Digital.uz
11.4K subscribers
15K photos
911 videos
1 file
5.52K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
IT Park rezidenti “CROD DEVELOPER” MChJ mas’ullari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. Shermatov Farg‘ona shahrida joylashgan Yoshlar kelajagimiz jamg‘armasi binosida bir guruh IT Park rezidentlari bilan uchrashib, ularning faoliyatlari bilan tanishdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4302

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
“Muqarnas Architects” MCHJ faoliyati bilan tanishildi

“Muqarnas Architects” korxonasi asosan 3D modellarini yaratish va sotish va bu orqali yosh mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘ygan.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4303

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🏢Raqamli texnologiyalar vaziri TATU Farg‘ona filialida qurilayotgan talabalar turar joyi bilan tanishdi hamda olib borilayotgan ishlarning sifatli bajarilishi bo‘yicha topshiriqlar berdi

Tashrif davomida tadbirkor tomonidan Davlat xususiy sherikchiligi asosida yangi qurilayotgan 400 o‘ringa mo‘ljallangan talabalar turar joyi qurilishi bilan tanishdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4304

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
IT Park rezidenti Ali Dizayn akademiyasida grafika dizayn sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha takliflar berildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona shahrida joylashgan Ali Dizayn akademiyasiga ham tashrif buyurdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4305

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
✔️ Raqamli texnologiyalar vaziri media sohasida zamonaviy kasblar bo‘yicha yoshlarga ta’lim berib kelayotgan IT Park rezidenti Hashtag akademiyasiga bordi

Ushbu akademiya asosan dasturlash sohasida yoshlarga real loyihalarda qatnashib, amaliyot o‘tash imkoniyatini taqdim etadi

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4306

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
🔲 Yangi tashkil etilgan IT Park universitetining Farg‘ona viloyatidagi talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida EPAM kompaniyasi hamda IT Park hamkorligida tashkil etilgan onlayn Universitetning viloyatdagi talabalari bilan uchrashdi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4307

#mitc
#tashrif
#fargona

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Forwarded from Sherzod Shermatov
Водий вилоятларининг барчасида рақамли технологиялар соҳасида ишлаётган ёшлар кўпайган бўлсада, энг катта ижобий ўзгаришни Фарғона вилоятида кўрса бўлади. Бир йилда IT Park резидентлари сони 5 бараварга ортиб 50 тага етибди. Уларда ишлаб юқори даромад топаётган ходимлар ва фрилансерлар сони ҳам каррасига ортган.

Марғилонда шундай келинимиз бор экан, билмай юрган эканмиз… деган жумлани яна бир бор ҳаётда эслатгандек ҳодиса бўлди. Марғилон шаҳридаги Рақамли технологиялар марказида Инха университетининг 2021 йилдаги битирувчиси Жаҳонгирни ўзининг муҳандислик хоббиси ва ижоди орқасидан бемалол Тошкентдаги Сениор девелоперлардагидек даромад топаётганига гувоҳ бўлдик. YouTubeдаги каналини кўрсангиз, бу видеолар Марғилонда тайёрланган деб айтиш қийин, биринчи бўлиб АҚШдаги ижодкор томонидан яратилган деган хаёл келади: https://youtube.com/@engineericly

Каналидаги монетизациясидан ташқари (баъзи shortлари миллионлаб марта, видеолари эса ярим миллион марталаб кўрилган), 3D принтер чиқарувчилар томонидан бепул 20 дан ортиқ турли хил 3D принтерлар юборилган ва уларни ишлашини ёритиб берганига қўшимча маблағ ҳам тўлашган.

Унинг асосий муваффақият сабаблари инглиз тилида равон гапириши, ижодкорлиги ва муҳандислик соҳасига қизиқишидир. Шунинг учун ҳам кўпроқ ёшларимиз интернетдаги бўш вақтларини бировни ғийбат қилишга эмас, чет тилини ўрганишга ва ижод қилишга йўналтирсалар, улар ҳам ўзлари қизиқадиган соҳасида бу каби оммабоп каналлар яратиб, ойига минглаб доллар даромад олишлари мумкин бўлади. Рақамли иқтисодиётда юқори даромад топиш учун албатта дастурчи бўлиш шарт эмас!

#Digital_economy #Raqamli_iqtisodiyot
💥“Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnalining ilk soni chiqarildi

Xabaringiz bor, 2022-yilning avgust oyidan boshlab “Raqamli iqtisodiyot” ilmiy-elektron jurnali faoliyat yuritmoqda, jurnalda www.infocom.uz veb-sayti orqali raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohalaridagi yangiliklar, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va ularning natijalari yoritib boriladi.

Batafsil: 👉https://www.mitc.uz/uz/news/view/4308

#mitc
#jurnal

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
📰 O‘zbekiston Jahon bankining 2022-yilgi “Davlat sektori raqamli transformatsiyasining tendensiyalari” nomli hisobotida alohida o‘rin oldi

2023-yil yanvar oyida Jahon bankining Global GovTech tashabbusi bilan davlat sektorini modernizatsiya qilish jarayonlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari to‘g‘risida “Davlat sektori raqamli transformatsiyasining tendensiyalari” nomli hisoboti e’lon qilindi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4309

#mitc
#GovTech

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube