Digital.uz
11.5K subscribers
15.1K photos
915 videos
1 file
5.57K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Seminardan videolavha.

#digital
#mitc
#seminar

📌 Telegram | Twitter | Facebook | Instagram | Youtube
Favqulodda vaziyatlar vazirligida seminar tashkil etildi

Seminar davomida Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimining asosiy maqsadi va vazifalari, xabar berish tizimining tarkibi, xabar berish tizimini yaratish, ishga tushirish, saqlash va undan foydalanish tartibi hamda xabar berish tizimining tayyorligini tekshirish va baholash tartiblari ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/2868/

#digital
#seminar

📌Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
⚖️ Korrupsiyaga qarshi kurashish, raqobat qonunchiligi, davlat xizmatida manfaatlar to‘qnashuvi masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Mazkur seminar-treningda Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyati, shuningdek, vazirlik tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalar rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/3816/

#digital
#korrupsiya
#seminar

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
💡 Forum: Yoshlar uchun IT sohasidagi imkoniyatlar va frilanserlik orqali daromadga chiqish

Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti hamda Raqamli iqtisodiyot va tadqiqotlar markazi bilan hamkorlikda forum tashkil etilmoqda va unda:

– Bir million o'zbek dasturchi loyihasining mantiqiy davomi "Coursera" loyihasining afzalliklari;
– Xalqaro IT sertifikatlar haqida ma’lumot;
– Up Work olamiga sayohat (platformada ishlash asoslari);
– “Soft skills”- raqamli olamdagi muvaffaqiyat kaliti
kabi mavzularda ma’lumotlar beriladi.

Tadbir 15-dekabr soat 10:00 da TATU binosida bo‘lib o‘tadi. Barcha qatnashishi mumkin.

#digital
#seminar

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📱TATU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash markazida seminar-trening o‘tkazildi

📍 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari tomonidan joriy yilning 8-fevral sanasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli OTM lardan tashrif buyurgan Axborot tizimlari va texnologiyalari hamda Kompyuter injiniringi yo‘nalishida malaka oshirayotgan professor-o‘qituvchilarga “My.gov.uz portalidan samarali foydalanish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🧑‍💻 Seminarda tinglovchilarga Yagona portalda joriy etilgan imkoniyatlar, yangi turdagi elektron xizmatlar va ulardan foydalanish tartibi tushuntirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida yuzaga kelgan savollariga soha mutaxassislari batafsil javob berishdi.

#digital
#seminar

📌 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Threads | LinkedIn | X