Digital.uz
11.7K subscribers
14.8K photos
902 videos
1 file
5.46K links
O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi yangiliklari


Новости Министерства цифровых технологий
Download Telegram
Forwarded from Sherzod Shermatov
Халқаро талабалар куни билан табриклаб, талабаларимизга фойдали маслаҳат беришни ўринли деб билдим.

Германияда SAP раҳбарияти билан учрашувда, улар томонидан бепул тақдим этиладиган курсларни биздаги талабалардан атиги 32таси битиргани ва улар тўлиқ 100% юқори даромадли иш билан таъминланганини маълум қилишди.

Шунда мени бир савол қийнай бошлади, нега шунча талабаларимиз бўлсада ва Германияни ўзида юз мингдан ортиқ АКТ мутахассисига талаб бўлсада, бепул ва юқори маошли иш билан таъмнлайдиган касбни ўрганган талабалар сони шунчалик кам?

Маслаҳатим, ҳозир аввалгидек дипломни ўзи иш билан таъминланишга етарли эмаслигини, вақтларини бекор кетказмай халқаро тил ва бошқа касб сертификатларини олишга қунт билан ҳаракат қилишлари зарурлигини ҳамма талабаларимиз тезроқ тушунишлари керак. Бунга ҳозир жуда кўп имкониятлар бор, масалан ўша SAP сайтида: https://learning.sap.com/student-zone

Ёки битириб чиққунича жуда бўлмаса чет тили сертификатини олиб чиқса ҳам, келгусида чет элдан масофавий иш топишига жуда катта ёрдам бўларди, сертификатни олиш харажатини 100 фоизини давлат қоплаб беради: https://my.gov.uz/uz/service/413

АКТ йўналишидаги халқаро сертификатларни олиш учун ўқиш ва сертификацияни 50 фоиз харажатини давлат қоплаб беради: https://my.gov.uz/uz/service/622

Лекин бу иккала имкониятдан фойдаланган талабаларимизнинг сони умумий талабаларни сонини ичида жуда камдир! Шунинг учун яна бир бор талабалик даврингизда вақтни бекор кетказмай халқаро тан олинадиган сертификатларни ҳам олишга ҳаракат қилишингизни тилаб қоламан!
🇺🇿AKT vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy qutlaydi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi Siz aziz yurtdoshlarimizni 18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 31 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4219

#mitc
#muhim_sana

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Digital Business Women – 2022” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Tadbirda O‘zbekiston hukumati tomonidan raqamli biznes sohasida ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash siyosatining amalga oshirilishi: asosiy yo‘nalishlar va mexanizmlarni ishlab chiqish bo‘yicha fikrlar ilgari surildi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4220

#mitc

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston delegatsiyasi aʼzolari Saudiyaga amaliy tashrif chog‘ida Madina shahridagi mashhur muzeylar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar

Batafsil
Батафсил

Telegram | Facebook | Twitter|Telegram (на русском)
Koreyaning kadrlarni tanlab olishdagi tanlov tizimi yuzasidan o‘zbekistonlik davlat xizmatchilariga trening o‘tildi

Koreya Respublikasining Milliy instituti(NHI) Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi taklifiga asosan O‘zbekistondagi davlat idoralari va tashkilotlaridagi kadrlar bo‘yicha mas’ul xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish dasturi tashkil etildi.

Batafsil: 👉 https://bit.ly/3AvcbNj

#mitc
#koreya
#trening

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔵 AKT xizmatlaridan foydalanishda muammolarga duch kelayotgan bo‘lsangiz, sayyor qabulga tashrif buyuring

📣 Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jizzax viloyati Paxtakor tumanida aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazadi.

Manzil: Paxtakor tumani, Paxtakor shahri, Sh. Rashidov ko‘chasi, 2-uy

🏢 Paxtakor tuman moliya bo‘limi majlislar zali

📆 23-noyabr kuni, 11:00 dа

☎️ Tel: 72 226-03-29

#mitc
#sayyor_qabul


🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga jo‘nab ketdi

Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar va Fransiya Milliy yig‘inida uchrashuv o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari Fransiyaning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazadi.

Luvr muzeyi va Arab dunyosi institutiga tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan “O‘zbekiston vohalari xazinalari. Karvon yo‘llari chorrahasida» va «Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari” ko‘rgazmalari bilan tanishish mo‘ljallangan.

#mitc
#fransiya

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan shahrida AKT vazirligi tashabbusi bilan “Kibersport” paralimpiyadasi tashkil etildi

O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Namangan viloyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar o‘rtasida “Kibersport” paralimpiyadasi o‘tkazildi.

Batafsil: 👉 https://mitc.uz/uz/news/view/4222

#mitc
#namangan
#kibersport

🕊Telegram 🕊Twitter 📱Facebook 📱Instagram 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM