Digital.uz
12.1K subscribers
15.7K photos
938 videos
1 file
5.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
✔️ Raqamli texnologiyalar vaziri media sohasida zamonaviy kasblar bo‘yicha yoshlarga ta’lim berib kelayotgan IT Park rezidenti Hashtag akademiyasiga bordi

Ushbu akademiya asosan dasturlash sohasida yoshlarga real loyihalarda qatnashib, amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4306

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🔲 Yangi tashkil etilgan IT Park universitetining Farg‘ona viloyatidagi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida EPAM kompaniyasi hamda IT Park hamkorligida tashkil etilgan onlayn Universitetning viloyatdagi talabalari bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4307

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Sherzod Shermatov
Водий вилоятларининг барчасида рақамли технологиялар соҳасида ишлаётган ёшлар кўпайган бўлсада, энг катта ижобий ўзгаришни Фарғона вилоятида кўрса бўлади. Бир йилда IT Park резидентлари сони 5 бараварга ортиб 50 тага етибди. Уларда ишлаб юқори даромад топаётган ходимлар ва фрилансерлар сони ҳам каррасига ортган.

Марғилонда шундай келинимиз бор экан, билмай юрган эканмиз… деган жумлани яна бир бор ҳаётда эслатгандек ҳодиса бўлди. Марғилон шаҳридаги Рақамли технологиялар марказида Инха университетининг 2021 йилдаги битирувчиси Жаҳонгирни ўзининг муҳандислик хоббиси ва ижоди орқасидан бемалол Тошкентдаги Сениор девелоперлардагидек даромад топаётганига гувоҳ бўлдик. YouTubeдаги каналини кўрсангиз, бу видеолар Марғилонда тайёрланган деб айтиш қийин, биринчи бўлиб АҚШдаги ижодкор томонидан яратилган деган хаёл келади: https://youtube.com/@engineericly

Каналидаги монетизациясидан ташқари (баъзи shortлари миллионлаб марта, видеолари эса ярим миллион марталаб кўрилган), 3D принтер чиқарувчилар томонидан бепул 20 дан ортиқ турли хил 3D принтерлар юборилган ва уларни ишлашини ёритиб берганига қўшимча маблағ ҳам тўлашган.

Унинг асосий муваффақият сабаблари инглиз тилида равон гапириши, ижодкорлиги ва муҳандислик соҳасига қизиқишидир. Шунинг учун ҳам кўпроқ ёшларимиз интернетдаги бўш вақтларини бировни ғийбат қилишга эмас, чет тилини ўрганишга ва ижод қилишга йўналтирсалар, улар ҳам ўзлари қизиқадиган соҳасида бу каби оммабоп каналлар яратиб, ойига минглаб доллар даромад олишлари мумкин бўлади. Рақамли иқтисодиётда юқори даромад топиш учун албатта дастурчи бўлиш шарт эмас!

#Digital_economy #Raqamli_iqtisodiyot
💥“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining ilk soni chiqarildi

Xabaringiz bor, 2022-yilning avgust oyidan boshlab “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali faoliyat yuritmoqda, jurnalda www.infocom.uz veb-sayti orqali raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalaridagi yangiliklar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ularning natijalari yoritib boriladi.

Batafsil: 👉https://www.mitc.uz/uz/news/view/4308

#mitc
#jurnal

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
📰 O‘zbekiston Jahon bankining 2022-yilgi “Davlat sektori raqamli transformatsiyasining tendensiyalari” nomli hisobotida alohida o‘rin oldi

2023-yil yanvar oyida Jahon bankining Global GovTech tashabbusi bilan davlat sektorini modernizatsiya qilish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida “Davlat sektori raqamli transformatsiyasining tendensiyalari” nomli hisoboti e’lon qilindi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4309

#mitc
#GovTech

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
⚡️ Chet tili bo'yicha navbatdagi imtihon sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha fevral oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 12-fevral kuni, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 9-10-, 13-16-fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

❗️ Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

#mitc
#mygov

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🌐 Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining olis hududlari optik tolali yuqori tezlikdagi sifatli internet xizmatlari bilan ta'minlanmoqda

Mamlakatimizda ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga bo‘lgan talab ortib borayotgani sari yuqori tezlikdagi internetning kirib borishi ham hudud tanlayotgani yo‘q. Aholi muammolari mahallama-mahalla, uyma-uy o‘rganilib, tizimli masalalarni aniqlash hamda ularni joyida tezkorlik bilan hal etish kabi vazifalar amalga oshirib kelinmoqda.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4310

#mitc
#aloqa
#qashqadaryo
#surxondaryo

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🇺🇿🇰🇷Koreya Respublikasiga IT autsorsing xizmatlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi

Bugun, 8-fevral kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreyaning “Hanjin Information Systems & Telecommunication Co. Ltd.” rahbariyati hamda Inha universiteti tadqiqot va biznes jamg‘armasi direktori bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4311

#mitc
#koreya
#inha

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
📚9-fevral – Buyuk shoir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun

Bugun, 9-fevral – buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 582 yilligi nishonlanadigan sana.

Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon adabiyoti, milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojida alohida o‘rin tutadi.

Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g‘azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. 51230 misradan tashkil topgan. “Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.

Alisher Navoiy qalamiga mansub boy ma’naviy meros asrlar osha insonlar qalbiga ezgulik ziyosini taratib kelmoqda.

#mitc
#muhim_sana

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
✔️O‘zbekistonni IT xabga aylantirish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov StrategEast kompaniyasi prezidenti Anatoliy Motkin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4312

#mitc
#StrategEast

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube