Digital.uz
12.5K subscribers
15.7K photos
940 videos
1 file
5.74K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Toshkent shahridagi Inha universitetida “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi

O‘zbekiston IT-ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ko‘plab tashabbuslarni yoʻlga qoʻymoqda. Xususan, bugun, 27-yanvar kuni Inha universitetida “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi. Uning doirasida IT Bilim moliyalashtirish tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan “bilgi.uz” platformasi taqdimoti ham oʻtkazildi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4292

#mitc
#inha

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
“Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi

Bugun, 27-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma, bo‘limlari, shuningdek, hududiy boshqarmalari boshliq-xodimlari ishtirokida “Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati” taqdimoti o‘tkazildi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4293

#mitc
#taqdimot

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Yout
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔲 “IT-ta’limni maqsadli moliyalashtirish” mavzusida konferensiya o‘tkazildi

#mitc
#konferensiya
#inha

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
❗️Eski haydovchilik guvohnomasini uydan chiqmay almashtirishingiz mumkin

📬 Endi DXM yoki ichki ishlar organlariga borishingiz, rasmga tushib, hujjatlarga imzo qoʻyib, navbatlar kutib ovora boʻlib yurishingiz shart emas!

Yangi haydovchilik guvohnomasini pochta xizmati uyingizga yetkazib beradi!

🪪 Joriy yilning 30-yanvaridan boshlab eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini uydan turib YIDXP (my.gov.uz) orqali olish mumkin.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3HDrPdx

#mitc
#mygov

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Rost24.uz: 2022-yilda eng namunali vazirlik — AKT vazirligi

Rost24.uz sayti tomonidan o‘tkazilgan “Yil tanlovi — 2022” taqdirlash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiYilning eng namunali vazirligi” deya e’tirof etildi.

Har yili o‘tkazib kelinadigan ushbu tanlov O‘zbekistonning eng faol jurnalistlari va blogerlari, jamoatchilik faollari tomonidan ovoz berish yo‘li orqali aniqlanadi.

Vazirlik jamoasi ushbu e’tirof va tanlov uchun minnatdorchilik bildiradi hamda 2023-yilda ham IT sohasini yanada rivojlantirish, O‘zbekistonda raqamlashtirishni yangi bosqichga olib chiqish uchun xalqimiz ishonchini oqlashda davom etadi.

#mitc

📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube