Digital.uz
11.6K subscribers
14.9K photos
907 videos
1 file
5.5K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
🇺🇿🇯🇵 Yaponiya va O‘zbekiston: "Raqamli hukumat" tizimini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov Yaponiyaning “Software Research Associates” kompaniyasi prezidenti Junji Hirata hamda “Soft Road Apps” kompaniyasi ijrochi direktori Masayuki Miyazaki bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3066/

———

🇺🇿🇯🇵 Япония и Узбекистан: Обсуждены вопросы развития системы «Цифровое правительство»

Директор Центра по управлению проектами Цифрового правительства Азиз Мухитдинов провел встречу с президентом японской компании Software Research Associates Джунджи Хирата и исполнительным директором компании Soft Road Apps Масаюки Миязаки.

Подробно 👉 https://digital.uz/ru/news/view/3066/

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️My.gov.uz portalidan yana bir yangi xizmat oʻrin oldi

🆕 Endi yuridik shaxslar “Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini” uydan chiqmagan holda olishlari mumkin.

🪪 Ushbu pasport radiotexnika vositalaridan foydalanishda Radiotexnik inshootlarni joylashtirish va ulardan foydalanishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena meʼyorlarga rioya etilishini kafolatlovchi zaruriy hujjatdir.

Sanitariya pasportini olish uchun qanday hujjatlar talab etiladi?

Radiotexnik inshootning atrof-muhit muhofazasi loyihasi

Hujjatni onlayn olish tartibi qanday?

my.gov.uz portalidan tegishli xizmat tanlanadi;
kerakli maʼlumotlarni koʻrsatgan holda soʻrovnoma toʻldiriladi;
talab qilingan hujjatlar nusxasi ilova qilinadi va yuborish tugmasi bosiladi.

Xizmat narxi qancha?

Yagona portal orqali topshirilganda 10% chegirma hisobiga — 594000 soʻm (1.8 BHM)

📆 Sanitariya pasporti 14 ish kunida taqdim etiladi.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Video: 2023-yilning eng ommabop xizmatlari (TOP 10)

💻 Davlat xizmatlarini koʻrsatishda oflayn usuldan koʻra, onlayn (my.gov.uz) talqini tobora ommabop boʻlib bormoqda.

📊 Yagona portalda yoʻlga qoʻyilgan xizmatlarning 565 dan oshgani, foydalanuvchilar soni esa 7,5 mln.dan ortgani xizmatlardan yanada koʻproq kishi onlayn shaklda murojaat qilishiga zamin yaratmoqda.

📈 2022-yilda elektron davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali 12 mln.dan ortiq foydalanilgan bo'lsa, 2023-yilda bu ko'rsatkich salmoqli darajada ortib, 20 mln.ga yaqinni tashkil etdi.

2023-yilning ommabop xizmatlari oʻntaligi bilan quyidagi videoda tanishishingiz mumkin.

📹 Havola: https://youtu.be/_q6QwUTWbYc

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Yana bir yangi xizmat

📱 My.gov.uz portalida “Sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumotnoma berish” xizmati ishga tushirildi.

💁🏻‍♂️ Xizmatdan foydalanish uchun 3 ta qadam:

My.gov.uz portalida roʻyxatdan oʻtish;
“Ma'lumotnomalar” boʻlimidan tegishli xizmatni tanlash;
Kerakli maʼlumotlarni toʻldirib, ariza yoʻllash kifoya.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul va qulay! Hech qanday byurokratik toʻsiqlar yoʻq!

Ma'lumotnoma 5 ish kunida taqdim etiladi.

Ushbu ma'lumotnoma sug'urta tashkilotlari yoki boshqa idoralar uchun mulkingizda sodir bo'lgan yong'in to'g'risida axborot beruvchi zaruriy hujjatdir.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 My.gov.uz portalida yana bir qulaylik yaratildi

🏠 Mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar uchun my.gov.uz orqali “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o'tovli va chodirli oromgohlar tashkil etish uchun ruxsatnoma” olish xizmati ishga tushirildi.

💻 Xizmatdan foydalanish siz o‘ylagandan ancha sodda:

📞 my.gov.uz orqali ariza topshirasiz va 5 kun muddatda reyestrdan ko‘chirmani elektron shaklda yuklab olasiz.

📝 Mehmon uyi, xostel, o‘tovli va (yoki) chodirli oromgoh reyestridan ko‘chirma Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori bilan tasdiqlangan “Oilaviy mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom”da keltirilgan me’zonlarga mos keluvchi talabgorlarga taqdim etiladi.

❗️Xizmat mutlaqo bepul.

📱 my.gov.uz bilan hujjat ishlarini bitirish yanada oson, tez va qulay!

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Pedagoglar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasini olish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin

👩🏻‍🏫 Maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim hamda maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tish va malaka toifasi (lavozim) olish bo‘yicha hujjatlarni my.gov.uz orqali topshirishlari lozim.

Chunki, ularga qog‘oz shaklidagi attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, o‘rniga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va QR-kod qo‘yilgan elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etilgan.

📝 Ariza topshirish: har yili yanvar-fevral, avgust-sentyabr oylarida amalga oshiriladi.

Muhimi, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

💰 Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilganda esa davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi. My.gov.uz orqali murojaat qilinganda, 10 foiz chegirma beriladi.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Davlat organlarining AKTni rivojlantirishga mas’ul xodimlari diqqatiga!

👉 Malakani reyting baholashga onlayn ariza yo‘llash tartibi bilan tanishing!

Buning uchun my.gov.uz dan tegishli xizmatni tanlab, uzog‘i 7 daqiqada ariza to‘ldiring.

Xizmatdan foydalanish uchun:

AKT sohasida eng kam muddati 24 soat bo‘lgan malaka oshirish kursini tamomlaganlikni tasdiqlovchi sertifikat;

Mavjud holatlarda:


AKT sohasidagi ixtisosliklar boyicha ilmiy darajani tasdiqlovchi hujjat;
yo‘nalishi bo‘yicha professional darajadagi xalqaro IT-sertifikat talab etiladi.

❗️Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Hoziroq “Malaka oshirish va reyting baholash guvohnomasini” olishga ariza yo‘llang va 100 foiz ustamaga ega bo‘ling.

#digital
#mygovuz

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⌨️ Geologiya fanlari universitetida seminar-trening tashkil etildi

📍Joriy yilning 22-fevral sanasida Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan Universitet talabalarining elektron davlat xizmatlaridan samarali foydalanish bo'yicha ko'nikmalari oshirildi.

🌐 Seminarda talabalarga my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, yoshlar tomonidan foydalanilayotgan ommabop elektron xizmatlar va xizmat natijasini olish tartibi tushuntirildi.

🧑‍💻Mazkur treningda ishtirok etgan talaba-yoshlarga my.gov.uz portali orqali raqamli davlat xizmatidan foydalanish va natijasini olish jarayonlari amaliy mashg'ulot shaklida namoyish etildi.

Tadbir ishtirokchilari Yagona portalda joriy etilgan xizmatlardan foydalanish bo'yicha o'z tajribalari bilan o'rtoqlashishdi va Yagona portalni takomillashtirish bo'yicha takliflar berildi.

#digital
#mygovuz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿Yovvoyi oʻsimliklarni olib kirish va olib chiqishga onlayn ruxsatnoma❗️

📥 Yurtimizda ekzotik oʻsimliklar shinavandalari va tadbirkorlarimiz koʻp. Bunday noyob oʻsimliklarni xorijdan olib kelish yoki aksincha olib chiqishda muammo tugʻilmasligi uchun ruxsatnoma kerak.

🧑‍💻 Uni esa my.gov.uz orqali olish mumkin.

👮‍♀️ Buning uchun:

“Yovvoyi oʻsimliklarni va ularning qismlarini olib kirish va olib chiqish uchun yangi ruxsatnoma olish” xizmatini tanlaysiz
Ariza va ruxsatnoma olish maqsadini koʻrsatasiz
Oʻzingiz haqingizdagi maʼlumotlarni qayd etasiz
Yovvoyi oʻsimlik importi va eksporti maqsadini ham oʻsimlik haqidagi maʼlumotlarni keltirasiz
Toʻlovni amalga oshirasiz

Xizmatdan foydalanishda tegishliligi boʻyicha quyidagi hujjatlardan biri ilova qilinadi:
Yovvoyi oʻsimliklarni qonuniy sotib olishni tasdiqlovchi hujjat;
Davlat ekologiya qoʻmitasi organlarida botanika toʻplamini roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi hujjat;
Oldi-sotti shartnomasi;
Yuk xati hisob fakturasi;
Toʻplashga ruxsatnoma nusxasi;

🔵 Javob 15 ish kunida taqdim etiladi.

👮‍♂️ Ariza Yagona portal orqali topshirilganda:

💰Yuridik shaxslar uchun – 68 000 soʻm (0.2 BHM)
💰 Jismoniy shaxslar uchun – 34 000 soʻm (0.1 BHM) miqdorida davlat boji toʻlanadi.

#digital
#mygovuz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣Eʼlon!

❗️my.gov.uz portali server qurilmalari koʻchirilmoqda

📱21 – 24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

⚙️ Shu munosabat bilan my.gov.uz portali va uning xizmatlarini koʻrsatishga ixtisoslashgan barcha modullar, xususan, Davlat xizmatlari markazlari tomonidan xizmat koʻrsatishda foydalaniladigan dxa.gov.uz axborot tizimi faoliyati cheklanadi.

🟡 Sizga bayram kunlarini maroqli oʻtkazishni tilaymiz! Bu vaqt ichida biz elektron davlat xizmatlarining ishlashini yanada yaxshilashga intilamiz!

📱Qoʻshimcha savollar boʻlsa, 1242 raqamiga murojaat qiling.

#digital
#mygovuz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺Agro xizmatlar sohasida malaka oshirishni istaysizmi?

⌨️ Endilikda jismoniy shaxslar Agroxizmatlar markazi (AKIS) o‘quv kurslarida malaka oshirishga my.gov.uz orqali onlayn ariza topshirishi mumkin.

🧑‍💻Bunda talabgor o‘z xohishiga ko‘ra, online yoki ofline ta’lim shaklini tanlash imkoniyatiga ega. Malaka oshirish uchun to‘lov undirilmaydi.

👉 Ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar:
Baliqchilik;
Bog‘dorchilik va uzumchilik;
Chorvachilik;
Gulchilik;
Issiqxona xo‘jaligi;
Parrandachilik;
Sabzavot va polizchilik;
Urug‘chilik va ko‘chatchilik.

🪪 Mazkur kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlarga sertifikatlar beriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz!
Ushbu sertifikatga ega fuqarolarga e-auksion platformasi orqali qishloq xo’jaligidan yer sotib olishda 3 ballik imtiyoz belgilangan.

🔵 Tegishli xizmat Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tomonidan koʻrsatiladi.

#digital
#mygovuz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗺Хотите повысить квалификацию в сфере агроуслуг?

⌨️ Теперь физические лица могут подать онлайн-заявку через my.gov.uz на повышение квалификации на учебных курсах Центра агроуслуг (AKIS).

🧑‍💻 При этом претендент имеет возможность выбрать форму онлайн или офлайн обучения по своему желанию. Плата за повышение квалификации не взимается.

👉 Образовательные направления:
Рыболовство;
Садоводство и виноградарство;
Животноводство;
Цветоводство;
Тепличное хозяйство;
Птицеводство;
Овощеводство и бахчеводство;
Семеноводство и питомниководство.

🪪 Успешно прошедшим данные курсы будут вручены сертификаты.

❗️Напоминаем!
Гражданам, имеющим этот сертификат, предоставляется 3-балльная льгота при покупке земли в сельском хозяйстве через платформу электронного аукциона.

🔵 Данная услуга предоставляется Национальным центром знаний и инноваций в сельском хозяйстве.

#digital
#mygovuz

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM