‘rsatilgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi hamda o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan bildirilayotgan tashabbusni yuqori baholadi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/10982/

_____________

🇺🇿🇦🇪 Memorandum of Understanding Signed Between the Ministry of Digital Technologies and UAE Ministry of Investments

Minister of Digital Technologies Sherzod Shermatov convened a meeting with UAE Minister of Investments Mohamed Hassan Alsuwaydi.

During the meeting, the UAE Minister of Investments highly praised the initiative of the Ministry of Digital Technologies in establishing mutual cooperation.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/10982/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝 O‘zbekiston Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Uchrashuv davomida tomonlar islohotlar dasturini uzoq muddatga davom ettirishning strategik yo'nalishlari, mamlakatda raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, sohada kadrlari salohiyatini oshirish, mamlakatda investitsiya muhiti bo‘yicha malalalarni muhokama qilishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/10995/

______________

🤝A Meeting Held with the Representative of the Advisor to the President of Uzbekistan on Economic Development, Effective Management, and International Cooperation

During the meeting, the parties discussed strategic directions for the long-term continuation of the reform program, the work being done in the field of digitalization in the country, increasing the capacity of personnel in the field, and issues related to the investment environment in the country.

In detail: 👉 https://digital.uz/en/news/view/10995/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda uch kun davom etgan mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivalida g‘oliblar taqdirlandi

Mamlakatimizni texnologik jihatdan mustaqilligini yanada oshirish, iqtidorli yoshlarni ushbu sohaga keng safarbar etish maqsadida 2—4-may kunlari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali tashkil qilindi.

Ushbu festivalda Qurolli Kuchlarga zarur bo‘lgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga mo‘ljallangan 20 ga yaqin ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar, 50 ta tashkilot, 30 dan ortiq ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxslar va ixtirochilar o‘zlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/10998/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM