Digital.uz
12K subscribers
17.1K photos
995 videos
1 file
6.07K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️Тахлилнома | Реформы в сфере IT глазами зарубежных экспертов

#digital
#uz24

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Raqamli texnologiyalar vazirligiga tashrif buyurib, IT va raqamlashtirish sohasidagi natijalar hamda rejalar bilan tanishdi.

Shuningdek, Prezidentimiz raisligida tarmoq va hududlarda axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda davlat boshqaruvini raqamlashtirib borasida ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi ham o‘tkazildi.

IT – dunyoda eng serdaromad sohalar qatorida yetakchi
. U masofa tanlamaydi. O‘zbekistonda ham IT sohasi shiddat bilan o‘sib bormoqda.

Fakt sifatida: 2017-yilda yurtimizda IT kompaniyalar soni 147 tani tashkil etgan bo‘lsa, hozirda 1600 taga yetgan. Ish o‘rinlari ham qisqa vaqt ichida ko‘payib, 24 mingdan oshdi. 2017-yilda IT xizmatlar eksporti 600 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, joriy yil yakuniga qadar bu ko‘rsatkich 300 mln dollardan oshishi kutilmoqda.


📺Shu haqda “O‘zbekiston 24” telekanali tomonidan maxsus lavha tayyorlanib, efirga uzatildi.

#digital
#uz24

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
▶️“O‘zi nima gap?” ko‘rsatuvi orqali raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, Prezident tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida gaplashildi.

Shuningdek, 2030-yilgacha:

– Elektron hukumat reytingida Top-30 talikka chiqish;
– IT xizmatlar eksportini 5 mlrd dollarga yetkazish;
300 mingta yoshlarni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash

bo‘yicha rejalar va boshqa muhim mavzularda suhbatlashildi.

#digital
#uz24

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 🧠💡📚

“Musofirchilikda oilamdan uzoqda yashab, 500 dollar topardim, hozirda yurtimizda 800 dollar daromad qilyapman”, – IT’da yuqori daromad topayotgan yoshlar bilan suhbat

Prezident tomonidan mas’ullar oldiga qo‘yib kelayotgan vazifalardan biri – 2030-yilgacha IT sohasida 300 ming yoshni yuqori daromadli ish bilan ta’minlash.

O‘z uyida, ota-onasining bag‘rida tinch-xotirjam o‘tirgan holda ming dollarlab maosh olayotgan maktab yoshidagilar ham ko‘payib bormoqda.

⚪️ Rejaga ko‘ra, 2024-yilda ularning soni 50 ming nafarga yetkaziladi. E’tibor berilsa, 2022-yilda 18 ming, 2023-yilda 24 ming yosh IT’da yuqori daromadli kasbga ega bo‘ldi.

✍️ “Hozirda biz veb saytlar, mobil ilovalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanamiz. Chet elga mobil ilova va saytlar yasab, ularni sotib, daromad qilyapmiz.


Yaqinda ko‘zi ojizlar uchun mo‘ljallangan Brayl yozuvini tarjima qilib beradigan mobil ilova ham ishlab chiqdik. Undan butun dunyo bo‘ylab foydalanishadi. Hozirda ishchilarimiz o‘rtacha hisobda ming dollarga yaqin daromad topishadi”,
– deydi farg‘onalik “Focus Group” kompaniyasi rahbari 22 yoshli Muhammadqodir Abduvoitov.

✍️Rossiyada 8-9 yil ishladim. Keyin yaqin bir tanishim IT sohasini o‘rganishimni taklif qildi. Onlayn tarzda 5-6 oy davomida o‘rgandim. Keyin “MAAB Innovation” kompaniyasiga ishga kirdim. Rossiyada santexnik bo‘lib ishlardim. O‘shanda 500-600 dollar topardim. Hozirda o‘z yurtimda turib, IT’da ishlab 800 dollar oylik olyapman”, – deydi xorazmlik Arslonbek Abdullayev.


🔴 Uning ta’kidlashicha, xorijga chiqmagan holda chet el kompaniyalariga ishga joylashish mumkin.

“Musofirchilikda yurganda, vatandan, oiladan uzoqda bo‘lasiz, ba’zan yillab ularni ko‘rmaysiz. Hozirda esa, vatanda bemalol ishlab, farzandlarimning tarbiyasi bilan shug‘ullanishim uchun ham vaqtim yetarli”, – deydi u.


▶️ “O‘zbekiston24” telekanali tomonidan tayyorlangan ushbu qiziqarli maxsus ko‘rsatuvni videoda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

#digital
#uz24

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 🧠💡📚

“IT’da eng asosiysi qiziqish, agar u bo‘lmasa, hech nimaga erishib bo‘lmaydi”, – oyiga ming dollar daromad qilayotgan buxorolik 11-sinf o‘quvchisi bilan suhbat

Ro‘zibek Ne’matullayev – Buxoro shahridagi 11-sinf o‘quvchisi. Veb dasturchi. 4 yarim yildan beri IT bilan shug‘ullanib keladi. 100 dan ortiq muvaffaqiyatli loyihalar muallifi.

✍🏻IT’ni o‘rganish insonga moddiy tomondan ham, ma’naviy tomondan ham juda katta foyda. Boshida mahalliy bozor bilan ishlagan bo‘lsak, keyinchalik tajribamiz yetarli darajada bo‘lgandan so‘ng Yevropa bozorlari bilan ham hamkorlik qilishni boshladik.


✍🏻 Eng yaxshi loyihalarimdan biri – Yaponiya bilan bo‘lgan. Ularning “Connected” kompaniyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Shuningdek, boshqa kompaniyalarga ham o‘zimizning veb-mahsulotlarimizni sotib kelmoqdamiz”, – deydi yosh dasturchi.


⚪️ Uning ta’kidlashicha, hozirda yoshlardan iborat jamoa tuzilib, dasturlar ishlab chiqarilmoqda. Jamoaning asl maqsadi – yoshlar bilan ishlab, birgalikda rivojlanish.

✍🏻 “Hozirda bir oylik o‘rtacha daromadim ming dollarni tashkil etadi. Yurtimizda IT’ni bepul o‘rganish uchun IT Parklar tashkil etildi. Bu ham yoshlar uchun katta imkoniyat. Asosiysi qiziqish, agar u bo‘lmasa, hech narsaga erisha olmaysiz”.


🔴 Ro‘zibekning so‘zlariga ko‘ra, bir kunda 3-4 soat o‘z ustida ishlab, IT’ni o‘rganib, 1 yilda tajribali dasturchi bo‘lish mumkin.

✍🏻 “Mamlakatmizda IT keskin rivojlanmoqda. IT eksportini oshirish bo‘yicha katta marra ko‘zlangan. IT sohasida 6 oyda daromad topish mumkin”, – deydi u.


▶️ “O‘zbekiston 24” telekanalining “Motivatsiya” ko‘rsatuvi orqali tayyorlangan ushbu qiziqarli suhbatni videoda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

#digital
#uz24
#motivatsiya

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 🧠💡📚

🦠 “O‘z ustida ishlagan va harakat qilgan har bir yosh IT-sohasida kuchli mutaxassis bo‘la oladi” – 1500 dollar daromad topayotgan 24 yoshli IT mutaxassisi

💬 Sobirjon Bobojonov – “Pro Unity” va Janubiy Koreyaning ”General Innovation” kompaniyasi dasturchisi.

📱 U yosh dasturchilardan iborat ”Unipoint Software Development” kompaniyasiga asos solgan. Ushbu kompaniyada eng yaxshi amaliyot o‘taganlarga chetdan loyihalar olib beriladi. Ular ham daromad olishadi, ham o‘z tajribalarini oshirishadi.

💬 “Birinchi qilgan loyihamiz – o‘quv markazlarini avtomatlashtiradigan platforma bo‘lgan. Dastlab o‘sha platformani sotish jarayonida bir qancha qiyinchiliklarga duch kelganmiz. Har bir o‘quv markazlarga kirib, bu platformaning qanday ishlashi va faoliyat olib borishi haqida tushuntirib chiqqanmiz. Eng birinchi loyihamizni 100 dollarga sotganmiz”, – deydi u.


Sobirjonning so‘zlariga ko‘ra, u hozirgi kunda 2 ming dollarlik loyiha ustida ishlamoqda.

💬Hozirgi oylik daromadim 1500 dollar atrofida. Maqsadim – gigant kompaniyalarga ishga kirish. Yaqinda Koreyaning “Namseoul” universiteti uchun o‘quv platformasi tayyorlab berdik”.


▶️ “O‘zbekiston 24” telekanalining “Motivatsiya” ko‘rsatuvi orqali tayyorlangan ushbu qiziqarli suhbatni videoda to‘liq tomosha qilishingiz mumkin.

#digital
#uz24
#motivatsiya

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺📺 🧠💡📚

Xitoyning robotlar ishlab chiqaruvchi mashhur “NUWA ROBOTICS” kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z ofisini ochmoqda

Ma’lumki, IT Park va kompaniya o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan edi. Kelishuv Oʻzbekistondagi axborot texnologiyalari, robototexnika va autsorsingni rivojlantirish sohalarida hamkorlik o‘rnatish, mamlakatda kompaniya filialini ochish va IT Park rezidenti maqomini olishni nazarda tutadi.

▶️ “O‘zbekiston 24” telekanalining “Fakt 24” ko‘rsatuvida “NUWA ROBOTICS” kompaniyasi direktori Hung Jui-Jen bilan intervyu tashkil etildi.

#digital
#uz24

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ 14 yoshimda tok urishi oqibatida bir qo‘limdan ayrilganman — Hasan Xaydarov

Bugun “O‘zkomnazorat” inspeksiyasining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi Hasan Xaydarovning hayot hikoyasi haqida so‘z yuritamiz.

“14 yoshimda tok urishi oqibatida bir qo‘limdan ayrilganman. Boshida juda qiyin bo‘lgan. Maktab davrlarida bunga ko‘nikish mushkil edi. Keyin universitetga kirdim, o‘qidim. O‘qishni tugatib aloqa sohasidagi tashkilotlarda ishlashni boshladim. 2017-yildan buyon “O‘zkomnazorat” inspeksiyasida ishlayman. Oilam, 4 nafar farzandim bor. Davlatimiz tomonidan biz kabi nogironligi bor fuqarolarga har sohada e’tibor va imkoniyat bor. Buni doim xis qilaman”, — deydi Hasan Xaydarov


📃 2020-yilning 15-oktabr kuni Prezident tomonidan yangi tahrirdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi. Imkoniyati cheklanganlarning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq qator masalalar ham Qonun darajasida belgilandi.

#digital
#uzkomnazorat
#uz24

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM