Digital.uz
11.4K subscribers
15K photos
911 videos
1 file
5.53K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
❗️Hurmatli foydalanuvchilar!

📱 2024-yilning ilk kunlarida biz sizlarga mamnuniyat bilan my.gov.uz orqali (YIDXP) koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 570 tadan oshganini maʼlum qilamiz.

💻 Maʼlumki, Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining asosiy maqsadi – yurtimizda biznes muhitini yaxshilash, byurokratik tartib-taomillarni qisqartirish va davlat boshqaruvi, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari hamda hududlarni raqamli transformatsiya qilishdan iboratdir.

Shuningdek, biz aholining talab va istaklarini inobatga olgan holda, ularga davlat xizmatlarini koʻrsatishda maksimal qulaylikni taʼminlashga intilamiz.

📈 Davlatimiz rahbarining “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori doirasida 2023-yil yakunigacha Yagona portal orqali koʻrsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish maqsad qilingan edi.

🆕 Bugun biz ushbu natijaga erishganimizni faxr bilan tilga olamiz. 2023-yil davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 205 ta yangi xizmatlar joriy qilinib, jami xizmatlar soni 575 taga yetdi.

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Уважаемые пользователи!

📱 В первые дни 2024 года мы рады сообщить вам, что количество услуг, оказываемых через my.gov.uz (ЕПИГУ), превысило 570.

💻 Известно, что основной целью Центра управления проектами цифрового правительства является улучшение бизнес-среды в нашей стране, сокращение бюрократических процедур и цифровая трансформация государственного управления, реального сектора экономики и регионов.

Также, учитывая запросы и пожелания населения, мы стремимся обеспечить им максимальное удобство в предоставлении государственных услуг.

📈В рамках постановления главы нашего государства «О мерах по расширению охвата и повышения качества цифровых услуг, а также цифровой трансформации сфер, отраслей и регионов» была поставлена цель до конца 2023 года увеличить количество оказываемых услуг на Едином портале до 570.

🆕 Сегодня мы с гордостью сообщаем, что достигли этого результата. За 2023 год на Едином портале интерактивных государственных услуг было внедрено 205 новых услуг, а общее количество услуг достигло 575.

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish my.gov.uz orqali ancha arzon va qulay

🚘 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (my.gov.uz) “Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma (sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish” xizmatidan onlayn foydalanish mumkin.

❗️Shu kungacha ushbu xizmatdan 1,5 mln. marotaba foydalanilgan.

📱 Siz ham elektron ishonchnomani masofadan turib, yana 10% chegirma bilan arzon narxda olishni istasangiz:

💬 my.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtib;
💬 tegishli xizmatni tanlang;
💬 kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllang.

💰 Shunda sizga:
3-yilgacha bo'lgan ishonchnoma
Yagona portal orqali - 612000 so'm (1.8 BHM)
1 oygacha bo'lgan ishonchnoma
Yagona portal orqali - 61200 so'm (0.18 BHM)
6 oygacha bo'lgan ishonchnoma
Yagona portal orqali - 306000 so'm (0.9 BHM)ga tushadi.

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱 2023-yil yakuni bo‘yicha my.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar soni 570 taga yetkazildi

2023-yilda fuqarolarimiz orasida eng ommabop xizmatlar:

Yashash joyi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish – 2,2 mln;
Hisoblangan ish haqi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish – 1,6 mln;
Soliqlar va yig‘imlardan soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma – 1,45 mln;
Bolani bog‘chaga joylashtirish xizmatidan – 837 ming marotaba foydalanishgan.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/4930/

#digital
#mygov

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌐 Urganch davlat universiteti talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi

MY.GOV.UZ – HAYOTIY VAZIYATLAR UCHUN!” loyihasining navbatdagi manzili Xorazm viloyati bo‘ldi.

Urganch davlat universitetida talaba-yoshlar uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida joriy etilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish mavzusiga bag’ishlangan seminar-trening o’tkazildi.

Mazkur seminarda my.gov.uz portalida yoshlar uchun joriy etilgan raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, pullik davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida taqdim etiladigan chegirmalar to’g’risida ma’lumot berildi. Shuningdek, raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish hamda xizmat natijasini olish jarayonlari amaliy tarzda ko’rsatib berildi.

Tadbir yakunida talabalarning raqamli davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollariga soha mutaxassislari tomonidan javoblar berildi.

#digital
#mygov

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM